‘z b e k is t n r e spu b L ik a si o L iy va ‘r t a maxsus



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/71
tarix25.07.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#137452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Logistika asoslari

Nazorat savollari:
1. Bugungi kunda tashishning yangi texnologiyalariga qanday 
zarurat tug'ildi?
2. Logistika to ‘liq holda kim uchun ishlaydi?
3. «Logistika» fani nimani o ‘rganadi?
4. 
Logistika tushunchasi, birinchi marta qaysi sohada 
qo‘llanilgan?
5. A .Tem ur Oltin O 'rdaga hujum uyushtirish uchun qancha 
jangchi to ‘plagan?
6. A .Temur armiyasida ta ’minot masalalari qanday hal etilgan?
7. Hozirgi kunda logistika atamasiga qanday tushunchalar 
berilgan?
1.2. Logistika fanining rivojlanish bosqichlari
«Logistika» fanining vujudga kelishi va hozirda keng qo‘llani- 
shining bir necha sabablari bor.
Birinchi sabab - bozor iqtisodiyotiga o ‘tish natijasida raqobat- 
ning keskinlashishi. Agar avtomobil transportni oladigan bo‘lsak, 
bugun avtomobil transporti monopoliyadan chiqarildi va xususiy- 
lashtirildi. Bugungi kunda aksionerlik jam iyatiga tegishli bo‘lgan 
avtokorxonalar bir- biri bilan, m as’uliyati cheklangan jam iyatlar 
(ulam ing soni 3500 tadan ortib ketdi) bilan, mas'uliyati cheklangan 
jam iyatlar bir-biri bilan, hatto alohida olingan avtomobillar ham bir- 
biri bilan raqobatlashmoqda.
60-yillar boshigacha bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda 
ham ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar moddiy oqimlarni 
optimal boshqarishga jiddiy ahamiyat bermas edi. Ishlab chiqarish, 
ulgurji savdo bir- biridan ajralgan holda faoliyat ko‘rsatib kelganligi 
sababli chiqarilgan tovarlar u yoki bu y o ‘l bilan oxir-oqibat 
iste’molchiga yetkazib berilar edi. Bu davrda har xil logistik 
funksiyalar 
orasida haqiqiy 
bogManish 
y o ‘q 
edi. 
Bunday 
e ’tiborsizlikning asosiy sababi raqobat asosan ishlab chiqarishni 
kengaytirish va takomillashtirish hisobiga vujudga kelar edi.
60-yillar boshiga kelib ishlab chiqarishning rivojlantirish imko- 
niyatlari deyarli tugayotgan edi. Bu esa o ‘z navbatida raqobatda
10


yutib chiqishning yangi zamonaviy usullarini ishlab chiqish 
yo'llarini yaratishga olib keldi. Tannarxni kamaytirish va yetkazib 
berish ishonchliligini oshirish orqali taqsimlash tizimida ishni 
yaxshilash yangi tovarlami ishlab chiqishni yo‘lga qo‘ymay ham 
raqobatbardoshlikni oshirish mumkin ekanligini ko‘rsatdi. Taqsim­
lash sohasiga kiritiladigan pullar ishlab chiqarishga sarflanadigan 
pullarga qaraganda bozorda yetkazib beruvchining ahvoliga k o ‘proq 
ta ’sir eta boshladi. Logistik tashkil etilgan moddiy oqimlar 
zanjiridagi tovaming tannarxi an ’anaviy usulga qaraganda ancha 
past bo'lishi aniqlandi.
Bundan tashqari logistikadan foydalanadigan j o ‘natuvchilar 
kerakli hajmda va sifatga ega boMgan tovarlami aniq belgilangan 
vaqtga yetkazib berishga kafolat bera oladilar.
Shunday qilib logistikani qo‘llovchi subyektlaming raqobat- 
bardoshligi quyidagilar hisobiga ta ’minlanadi:
- tovar tannarxining keskin kamayishi;
- yetkazib berish sifati va ishonchliligi.
Ikkinchi sabab - 70-yillardagi energetika inqirozidir. 70—yillar 
o‘rtasidagi energetika krizisi logistikaning rivojlanishini tezlashtirib 
yubordi.
Quvvat yetkazib berish narxini oshib ketishi ishbilarmonlami 
tashishning iqtisodchangligini oshirish usullarini qidirishlariga olib 
keldi. Bu yerda yana shuni ham eslatib o ‘tish kerakki, faqat trans­
port ishini yaxshilash bilan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. 
Buning uchun logistik jarayondagi barcha qatnashchilaming o ‘zaro 
kelishuvi zarur bo‘ladi.
Logistikani rivojlanishining uchinchi sababi bu ilmiy texnika 
jarayonlarini iqtisodiyotga joriy qilinishidir.
80-yillaming 
birinchi 
yarmida 
Fransiyada 
mahsulotlar 
iste’molida ular oqimi bilan ishlab chiqarish jarayonini avtomatik 
ravishda boshqaruvchi tizimlar ishlab chiqarila boshlandi. Hisoblash 
texnikasining yaratilishi va keng qo‘llanila boshlanishi alohida 
korxonalar va katta hududlami o ‘z ichiga oluvchi axborotlarni 
uzatuvchi katta-katta informatsion tizimlaming rivojlanishiga olib 
keldi. Xomashyoni boshlang‘ich manbadan barcha oraliq ishlab 
chiqaruvchilar, omborlar va transport jarayonlarini to tovar oxirgi
11


iste’molchiga yetib borgunigacha kuzatib borish imkoniyati 
yaratildi.
Tahlillar shuni ко‘jsatadiki, «Logistika» fanining rivojlanish 
bosqichlarini uchta davrga ajratish mumkin.
Birinchi bosqich-60-yillar. Bu yillarda moddiy oqimlarni 
boshqarish va muomala sohasida logistik yondoshuvdan foydalana 
boshlandi:
1. Ishlab chiqarish, saqlash va transportirovka qilishda alohida 
hisoblangan moddiy oqimlarni bir butun boshqarish tizimi deb 
о ‘zaro bog‘lash mumkin.
2. 
M oddiy 
oqimlarni 
alohida 
taqsimlash 
funksiyalarini 
integratsiyalash (o‘zaro bog'lash) sezilarli darajada iqtisodiy samara 
berishi 
mumkinligi 
m a’lum 
bo‘ldi. 
Jismoniy 
taqsimlashni 
optimallashtirish masalalari avval ham yechib kelingan. Masalan, 
omborlarni va transport korxonalarini optimal joylashtirish, optimal 
m arshrutlarni ishlab chiqish va hokazo. Ammo, avvallari bu 
masalalar bir- biridan tarqoq holda yechilar edi.
Bu masalalarga logistik yondoshuvning o ‘ziga xos xususiyati bu 
moddiy oqimlarni boshqarish masalalarini birgalikda hal qilish, 
masalan, ishlab chiqarish korxonalari ombor xo ‘jaligi faoliyatini 
transport bilan bir butun holda ko‘rishdir.
Buning uchun endi korxonalarning omborlarida ortish-tushirish 
ishlarini mexanizatsiyalash masalalari, bu ishni osonlashtirish uchun 
yuklarni iloji boricha yirik birliklarga keltirish (o‘rab-chirmash, 
tagliklarga taxlash, konteynerlarni qo‘llash va boshqalar) yukning 
turiga qarab optimal transport turini tanlash, transport vositalari 
bilan ortish-tushirish mexanizmlarining birgalikda ishlashini tashkil 
etish va hokazo.
Logistikani rivojlanishining ikkinchi bosqichi XX asrning 80— 
yillariga to ‘g ‘ri keladi. Bu davrga kelib logistikaning rivojlanish 
asoslari kengaya boshladi va ishlab chiqarish jarayonlarini qamrab 
oldi.
80-yillar quyidagi belgilari bilan ajralib turadi;
- moddiy taqsimlash narxlarining tez sur'atlar bilan oshib 
borishi;
- logistik jarayonlam i boshqaruvchi menejerlar kasbiy maho- 
ratining o ‘sishi;
12


- logistika sohasiga uzoq muddatli rejalashtirishnmg kiritilishi;
- logistik jarayonlarni nazorat qilish uchun kompyuterlar keng 
qo‘liana boshlanganligi;
- moddiy taqsimotlaming markazlashuvi;
- moddiy oqimlar zanjirida zaxiralaming keskin kamayishi va 
boshqalar. .
80-yillarni logistika integratsiyasi davri deb atasa bo‘ladi.
Logistika rivojlanishining ikkinchi bosqichida bir-biri bilan 
faqat ortish-tushirish operatsiyalari orqali bog‘langan transport va 
ombor endi ishlab chiqarish bilan ham o ‘zaro chambarchas bog‘la- 
nadi. U lar yagona iqtisodiy maqsadni ko‘zlab yagona muvofiq- 
ashgan texnologiya asosida ishlay boshlashdi. Buning uchun 
iste’molchilar talabining to ‘liq va o ‘z vaqtida qondirilishini 
ta ’minlash maqsadida ularga b o ‘lgan talabning stoxastik qonuniyat- 
lari aniqlanadi. Aniqlangan qonuniyatlar asosida kerakli zaxira 
miqdori aniqlanadi. Bu esa o ‘z navbatida omborlar sig‘imini 
aniqlash imkonini beradi. Bu m a’lumotlar asosida tashish uchun 
zarur bo‘lgan harakatlanuvchi tarkib soni aniqlanadi. M ahsulotlami 
ishlab chiqaruvchidan to iste’molchigacha yetkazib berish ishlarini 
bir butun holda o ‘rganish va logistik boshqarish ortish-tushirish 
mashina va mexanizmlari bilan harakatlanuvchi tarkib ishini 
muvofiqlashtirish, yukning xususiyatlariga mos keluvchi transport 
vositasini (o‘ziag‘dargichli, bortli, maxsus va hokazo) tanlash, 
tashish jarayonlarini modellashtirish va optimallashtirish masala- 
larini hal qilish imkonini beradi.
Yuk j o ‘natiladigan tara qo‘llaniladigan transport vositasiga 
qarab tanlanishi bilan bir paytda transport vositasi ham tashilishi 
kerak bo‘lgan yukning turiga qarab tanlanadi.
Logistikani rivojlanishining uchinchi bosqichi hozirgi davrga 
to ‘g ‘ri keladi va quyidagilar bilan belgilanadi:
- jahon iqtisodiyotida bozor jarayonlarini boshqarishda va 
tashkil etishda fundamental o ‘zgarishlar vujudga keldi;

- birlamchi xomashyo manbaidan to oxirgi iste’molchigacha 
mahsulotlar harakatining barcha davrlarida monitoring o ‘tkazish 
moddiy va axborot oqimlarining tezkor o ‘tishini ta ’milash imko- 
nlyatini bemvchi hozirgi zamon kommunikatsiya texnologiyalari- 
ning mavjudligi;
13



logistika sohasida xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqning rivojlanishi 
va hokazo.
Shunday qilib, logistika o ‘zining uchinchi bosqichida xo‘jalik 
yuritishning barcha jabhalarini integrallashtirish asosida moddiy 
oqimlarni o ‘tkazib yuboruvchi yagona tizim sifatida qaray boshladi.
Logistika rivojlanishining uchinchi bosqichini asphalt-beton 
zavodi 
misolida 
quyidagicha tavsi flash 
mumkin. 
Shag‘alni 
ekskavatorlar yordamida transport vositalariga ortish zavod 
omboriga yetkazib kelish, shag‘aldan qumni ajratib olish va toshni 
maydalash, omborlarda saqlash, asfalt sexiga chaqir tosh, qum va 
gudron moyini yetkazib berish va tayyor mahsulotni olish, 
mahsulotni iste’molchilarga yetkazib berish jarayonlari bir butun 
sistema deb qarala boshlandi.
Bunday yondoshuv 
moddiy oqimlar harakatini 
optimal 
rejalashtirish va boshqarish masalalari sistemotexnik olimlaming 
(injener-konstruktorlar, injener-muhandislar, iqtisodchilar, matema- 
tiklar va boshqalar) 
birgalikdagi tadqiqotlari asosida amalga 
oshirish mumkin.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin