1. LOGISTIKANING ASOSIY YO‘NALISHLARI VA
TUSHUNCHALARI
1.1. Logistikaning obyekti va predmeti
Logistika tushunchasi juda qadimiy tarixga ega bo‘lib, birinchi
marta harbiy fan sifatida vujudga kelgan.
IX asrda Vizantiyada bu tushunchaga qo‘shinni barcha kerakli
narsalar bilan bilan o ‘z vaqtida aniq ta ’minlash jangning muvaffa-
qiyatini belgilovchi omil deb qaralgan. Vizantiya imperiyasida
«logist» mansabi joriy etilgan b o iib ular oziq-ovqat taqsimoti bilan
shug‘ullanganlar.
Logistika atamasi grekcha «^оущтисг|» so‘zidan kelib chiqqan
bo‘lib Vizantiya imperatori Lv VI ning davrida «hisob san'ati»
degan m a’noni anglatgan (865-912yy).
Ispan huquqshunosi va iqtisodchisi Polo de Ondegardoning
1572-yilda xabar berishicha ink Imperiyasi chinovniklari tomonidan
ink saroyi uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat miqdorining hisobi olib
borilgan. Bunda ularni qayerdan tashib keltirilishi, yetkazib kelish
vaqti va tashish masofalarining hisoblari olib borilgan.
XIX asrda fransuz olimi A.G. Jomini logistikani armiya va front
orqasini boshqarish, tashishni rejalashtirish va tashkil etish bo‘yicha
fan deb talqin etadi.
1850-yilda Sankt-Peterburgda chop etilgan «Harbiy ensiklo-
pedik leksion»da logistika deb uzoqda va dushman yaqinida
qo‘shinni ko‘chirishni boshqarish, qo‘shinni orqadan ta ’minlashni
tashkil etish san'ati deb tushuncha berilgan.
Ikkinchi Jahon urushi davrida Amerika armiyasida logistik
yondoshuv keng qo‘llanilgan. AQSh
Ovrupoda jang qilganiga
qaramay qo‘shinning ta’minoti juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan edi.
Katta ingliz-rus lug‘atida hozir ham logistika tushunchasi harbiy
m a’noda keltirilgan bo‘lib 1) front orqasi ta ’minoti, 2) moddiy-
texnik ta ’minot, 3) front orqasidagi ishlami bajarish va tashkil etish
m a’nosida qo‘llaniladh
5
Buyuk bobokalonlarimiz Amir Temur, Bobur M irzo va
boshqalar ham safarlarga chiqishda qo‘shinni
o ‘z
vaqtida qurol-
yarog‘, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa barcha
zarur narsalar bilan ta’minlashga juda katta ahamiyat berishgan.
Tahlillar shuni ko ‘rsatadiki, buyuk bobokalonimiz Amir Temur
davrida hozirgi zamon axborot va kompyuter texnologiyalari
bo‘lmaganiga qaramay, qo‘shinni tashkil etish va ta’minotida
integrallashgan logistika asoslari qo‘llangan ekan.
Tarixiy m anbalar shuni k o ‘rsatadiki, 1391-yili A.Temur Oltin
0 ‘rdaga hujum uyushtirish uchun 200000 jangchi to ‘plagan.
Armiyaning asosiy tashkiliy tuzilmasi quyidagilardan iborat
bo‘lgan: otliq kamonchi jangchilar, piyoda jangchilar va qo‘rg ‘on-
lami zabt etuvchi mutaxassislar otryadi hamda hasharchilar deb
ataluvchi ittifoqdosh davlatlarning qo‘shinlari (eslatma, A.Temur
qo‘shini yurishlarida jangovar fillardan ham keng foydalanilgan).
Tahlillar shuni k o ‘rsatadiki, qo‘shinni boshqarishda Buyuk
bobokolonimiz hozirgi zamon menejmentining asoslaridan foyda-
langan. U boshqaruvni vertikal (iyerarxik) yo‘nalishda tashkil etgan
va shu bilan bir paytda qo‘shinlar harakatini gorizontal yo‘nalishda
muvofiqlashtirib olib borgan. Yana bir narsani eslatib o ‘tish joizki,
A.Temur qo‘shinida intizom juda qattiq bo‘lishiga qaramay, u
ko‘pincha jangchilam i yengil jazolagan (personalni boshqarish).
Masalan,
1376-yili
X o‘janddagi
qo‘shin
bosh
k o ‘targanda,
qo‘zg‘olon qatnashchilarini qattiq jazolash o ‘miga, qo‘shinni
tarqatib, jangchilam i boshqa qo‘shinga qo‘shib yuborgan. Janglarda
jasorat k o ‘rsatgan jangchilarga katta iltifotlar ko‘rsatilgan. Masalan,
bunday jangchilar 9 marotaba jinoyat qilishsa ham jazodan ozod
etilishi va bu buyruq ulaming avlodlariga ham tegishli ekanligi qayd
qilingan.
Q o'shin quyidagi iyerarxik boshqaruv tuzilmasiga ega bo‘lgan.
har o ‘nta jangchiga bitta boshliq (o‘n boshi), har yuztasiga yuz
boshi, har mingta jangchiga mingboshi, keyingisiga tumanboshilar
rahbarlik qilishgan. Butun armiya korpus «faudj» larga ajratilgan.
Har bitta polk o ‘zining maxsus ko‘rinishdagi bayrog‘i va tug‘iga
ega bo‘lgan (logistikada shtrix- kodlash).
Jang paytida buyruqlar aniq boMishi va shu bilan birga har xil
talqinga olib kelinmasligi shart edi. Buning uchun qo‘shin har xil
6
rangdagi bayroqlardan foydalangan. Bayroq A.Temuming shtabi
tepasida ko‘tarilgan.
A.Temur qo‘shinida jangchilarning kiyim va qurol-aslahalar
bilan ta’minlanishiga katta ahamiyat berilgan. Har bir jangchi nayza,
hanjar, qalqon, cho‘qmor, kamon va 30 ta o ‘qi bor o ‘qdon bilan
qurollangan. K o‘pchilik jangchilar ikkitadan hanjar hamda chap
tarafida uzun va o ‘ng tarafida kalta qilich bilan qurollanishgan. Eng
nufuzli otryadlarning otlari himoya aslahalari bilan berkitilgan.
A.Temur janglardan tashqari paytlarda jangchilar uchun
bayramlar tashkil etgan (personalni boshqarish), jangchilar sarkar-
dagajuda sodiq boMishgan.
Q o‘shinning ta’minlanganlik darajasi va harbiy layoqatini
baholash uchun A.Temur ko‘plab ko'riklar va harbiy mashqlar
o'tkazib turgan (eksperimentlarni rejalshtirish). Tarixchilarning
bayon qilishicha, armiyada jangchilarga harbiy kiyim kiyintirishni
birinchi marotaba A.Temur boshlab bergan.
A.Temur
armiyasida
ta’minot
masalalari
a’lo
darajada
bajarilgan. Y o‘llarda to ‘xtab dam olish paytlarida to ‘g ‘ri ko‘cha
hosil etilib, katta shahami eslatuvchi o ‘tovlar tiklangan. 0 ‘tovlarda
qassoblar, oshpazlar, novvoylar, meva va sabzavotlar bilan savdo
qiluvchilar, temirchilik va chilangarlik ustaxonalari faoliyat
yuritgan. Q o‘shinni va bozorni o ‘z vaqtida kerakli joyda va kerakli
paytda kerakli tovarlar bilan ta’minlash masalalari to ‘liq hal etilgan
boMib, bulaming hammasini hozirgi zamon logistikasining (mar
keting, taqsimot, ta ’minot va hokazo) asosi deb hisoblash mumkin.
Q o‘shinda gigiyena masalalariga ham juda katta ahamiyat berilgan.
Qo‘
shin bilan bir paytda yog‘ochdan tayyorlanadigan ko‘chma
Jiammomlar ham olib yurilgan (servis logistikasi). Jangchilar
bozorda istagan narsalarini xarid qila olishlari uchun,
hatto
iste’fodagi jangchilar ham muntazam ravishda oylik maosh bilan
ta’minlangan (moliya logistikasi). Buning uchun A.Temuming
ko'chm a
xazinasi
mavjud
boMgan
(zaxiralar
logistikasi).
Karvonlarning o ‘z vaqtida va kerakli tovarlarni olib kelishini
ta ’minlash maqsadida yarim yoki bir kunlik masofadagi joylarda
200 tagacha otga ega boMgan punktlar joylashtirilgan boMib,
istalgan paytda choparlar yangi otlar va oziq - ovqat bilan
ta ’minlanganlar (logistikaning axborot ta ’minoti). Bulardan tashqari
choparlar va elchilarga tub aholi yordam berishl shart bo‘lgan.
Viloyatlarda maxsus ot zavodlari tashkil ctilgan b o 'lib , ular
q o ‘shinni otlar bilan ta ’minlash bilan, ko‘pchilik yer egalari
qo‘shinga faqat oziq-ovqat yetkazib berish bilan shug‘ullanganlar
(ishlab chiqarish logistikasi).
Viloyatlarda m a’lum miqdorda otliq qo‘shinlar saqlangan
bo‘lib, ular bevosita A.Temurga bo‘ysungan (zaxiralar logistikasi)
va istalgan paytda qo ‘shinni to ‘ldirish uchun tayyor turganlar.
Q o‘shinning tashkiliy tuzilmasi, uni boshqarish mexanizmi va
ta’minoti masalalarini qanday hal etilganligiga ko‘ra, A.Temur
davrida qo‘shinning harakatlanish jarayonlariga murakkab tizim deb
qarash, qo‘shin ta’minotiga va boshqarishga, agar o ‘sha paytlarda
kompyuter va zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘lmaganligi
e ’tiborga olinsa, muammoga to'liq logistik yondoshilgan deb
hisoblash mumkin.
Vatanimizda va chet ellarda chop etilayotgan iqtisodiyotga oid
adabiyotlarda logistika tushunchasi keng m a’noda qo‘llanilmoqda.
Bugungi kunda iqtisodiy tizimdagi odamlar, moliyaviy, energetik va
boshqa oqimlarni boshqarishlarga logistika fanining predmeti deb
qaralyapti. Hozirda bank logistikasi, axborot logistikasi, ishlab
chiqarish logistikasi kabi tushunchalar paydo bo‘ldi.
Logistikaga
oid
adabiyotlarni
kuzatar
ekanmiz,
xatti-
harakatlarni aniq rejalashtirish va muvofiqlashtirish zarur bo‘lgan
joyda logistika atamasi qo‘llanilayotganini ko‘ramiz.
Masalan paxta ekish kompaniyasini o ‘z vaqtida, arzon va
sifatli o ‘tkazish belgilangan dalaga kerakli vaqtda rejalashtirilgan
chigit navini kerakli hajmda yetkazib berish, ishchi kuchi va
seyalkalar hamda traktorlam i o ‘z vaqtida yoqilg‘i bilan yoki boshqa
misol asfalt ishlab chiqaruvchi zavodni chaqir tosh, qum va gudron
moyi ham da m a’lum harorat bilan kerakli vaqtda va kerakli joyda
ta ’minlash jarayonlarini logistikasiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Hozirgi kunda logistika atamasiga o ‘nlab tushunchalar berilgan
b o ‘lib shulardan ba’zilarini ko‘rib chiqaylik.
1.
D.S. Nikolayev tahriri ostida chop etilgan «Tashqi savdo
transport operatsiyalari va logistika» o ‘quv qo‘llanmamasida (M.
ANXIL, 1999) logistikaga «ta’minot masalalarini, sanoat ishlab
chiqarishni, tovarlam ing taqsimlanishini, tayyor mahsulotni sotishni
8
tashkil etishni o ‘z ichiga oluvchi, ishlab chiqarish, transport va
taqsimot tizimini yondoshish orqali ratsion tashkil etish» haqidagi
fan deb ta’rif berilgan.
2.
Xalqaro ekspeditor (1998, № 9) jum alida: a) logistikaga
M ateriallar va axborot oqimlarini va ular orasidagi aloqalami
boshqarish muammolarini
o‘z ichiga oluvchi fandagi kompleks
yo'nalish, b) Tizimlarda oqimlarni boshqarish haqidagi fan deb
tushuncha berilgan.
3.
O.N.Larin logistika moddiy oqimlar, resurslar, tovarlar va
yo‘lovchilar ko‘rinishidagi obyektlarning harakatini tadqiqot qilish
hamda ularni bir necha mezonlar (vaqt, tezlik, narx va masofa)
bo‘yicha optimallashtirish haqidagi fan deb ta’rif beradi.
3.
Mualliflarning fikricha, prof. Sh.O.Butayev va uning
shogirdlari tomonidan chop etilgan «Logistika» kitobida «logistika»
atamasiga berilgan ta ’rifni, boshqa ta ’riflarni inkor etmagan holda,
eng to‘liqroq ta’rif deyish mumkin: Logistika - oxirgi bosqichdagi
iste’molchilaming mahsulot sifatiga va ko‘rsatiladigan xizmatlarga
qo‘yadigan talablarini qondirish maqsadida moddiy va servis hamda
ularga mos keluvchi moliyaviy va axborot oqimlarini eng kam
xarajatlar bilan boshqarish haqidagi fan.
«Logistika» fanini o ‘rganish samaradorligi, avvalo, jarayonlarga
logistik yondoshuvning asosiy g ‘oyalarini qanday tushunishga
bog‘liqdir. Logistik yondoshuvning avvalgi an’anaviy yondoshuv-
lardan asosiy farqi shundaki, u har xil x o ‘jalik yurituvchi
subyektlaming faoliyatini alohida emas, bir butun holda o ‘rganib,
materiallami ishlab chiqarishdan tortib to iste’molchiga yetkazib
berilgunicha optimallashtirishga qaratiladi.
Bugungi kunda dunyo bo‘yicha bir qancha logistikaga
bag‘ishlangan muzeylar ishlab turibdi. Shulardan ba’zi birlarini
sanab o ‘tamiz:
- Logistika muzeyi (Tokio, Yaponiya);
- Logistika muzeyi (Sankt-Peterburg, Rossiya);
- The Royal Logistic Corps Museum/ Qirollik muzeyining
logistk korpusi, (Buyuk Britaniya);
The Canadian Forces Logistics M useum/ Kanada harbiy
kuchlarining logistika muzeyi (Monreal, Kanada).
9
|