361
2.P.Samuelsonning "Ekonomiks" asaridagi asosiy g`oyalar.
3."Ekonomiks" asarida qaysi olimlarning fikrlari tanqid qilinadi?
4. Yangi yo`nalishning o`ziga xos xususiyatlari.
5.Iqtisodiyot bo`yicha Nobel mukofotlari qachondan beri
topshiriladi? Bir necha mashhur laureatlarga xarakteristika bering.
6.Ekonometrikaning hozirgi davrdagi asosiy yo`nalishlari qanday
muammolarni hal etadi?
7.Respublikamiz olimlarining ekonometrika sohasidagi ishlarini
izohlab bering.
Dunyo savdo bilan obod bo`lur.
Amir Temur.
21-BOB. JAHON XO`JALIGI TO`G`RISIDAGI
IQTISODIY TA'LIMOTLAR
Hozirgacha biz asosan ayrim mamlakatlardagi milliy iqtisodiyot,
iqtisodiy jarayonlar to`g`risida fikr yuritdik.
Ammo iqtisodiyotga xos
bo`lgan muhim bir xususiyat shuki, u chegara bilmaydi, baynalmilal
xarakterga ega. Agar bu masalaga tarixan yondashilsa,
iqtisodiyotning,
xo`jaliklarning yaqinlashuv jarayoni ilgaridan ma'lum. Masalan, eramizdan
avvalgi II asrdayoq Buyuk ipak yo`li bilan Xitoy, Yaponiya, Koreya
mollari Hindiston, Eron, O`rta Osiyo orqali
Vizantiya va Italiyaga olib
kelingan, u yerdan sotib olingan mollar boshqa mamlakatlarga olib
borilgan. Tarixiy faktlarga murojaat etilsa, har bir karvonda ko`p sonli
odamlar, yuk ortilgan ot, tuya, xachir va boshqalar bo`lgan, yo`l bir necha
oylab davom etgan. Bu xalqaro savdo yo`li XIV-XV asrlarda Amir
Temurning olib borgan iqtisodiy siyosati tufayli keng rivojlandi (kam boj
olingan, karvon yo`llari
qaroqchilardan himoya qilingan, bir kunlik yo`l
oxirida karvonsaroy bo`lgan, u yerda suv uchun quduqlar, sardobalar
qurilgan, ot-ulov, yem-xashak va oziq-ovqatlari saqlangan).
Amir Temur "Dunyo savdo bilan obod bo`lur", degan fikr
bildirgan, bu fikrning hozirgi davrda qanchalik dolzarbligi hammaga ayon.
Bobur Hindistonda podsholik qilgan davrda ham bu sohada muhim ishlar
qilingan. Agradan Qobulgacha bo`lgan yo`l bo`ylab har 15 mil (1 mil q 1.6
km) masofaga 6 tadan ot va unga qaraydigan xizmatchilar qo`yilib, ular
xalqqa xizmat qilgan (U.Erskin Bobur Hindistonda T., "Cho`lpon", 111-
bet.)
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
362
Jahon bozorining vujudga kelishi ko`pincha
XV asr oxiri va XVI
asr boshi bilan belgilanadi. Bu fikrda ham jon bor albatta, chunki buyuk
geografik kashfiyotlar tufayli Amerika qit'asi, ko`plab yangi orol va
mamlakatlar ochildi. Ular bilan dengiz orqali iqtisodiy aloqa kuchaydi,
mustamlakachilik tizimi vujudga keldi. Iqtisodiyotning baynalmilallashuv
jarayoni doim rivojlanishda bo`ldi va ayniqsa
ikkinchi jahon urushidan
keyin bu jarayon mazmun jihatdan tobora chuqurlashib, hududi kengayib
bormoqda. Jahon xo`jaligi, uning paydo bo`lishi, rivojlanishi va
takomillashuv qonuniyatlari, tamoyillari doim
olim va mutaxassislarning
diqqat markazida bo`lgan.
Dostları ilə paylaş: