O`TISH DAVRI IQTISODIY NAZARIYALARI
Yangi uyni qurmay, eskisini buzma.
Xalq maqoli.
22-BOB. O`ZBEKISTONDA MILLIY BOZOR IQTISODIYOTI
SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHINING TAVSIFI
Iqtisodiyot faqat unga xos bo`lgan ichki qonuniyatlar asosida rivo-
jlanmog`i darkor. Bizning vazifamiz ularni yaxshi tushunib yetishdan va
o`z xalqimiz manfaatlari yo`lida mohirona qo`llashdan iboratdir.
I.Karimov
22.1. Ma'muriy - buyruqbozlik iqtisodiyoti
oqibatlari va tub islohotlar zaruriyati
Islohotlar boshlangunga qadar vujudga kelgan iqtisodiy vaziyatni
har tomonlama tahlil qilmay chuqur iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy inqirozga
olib kelgan sabablarni, xo`jalik tizimidan qat'iyan voz kechish lozim
bo`lgan illatlarni aniqlamay turib, jamiyatning sifat jihatdan yangi holatiga
o`tib bo`lmaydi.
I.Karimov
Insoniyat XXI asrga kelib, ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotining
mohiyatini chuqurroq anglash bilan bir qatorda, uning asoratlariga barham
berishga astoydil kirishganini namoyon etmoqda. Xususan, O`zbekiston
Respublikasi uchun sobiq mustabid tuzum merosi va soxta mafkuraning
oqibatlari quyidagilarda o`z aksini topishi Respublika Prezidenti, akademik
I.Karimov asarlarida umumlashtirilgan:
1.Bir yoqlama rivojlangan, mo`rt, zaif iqtisodiyotga asoslangan
markazga qaram yarim mustamlaka mamlakat.
2.Boy mineral xomashyo resurslaridan nazoratsiz va ayovsiz foy-
dalanishga hamda paxta yakkahokimligiga asoslangan iqtisodiy tizim.
3.Mahalliy xomashyolarni qayta ishlash quvvatlarini ibtidoiy dara-
jadaligi, ishlab chiqarishning texnologik asbob-uskuna va butlovchi
qismlar, shuningdek yoqilg`i ta'minotida markazga qaramlik.
4.Eng muhim oziq-ovqat mollari (un, shakar, go`sht-sut mahsulot-
lari)va boshqa xalq iste'moli mahsulotlarining chetdan keltirilishi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
385
5.Paxta xomashyosi mahsulotlarining suv tekinga tashib ketilishi,
oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategik ahamiyatga ega materiallar
jahon bozorida o`ta xaridorgir bo`lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlarni
ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foydadan O`zbekiston xazinasiga
tushmaslik.
6.Iqtisodiy o`sish sur'atlari samaradorligi ko`rsatkichlarining salbiy
darajadaligi ortib borishi, moliya-pul tizimining butkul ishdan chiqishi.
7.Xorijiy mamlakatlar bilan bevosita tashqi iqtisodiy aloqalarning
cheklanganligi.
8.qishloq joylarda yashirin ishsizlik, shahar va qishloqdagi turmush
darajalaridagi farqning ortib borishi.
9.O`zbekiston aholisi turmush darajasi ko`rsatkichlarining sobiq
SSSRdagi eng oxirgi o`rinlardan biriga tushib qolganligi.
10.Ekologik muammolarning keskinlashuvi, yer-suv resurslaridan
ayovsiz foydalanish, yerlar sho`rlanishining ortishi, cho`l zonalarining
kengayishi.
Yuqorida keltirilgan xulosalarni isbotlovchi dallillar jumlasiga quy-
idagilar kiradi:
1. 1991 yilda yetishtirilgan paxta xomashyosining bor-yo`g`i 3,5% i
pirovard iste'mol uchun respublikada qayta ishlangan.
2. 1990 yilda respublikada mavjud korxonalarning 38% sobiq itti-
foq, 54% sobiq ittifoq-respublika, bor-yo`g`i 8% korxonalar respublika
mulkchiligi tasarrufida bo`lgan.
3. 1988 yilda 4349.3 mln. ga ekin maydonlarining 125.3 ming ga
maydoni (2.8%) aholining shaxsiy tomorqalarini tashkil etgan.
4. "1930 yilda respublika aholisining 70% ga yaqinining jami
daromadi tirikchilik o`tkazish uchun zarur bo`lgan eng quyi darajadan ham
past edi. Ayni mahalda Rossiya va Ukrainada aholining 30 % ga
yaqinigina shunday ahvolda kun kechirgandi".
5. Ma'lum sabablarga ko`ra, respublika hozirgi xalq xo`jaligi va
aholi juda qattiq ehtiyoj sezayotgan tovarlarning 65% gacha bo`lgan qis-
mini tashqaridan keltirishi majbur edi. Yoqilg`i, stanoklar, asbob
uskunalar, yog`och-taxta va yog`och materiallari to`g`risida gapirmasak
ham bo`ladi. Ular ham chetdan keltirilgan.
Keltrilgan ma'lumotlar va dalillar asosida bozor munosabatlariga
o`tish zaruriyati to`g`risida I.Karimov shunday degan:
...Bozorga o`tish muqarrar. Bu - davr amri, obyektiv reallikdir.
Ayni vaqtda bozor faqat maqsad emas, balki yangi qadriyatlarni shakllanti-
rish, odamlar faoliyatining sifat jihatdan tubdan yuqori darajasiga erishish
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
386
uslubi va vositasidir (Karimov I.A. O`zbekistoning o`z istiqlol va tarqqiyot
yo`li. T.,O`zbekiston, 1992, 44-bet).
Bozorga o`tish zaruriyati tashqi va ichki omillardan ham kelib
chiqadi.
Tashqi omillar:
1.Jahon hamjamiyatining geopolitik tarkibida ijtimoiy dunyo-
qarashda chuqur sifat o`zgarishlarni amalga oshirish.
2.Davlatlararo hamkorlikda integratsion jarayonlarning kuchayishi.
3.Yagona xalqaro me'yorlar, qoidalar va andozalarga o`tilishi bilan
yagona siyosiy-iqtisodiy jarayonlarning shakllanishi.
4.Sotsialistik deb atalgan lagerning parchalanishi va ma'muriy-
buyruqbozlik tizimining barham topishi.
5.Moddiy turmush farovonligi va iqtisodiy o`sish sur'atlari bo`yicha
G’arbdan ortda qolishning kuchayishi va iqtisodiy tizim tanazzuli.
Ichki omillar:
1.Mustabid tizim qusurlari va direktiv rejalashtirishning salbiy oqi-
batlari.
2.Davlat mulkchiligining yakkahokimligi tufayli mulkning va
shaxsning ajratilishi va ijtimoiy serxarajatlilikning ortib borishi.
3.Xarajatlarni tejashdan manfaatdorlikning yo`qligi, piravardida
esa, resurslarni samarasiz taqsimlanishning kuchayishi.
4.Mehnat unumdorligini oshirishdan rag`batlantirishning pasayishi
va mehnatga ishtiyoqsizlik va loqaydlikning ortishi.
5.Texnika va texnologiya rivojlanishidagi turg`unlik.
6.Iqtisodiy hayotda mulkning mutlaq davlatlashtirilishiga qarshilik
munosabati sifatida pinxoniy iqtisodiyotning kuchayishi.
7.Ijtimoiy hayotda talab va taklif muvozanatini ta'minlash samara-
dorligining pastligi.
8.Direktiv markazlashgan rejalashtirish tizimining hududlar va
xo`jaliklar talablarini qondirishda muvofiqlashtirish imkoniyatlarining
cheklanganligi. Natijada, quyi bo`g`inlarda - xaridor va sotuvchi, iste'mol-
chi va ishlab chiqaruvchilar orasidagi bevosita bog`liqlikni ta'minlashga
ma'muriy rejalashtirishning salbiy ta'siri.
9.Korxonalararo raqobatning yo`qligi tufayli samaradorlikka moyil-
likning pastligi.
10.Xomashyo serxarajatligiga asoslangan investitsion talabning ku-
chayishi.
11.Sotsialistik xo`jalik yuritishda fondlarning markazlashgan
taqsimotiga asoslanganligi tufayli ko`proq resurslar taqchilligi namoyon
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
387
bo`ladi. Bozor iqtisodiyotida esa, sotish qiyinchiligi ishlab chiqarish qiy-
inchiligidan muhimroq hisoblanadi.
12.Korxonalarning pul mablag`lari bilan ta'minlashda yagona dav-
lat bank tizimining faol ishtirok eta olmasligi. Bank tizimining pul mab-
lag`lari oborotidan manfaatdorlikning pastligi. Ayniqsa, kredit siyosatining
mijozlar moliyaviy imkoniyati bilan bevosita bog`lanmaganligi.
13.Davlat budjeti vakolatining keng qamrovliligi turli bo`g`indagi
xo`jaliklar daromadiga bog`liq bo`lib, uning to`planishi va taqsimlanishi
to`liq markazlashtirilgan. Korxonalarning byujdetdan moliyalashtirilishi
zahiralardan samarali foydalanishni rag`batlantirmagan.
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimining eng muhim ayanchli oqibatlari-
dan biri - mute shaxs "sovet kishisi" ning shakllanishi hisoblanadi. Mazkur
shaxs tafakkuri mafkuraviy qarashlar, g`oyaviy kurashlar, chalg`ituvchi
dalillar tuzog`iga asir qilindi. Taraqqiyotparvar insoniyat erishgan yutu-
qlardan bebahra qoldi.
Sobiq tizim o`z iqtisodiy g`oyalarida ish kuchining qayerlardadir
tovar sifatida sotilayotganligini tanqid qiladi-yu, o`zidagi inson resurslariga
e'tibor faqat kundalik moddiy ehtiyojlarni arang qondirish darajasida qolib
ketganligini inkor etadi. Keyinroq, 1999 yilga kelib, Prezidentimiz
I.Karimov bu haqda ta'kidlaganidek: "Shunday ulkan salohiyatga ega
bo`lgan mamlakatni kamsitadigan og`ir ahvolga solib qo`yib, u qonuniy
haqli ravishda o`ziga qarashli bo`lgan mablag`ni markazdan dotatsiya sifa-
tida so`rab, aytish mumkinki, yolvorib olishga majbur edi. Boz ustiga,
noinsoniy g`oya hukmron bo`lgan mustabid tizim o`zining bor mafkuraviy
kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib
odamlar ongini keng miqyosda zaharlar edi. Ularning milliy va diniy
tuyg`ularini qo`pol ravishda kamsitar edi. O`z ona tilini, milliy an'ana va
madaniyatini, o`z tarixini bilmaslik, ko`plab odamlarning shaxsiy fojiasiga
aylanib qolgan edi. Milliy o`zlikni anglashga bo`lgan tabiiy intilish jo-
hilona inkor etilardi....
...Biz eski tizim o`z o`rnini osonlikcha bo`shatib bermasligini, un-
ing zaharli mafkurasi odamlar ongini tez va yengil o`z ta'siri iskanjasidan
chiqarmasligini yetarli darajada o`zimizga tassavvur qilishimiz va hisobga
olishimiz zarur edi".
Yuqoridagilarni va boshqalarni hisobga olgan holda, O`zbekiston
mustaqillik davrida ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor munosa-
batlariga o`tishni zarur deb topdi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
|