Iqtisodiy talimot doc


-jadval  Jahonda mamlakatlarida YAIM ning jon boshiga taqsimlanishi (1996)



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

4-jadval 
Jahonda mamlakatlarida YAIM ning jon boshiga taqsimlanishi (1996) 
AQSH $ 
Mam. soni 
YAMM,mln.$ 
Aholi mln 
kishi 
Jon boshiga 
YAMM,$ 
Past 785 dan kam 
63 
1.596.837 
3.236 
490 
O’rtachadan 
past 
786-3115 
63 
1.962.719 
1.740 
O’rtachadan yuqori 
3116-9635 
31 
2.178.234 
473 
4.600 
Yuqori 9636 dan 
ko’p 
53 
23.771.825 
919 
25.870 
Dunyo bo’yicha 
210 
29.509.614 
5.754 
5.130 
Manba

Мировая
экономика
.
Экономика
зарубежных
стран
.
М
., 2000, 
С
.35 
Lekin keyingi davrda ilgari qoloq bo`lgan davlatlarning ayrimlari 
olib borilgan to`g`ri iqtisodiy siyosat tufayli rivojlanish, taraqqiyot yo`liga 
kirib oldilar, ularning soni tobora oshib bormoqda. Ularning ayrimlari 
Lotin Amerikasida (Braziliya, Argentina, Meksika), ko`pi janubi-sharqiy 
Osiyodadir ("to`rt ajdaho") - Koreya Respublikasi, Tayvan', Syangan va 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


373 
Singapur, bular qatoriga Malayziya, Tailand, Vetnam, Indoneziya va 
boshqa mamlakatlar kelib qo`shilmoqda. 
Bu davlatlarga xos bo`lgan xususiyat shuki, bozor munosabatlari 
keng qo`llanilmoqda, sanoat (industriya)ning rivojiga alohida e'tibor 
berilmoqda, xorijiy investitsiyalar (qo`shma korxonalar juda ko`p) ko`p 
ishlatilmoqda va oqibatda iqtisodiyotning o`sish sur'atlari yuqori (5-10, 
hatto 14-15 foiz). Xitoy Xalq Respublikasi ham 1979 yildagi iqtisodiy is-
lohotlar tufayli taraqqiyot yo`liga kirdi (ayniqsa ochiq iqtisodiy hududlarda 
o`sish katta). 
Shular tufayli bu sohada iqtisodiy ta'limotlarda ham o`ziga xos 
yo`nalishlar yuzaga keldi. Hozirgi davr iqtisodiyotchilari U.Rostou, 
R.Emerson, P.Samuelson va boshqalar kolonializmning ijobiy tomonlarini, 
uning qoloq mamlakatlarga "taraqqiyot" olib borganligini bo`rttirib 
ko`rsatishga intilmoqdalar. Go`yoki mustamlakalar ilg`or mamlakatlar 
yordamida o`z mustaqilligini ta'minlashga erishganlar. Bu tuzum ilg`or va 
qoloq mamlakatlarga birdek naf keltirgan deb hisoblaniladi. R.Emerson 
fikricha, kolonializm Sharq xalqlari uchun taraqqiyot yo`lidan borishga 
imkoniyat yaratdi. 
Ayrim iqtisodchilar kolonializmning salbiy tomonlarini ham inkor 
etmagan holda, uni XIX asr oxiri va XX asrdagi kapitalistik mamlakatlar 
"deformatsiya"ga uchradi, mustamlaka davlatlarining do`stiga aylandi, 
demoqdalar. "Yaxshi kolonializm" iqtisodiy rivojlanishni rag`batlantiradi, 
bu davlatlarning o`z-o`zini boshqarishini ta'minlaydi. 
G’arbda "noiloj rivojlanish", "tashqi turtki" nazariyalari keng 
tarqalgan (R.Nurkse, E.Xagen), unda ozodlikka erishgan davlatlar dastlab 
musibatlarga uchrashi tabiiy, shu sababli ularning ahvoli og`ir bo`ladi. och-
lik-yalang`ochlikka mahkum etiladi. Daromadning kamligi jamg`armalar 
paydo bo`lishiga to`siqdir va kapital qo`yilmalar ham past darajada saqla-
nadi. Bu esa sanoat rivojiga va milliy daromad o`sishiga yo`l bermaydi va 
kambag`allik hamda nochorlikni keltirib chiqaradi (Ilojsizlik rivojlanishi). 
Bu og`ir ahvoldan chiqishning birdan-bir yo`li - tashqi "turtki yo`li" 
hisoblanadi. Minimum kapital qo`yilmalarning asosan tashqi investitsiyalar 
hisobiga asta-sekin o`sishiga, rivojiga erishiladi. Kapital qo`yilmalar 
miqdori ma'lum kritik darajadan yuqori bo`lishi kerak, shu bilan turg`unlik 
holatidan chiqib olinadi. Bu tadbirkorlik faoliyatini kuchaytiradi va xorijiy 
investorlar uchun qulay "iqlim"ni yuzaga keltiradi. G’arbdagi ko`p iqtisod-
chilar bu mamlakatlarda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o`tkazishni 
ham taklif etmoqdalar. Mustamlaka (koloniya) qaram mamlakatlari bilan 
metropoliya o`rtasidagi munosabatlar hech vaqt tenglik asosida bo`lmagan, 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


374 
noekvivalent almashuv yo`li bilan qo`shimcha boylik orttirish imkoni 
bo`lgan. Ilgari mustamlaka bo`lgan qaram davlatlar mustaqillikka erish-
gandan keyin ham avvalgi metropoliyaga ko`p vaqt davomida ko`p jihat-
dan bog`liq bo`lib qolaverdi. Bu davrga oid neokolonializm ta'limotlari 
yuzaga keldi. "Solishtirma chiqimlar" nazariyasining yangi variantlari 
J.Vayner, G.Xaberler, Ch.Kindleberger va boshqalar tomonidan har to-
monlama ishlab chiqilgan. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha, rivo-
jlanayotgan davlatlarda tabiiy resurslar anchagina bo`lganligini hisobga 
olib, oziq-ovqat va xom ashyo mahsulotlariga ixtisoslashish ma'qul, 
sanoatni rivojlantirishga hojat yo`q, chunki an'anaviy eksport tovarlari hi-
sobiga xalqaro bozordan kerakli mahsulotlarni almashib olish mumkin. Bu 
fikrga qo`shilib bo`lmaydi, chunki bu usul mamlakat rivojiga olib kel-
maydi. Masalan, Malayziya xuddi shunday yo`l tutdi, faqat o`z xom 
ashyosini tayyor mahsulotga aylantirgachgina muhim iqtisodiy yutuqlarga 
erishdi. "Ishlab chiqarish omillari" nazariyasida ham noekvivalent al-
mashuv tizimi, chetga esa faqat xom ashyo chiqarish taklif etiladi. Chet el 
kapitali uchun keng imkoniyatlar yaratish fikri ustundir. 
Ba'zi olimlar rivojlanayotgan mamlakatlarni "industrlashtirish" 
nazariyalarini ilgari surmoqdalar. Masalan, N.Kaldor, J.Meyer va bosh-
qalarning fikricha, shaxsiy iste'molni ixtiyoriy qisqartirib, iqtisodiyotni 
moliyalash uchun jamg`armalar yetarli emas, davlat soliq tizimi orqali 
iste'molni majburiy yo`l bilan qisqartirish kerak. Ayrim hollarda "me'yord-
agi inflatsiya"dan foydalanish taklif etiladi. 
Jamg`armalarni tashqi moliyalash manbalari bo`yicha turli fikrlar 
bildiriladi. Ko`pchilik mualliflar ayniqsa o`tish davrida chet el mamlakat-
lari (birinchi navbatda rivojlangan mamlakatlar)tomonidan iqtisodiy va 
texnikaviy yordam zaruriy chora sifatida ko`rsatiladi, undan keyin esa bu 
ishlar "xususiy chet el investitsiyalari" bilan almashadi (P.Rouzenshteyn-
Rodan, U.Xiller, G.Meyer). 
Rivojlanayotgan 
mamlakatlarni 
industrlashtirish 
strategiyasi 
bo`yicha ham turli g`oyalar mavjud. Ba'zilar (V.Luis, P.Bauer) faqat qish-
loq xo`jaligi sohasi bilan yengil sanoatni ustun darajada rivojlantirishni 
taklif etadilar, boshqalar boshida oddiyroq, keyinchalik texnika va tex-
nologiyasi murakkab bo`lgan tarmoqlarga o`tishni lozim deb hisoblaydilar. 
qishloq xo`jaligini rivojlantirish industrializatsiyaning hal qiluvchi sharti 
sifatida belgilanadi. Amerika iqtisodchilari X.Leybenshteyn va V.Rattenlar 
qishloq xo`jaligini texnik rekonstruksiyalashni eng muhim masala deb 
qaraydi. Bu davrda sanoat qishloq xo`jaligi uchun kerakli tovarlarni ishlab 
chiqarishi kerakligini ta'kidlaydi. Bu fikrlarda jon bor, masalan, "ko`k in-
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


375 
qilob"ni amalga oshirgan bir qancha davlatlar eng muhim masala - oziq-
ovqat muammosini asosan hal qila oldilar. Lekin shunga qaramasdan sayy-
oramizda oziq-ovqat masalasini hal etish eng muhim muammodir. 
Yana bir eng dolzarb masala - bu demografiya muammosidir. BMT 
ma'lumotlariga ko`ra, 1945-95 yillar davomida jahonda aholi soni 2.5 mil-
liarddan 5.5 milliardga yetdi (o`sish 3 milliard), yalpi ichki mahsulot (mil-
liy daromad) 7 trilliondan 22 trillion AQSH dollariga o`sdi. Lekin aholin-
ing asosiy qismi eng tez ko`payayotgan joylarda iqtisodiy o`sish sust. O`z 
davrida Sharl Furye Yer sharidagi maksimal aholi soni 5 milliarddan osh-
masligi kerak, degan g`oyani aytgan edi. XXI asr boshida 6 milliard 
aholining iqtisodiy ahvolini o`ylash kerak bo`ladi. Shular tufayli nazariya 
va konsepsiyalar ilgari surilgan. 
Shular ichida davlatning iqtisodiy rivojlanishdagi roli masalasi mu-
himdir, bu haqda yuqorida fikr yuritilgan edi, ma'lumki, klassik va neok-
lassik ta'limot tarafdorlari davlatning ishtiro-kini imkoni boricha chek-
lashni taklif etsa, Keyns va keynschilar hamda neokeynschilik davlatning 
roli faol bo`lishini targ`ib etadi. Bu holatda ham ana shunday ikki xil 
qarash xarakterlidir. Masalan, ingliz iqtisodchisi P.Bauer davlat faqat nor-
entabel sohalar, masalan transport, aloqa, kommunal xo`jalik, texnik kadr-
larni tayyorlash va boshqa tarmoqlar faoliyatiga aralashuvi va ularga davlat 
sektoridan yordam berishi kerak degan g`oyani ilgari suradi. Boshqa renta-
belli tarmoqlar esa xususiy sektor qo`liga berilishi va u yerda davlatning 
roli minimal bo`lishi kerak, deyiladi. 
Iqtisodiy rivojlantirishni rejalashtirish (plan) xususiy sektorni 
qo`llash, bozor xo`jaligi defektlarini tugatish uchun kerak deyiladi. Ameri-
kalik iqtisodchi G.Kolm fikricha, kam rivojlangan davlatlarda planlashti-
rishning maqsadi bozor jarayonini faollashtirishga qaratilishi kerak. Rivo-
jlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining g`arb andozalari asosida olib 
borish ham taklif etiladi, bu tarixiy jarayon asosida ro`y berishi kerak 
(kapital jamg`arish, manufaktura rivoji, dehqonlarni yerdan mahrum 
etish...). U.Rostou o`zining "Iqtisodiy o`sish bosqichlari" nazariyasida shu 
qoidani isbotlashga urinadi. Boshqa olimlar ham shu qoidaga amal qilib, 
rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotini sun'iy ravishda 
tezlashtirishga urinmasliklari kerak, bu davlatlar kapitalistik davlatlar bosib 
o`tgan yo`ldan borishlari maqbul, boshqa yo`l qidirishga hojat yo`q, degan 
g`oyani qo`llaydilar. "AQSH tashqi siyosatining siyosiy iqtisodi" kollektiv 
tadqiqotida rivojlanayotgan davlatlar G’arbning qisqa va uzoq muddatli 
manfaatlariga mos keluvchi siyosatni olib borishlari kerak degan xulosa 
chiqariladi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


376 
Bu tadqiqotdagi g`oya bo`yicha jahon xo`jaligidagi munosabatlar 
rivoji boshqa sivilizatsiyalashgan munosabatlar sari borishi kerak va bu 
jarayon keyingi paytlarda yangi xalqaro iqtisodiy tartib sifatida 
qaralmoqda. Bunda hamma munosabatlar o`zaro tenglikka asoslangan, 
barcha mamlakatlar manfaatlarini hisobga oluvchi va adolat tamoyillariga 
amal qiluvchi iqtisodiy-ijtimoiy aloqalar yangi xalqaro iqtisodiy tartibning 
asosiy mazmunidir. 
Bunday g`oyaning paydo bo`lishi avvalgi davrlarda bu munosabat-
larda tenglik bo`lmaganligini tan olish bilan barobar fikrdir. I.Fisher, 
R.Dornbush, R.Shmalenzilarning ta'kidlashicha, kambag`al mamlakatlar 
masalasi kambag`al Janub bilan boy Shimol o`rtasidagi muammolar sifa-
tida tobora kuchayib bormoqda. Janub mamlakatlari o`z qiyinchiliklarini 
jahon iqtisodiyotidagi mavjud avvalgi tartibdan deb bilmoqdalar, bu tartib 
go`yoki ularga qarshi qaratilgandir. 1974 yilda BMT Bosh Assambleyasi 
yangi xalqaro iqtisodiy tartib joriy etishni qo`llab-quvvatlovchi rezolutsi-
yani qabul qildi (NIEO). 
Qabul qilingan yangi tartib uch qoidaga asoslanadi: 
1. Xalqaro aloqalar ma'lum tartibga solib turiladi va bu turli davlat-
lar tomonidan siyosiy yo`l bilan amalga oshiriladi; 
2. Ishlab chiqarilgan tovarlarning davlatlararo taqsimotida rivo-
jlanayotgan mamlakatlar manfaati ham hisobga olinishi shart va shuni 
ta'minlaydigan yo`llar yaratilishi kerak; 
3. Barcha iqtisodiy munosabatlar tizimi demokratiya asosida olib 
borilishi zarur, har bir davlat o`z ichki tuzumidan qat'iy nazar shu munosa-
batlarda qatnashishga haqlidir. 
Janub birinchi navbatda Shimol tomondan yordam miqdorini 
oshirishni so`raydi. Boy mamlakatlar esa berilgan yordamdan samarali 
foydalanish zarurligini ro`kach qilmoqda. 
Keyingi davrda BMT tomonidan "Insoniy rivojlanish konsepsiyasi" 
ilgari surildi, unga to`laroq to`xtalishni lozim topdik, chunki undagi qoi-
dalar respublikamiz uchun ham nihoyatda ahamiyatlidir. Iqtisodiy rivojlan-
ish konsepsiyasi daromadning ko`payishi va insoniy farovonlikning yax-
shilanishi orasidagi aloqani aniqlashda muhim xizmatni ado etadi. Bunday 
bog`lanish nafaqat iqtisodiy o`sishning miqdoriga, balki sifati va qanday 
taqsimlanishiga ham bog`liqdir. iqtisodiy o`sish va odamlar hayoti orasi-
dagi bog`lanish oqil siyosat - ijtimoiy maqsadlar uchun to`lovlar, daromad 
va aktivlarni qayta taqsimlashga qaratilgan fiskal siyosat orqali yaratilishi 
kerak. Bunday bog`lanish qashshoqlikni kuchaytiruvchi avtomatik tarzda 
ishlovchi bozor iqtisodiyoti sharoitida mavjud bo`la olmaydi. Ammo biz 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


377 
ehtiyot bo`lishimiz kerak. Daromad ko`payishi bilan insonlar hayotining 
yaxshilanishi orasidagi avtomatik bog`liqlikni inkor etish iqtisodiy o`sishni 
inkor qilish emasdir. Iqtisodiy o`sish kambag`al jamiyatlar uchun qashsho-
qlikni kamaytirish va umuman yo`qotishda juda muhim. Lekin bunday 
o`sish sifatining ahamiyati uning hajmidan muhimroq. Dono milliy siyosat 
iqtisodiy o`sishni odamlar hayotini yaxshilashga o`gira olishi kerak. Buni 
qanday qilib amalga oshirish mumkin? Bu iqtisodiy va siyosiy hokimi-
yatda katta strukturaviy o`zgarishlarni talab qilishi mumkin, bu sohada in-
soniy rivojlanish paradigmasi juda inqilobiydir. U ko`p mamlakatlarda 
amaldagi hokimiyat tizimini qayta ko`rib chiqishni talab etadi. Iqtisodiy 
o`sish va odamlar farovonligi orasida bog`liqlikning kuchayishi ko`p vaqt 
talab etuvchi yer reformasi, soliqlarning progressiv tizimi, asosiy ijtimoiy 
yordamning kuchaytirilishi, uni barcha muhtoj aholiga yetib boradigan qil-
ish, odamlarning iqtisodiy va siyosiy faoliyatlari yo`lidagi to`siqlarning 
yo`qotilishi va ularning boylikka ega bo`lish huquqini tenglashtirish va bo-
zor iqtisodiyoti bilan bog`liq, iqtisodiy va siyosiy sa'y-harakatlardan eng 
ko`p ozor chekishi mumkin bo`lganlarga vaqtinchalik ijtimoiy xavfsizlik 
tizimini joriy qilish kabi bir qancha chora-tadbirlarni talab etishi mumkin. 
Bunday siyosiy faoliyat fundamental va har bir mamlakat uchun farqlidir. 
Ammo, ba'zi bir xususiyatlar hamma mamlakatlar uchun umumiy. 
Birinchidan, inson muammolari markaziy muammoga aylanadi. 
Rivojlanish odamlar farovonligining oshishi nuqtayi nazaridan tahlil qili-
nadi va tushuniladi. Har qanday faoliyat unda qancha odam qatnashganligi 
va foydalanganligi nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Rivojlanish siyosatin-
ing muvaffaqiyatli bo`lishining burilish nuqtasi sifatida ishlab chiqarish-
ning ko`payishi emas, balki insonlar hayotining yaxshilanishi olinadi. 
Ikkinchidan, insoniy rivojlanish ikki tomondan iborat ekanligi naz-
arda tutiladi. Birinchisi - yaxshi sog`liq, salomatlik, chuqur bilim va hunar-
lar kabi insoniy qobiliyatlar majmuasi bo`lsa, ikkinchisi - ish bilan 
ta'minlanganlik, ishlab chiqarish faoliyati, siyosiy faoliyat va hordiq 
chiqarish kabi erishiladigan qobiliyatlarga ega bo`lish yo`lidagi odamlar 
dunyoqarashini oshirishdir. Bu ikkala tomon me'yorining insoniy rivojlan-
ish tomonidan tartiblanmaganligi insonlar rejalarining talafotida o`z aksini 
topadi. 
Uchinchidan, pirovard maqsadlar va ularga erishish usullari orasida 
aniq farq o`tkazilishi zarur. Odamlar maqsad sifatida qaralishi kerak 
bo`lsa-da, unga erishish usullari yoddan chiqmasligi kerak. Yalpi milliy 
mahsulotning (YAMM) o`sishi ko`pgina insoniy farovonlik ko`rsatkichlari 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


378 
o`sishining muhim omilidir. Ammo iqtisodiy o`sishning xarakteri va 
taqsimlanishi odamlar hayotini boyitishga nisbatan o`lchanishi zarur. 
To`rtinchidan, insoniy rivojlanish faqat iqtisodiyotni emas, balki 
butun jamiyatni qamrab oladi. Siyosiy, madaniy va ijtimoiy omillarga iqti-
sodiy omillarga kabi e'tibor beriladi. 
Beshinchidan, odamlar rivojlanishning maqsadi va erishish omili 
ekanligi tan olinadi. Odamlar materialistik mashina uchun qulay yem 
emas, balki rivojlanishning oxirgi maqsadi ekanligi doim yodda bo`lishi 
kerak. Odamlar tovar ishlab chiqarishning "insoniy kapital" niqobi ostidagi 
quroli emasligi ko`zda tutilishi kerak. 
Xo`sh, mamlakatning insoniy rivojlanish darajasi qanday bahola-
nadi? Bu muammoning zamonaviy yechimlariga bir oz to`xtalamiz. Mam-
lakatning rivojlanganlik darajasini baholashning yaqingacha yagona usuli 
jon boshiga YAMM bo`lganligi sababli, mukammalroq ijtimoiy-iqtisodiy 
ko`rsatkichni kashf qilish davr talabi edi. Izlanishlar natijasida insoniy 
rivojlanish indeks (IRI) ko`rsatkichi kashf etildi. IRI inson rivojlanish dara-
jasini ko`rsatuvchi uch asos - umrboqiylik, ta'lim va yashash darajalaridan 
iborat integral ko`rsatkichdir. Uzoq umr ko`rish kutilayotgan hayot 
davomiyligi orqali o`lchanadi. Ta'lim darajasi ko`rsatkichning 2/3 qismini 
tashkil etuvchi katta yoshlilar savodxonligi va 1/3 qismini hosil qiluvchi 
ta'limning o`rtacha davomiyligi ko`rsatkichlari orqali ifodalanadi. Yashash 
hayotning mahalliy qiymati (sotib olish pariteti yoki RRR - "purchasing 
power parity") ga nisbatan to`g`rilangan jon boshiga real yalpi ichki 
mahsulot (YAIM) orqali baholanadi. Nimaga faqat uch ko`rsatkich? - de-
gan savol tug`ilishi tabiiy. Inson hayotining hamma jabhalarini aks ettirish 
a'lo bo`lar edi. Ammo ma'lumotlarning to`liq emasligi bir oz cheklanishlar 
tug`diradi va bu ma'lumotlarga ega bo`linganda, balki ularni ham hisobga 
olish ayni muddao bo`lar edi. Ammo ko`proq ko`rsatkichlarni qo`shish har 
doim ham yaxshiroq natijalarga olib kelavermaydi. Ularning ba'zi birlari 
ishlatilayotgan ko`rsatkichlar bilan korrelatsiya qilingan bo`lishi mumkin. 
Bolalar o`limi darajasi, masalan, kutilayotgan hayot davomiyligida o`z ak-
sini topgan. O`zgaruvchilarning ko`proq sonini qo`shish umumiy man-
zarani xiralashtiradi va asosiy yo`nalishlardan chalg`itadi. 
Insoniy rivojlanish tushunchasi so`nggi yillarda barqaror rivojlanish 
g`oyasi bilan to`ldirildi. Buning ma'nosi shuki, hozirgi avlodning insoniy 
rivojlanish jarayoni kelajak avlod insoniy rivojlanishi hisobiga ro`y ber-
masligi darkor. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi dastlab atrof-muhitni 
muhofaza qilish harakati tomonidan kiritildi, bu harakat namoyandalari 
rivojlanish tushunchasi "avlodlar o`rtasidagi munosabatlar" kabi g`oyani 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


379 
ham o`z ichiga olishini himoya qilmoqdalar. Tabiiy resurslarning kamayib 
borishi kelajak avlodlar rivojlanishi muammolarini keltirib chiqarishi 
mumkin. "Barqaror rivojlanish" konsepsiyalari atrof-muhit va tabiiy re-
surslar doirasidagina qo`llanilishi mumkin bo`lmay, balki insoniy imkoni-
yatlar, "insoniy kapital"ga qo`yiladigan investitsiyalarga ham tegishlidir. 
Insoniy rivojlanish konsepsiyasi BMT Taraqqiyot Dasturi (FNDP) 
tomonidan izchil targ`ib qilinib kelmoqda. Bu sohadagi izlanishlar yillik 
"Insoniy rivojlanish bo`yicha hisobotlar" (Human Development Report) 
ko`rinishida chop etilmoqda. 1988 yilda boshlangan o`n yillik BMT Ta-
raqqiyot Dasturi tomonidan barqaror ijtimoiy rivojlanish o`n yilligi deb 
e'lon qilingan. Bu o`n yil davomida ijtimoiy masalalarning ko`pgina jab-
halariga tegishli o`nta butunjahon anjumanlari o`tkazilishi mo`ljallangan. 
1995 yil mart oyida Kopengagenda o`tkazilgan oliy martabali ijtimoiy 
rivojlanish konferensiyasi va 1995 yil sentabr oyida Pekinda o`tkazilgan 
ayollar muammolariga bag`ishlangan konferensiyalar (1995 yilgi "Insoniy 
rivojlanish bo`yicha hisobot" erkak va ayollar orasida tenglikka erishish 
masalalariga bag`ishlangan) ana shular jumlasidandir. Har ikkala anju-
manda o`ta muhim zamonaviy masalalarga javob topishga harakat qilindi. 
Xususan, Kopengagen anjumanida 160 ga yaqin davlat boshliqlari ishtirok 
etdi (unda Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ham ishtirok etdi). Unda 
Butunjahon Ijtimoiy Deklaratsiyasi qabul qilindi va harbiy sohaga sarf qil-
inayotgan xarajatlarni insoniy rivojlanish maqsadlariga safarbar qilish 
yo`llari muhokama qilindi. 
1995 yildan boshlab BMT Taraqqiyot Dasturi milliy darajada ham 
"Insoniy rivojlanish bo`yicha hisobot"larni nashr qilishda yangi mustaqil 
mamlakatlarga ko`mak bera boshladi. 1995 yil uchun ana shunday hi-
sobotning O`zbekistonda chop etilishi bu sa'y-harakatlarning muvaffaqi-
yatli tugaganidan dalolat beradi. Eslatib o`tilgan bu hisobot O`zbekiston 
mustaqillikka erishgandan buyon insoniy rivojlanish borasida erishilgan 
yutuqlar va yo`qotilishi kerak bo`lgan kamchiliklar haqidadir. Kelajakda 
shunday hisobotlarni doimiy asosda chop etish mo`ljallanmoqda. Bu ezgu 
yo`lda BMT Taraqqiyot Dasturining ko`rsatayotgan yordami beqiyosdir 
(O`zbekistonda 2000 yilgi Dastur ham e'lon qilindi). 
Bunday hisobotlar o`zbekistonlik mutaxassislar va BMT ekspert-
larining birgalikdagi mehnatining mevasidir. Bu hisobotlar keng dunyo 
ommasiga taqdim etiladi va O`zbekistonda insoniy rivojlanish qay holda 
ekanligini dunyoga bildiradi. 
O`zbekistondagi ijtimoiy rivojlanish konsepsiyasining asosini ay-
nan inson va uning manfaatlari tashkil etadi. U insonni pirovard maqsad va 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


380 
rivojlanish asosi deb qaraydi. Hozirgi davrdagi mavjud konsepsiyalar hoh 
markazlashtirilgan iqtisodiyotda moddiy mahsulotning yoki bozor iqtisodi-
yotida ichki mahsulotning o`sishi bo`lsin, tovar ishlab chiqarishni eng 
asosiy maqsad deb bilgan. Undan tashqari, bu asosiy maqsad, ya'ni jon 
boshiga tovar ishlab chiqarishning o`sishi, jismoniy kapitalni jamg`arish 
hisobiga erishilgan. Ya'ni, eskicha fikrlash doirasida qo`shimcha o`sish pi-
rovard maqsad bo`lsa, investitsiyalar esa unga erishish vositasi 
hisoblangan. 
Har qanday jamiyatlarning rivojlanishida ularning bir holatdan 
boshqasiga o`tish davrlari eng mushkul, og`ir bo`lib hisoblanadi. Bu bir 
hayot tarzining buzilishi va yangisining yaratilishini davomida vujudga ke-
ladigan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy harakatlardagi murakkabliklar bilan 
bog`liqdir. 
Jamiyatni bunday tubdan o`zgartirish beozor o`tishi mumkin emas. 
Bu o`sish istar-istamas yuzlab va minglab odamlar, oilalar, milliy va 
jamoat guruhlari, butun davlatning ijtimoiy ahvoli, moddiy farovonligi, 
taqdirlariga dahldor bo`ladi. 
O`zbekiston hukumati islohotlarining insonlar hayoti va farovonli-
giga salbiy ta'sirini imkoni boricha kamaytirish maqsadida yangi iqtisodiy 
va ijtimoiy tizimga bosqichma-bosqich o`tish yo`lini tanladi. 
O`zbekiston uchun hozirgi bosqichda birinchi va muhim vazifa - bu 
bozor islohotlarini o`tkazishda jadallashtirishga asos bo`lgan, makroeko-
nomik barqarorlikni ta'minlashdir. Chunki, bu aholi turmush darajasini 
yetarli ta'minlashning tabiiy asosini tashkil etuvchi kelgusi iqtisodiy o`sish 
zaminidir. Masalaning murakkabligi shundaki, makroekonomik siyosat-
ning kuchaytirilishi sharoitida ijtimoiy ehtiyojlarga harajatlarni keskin ka-
maytirishga yo`l qo`yilmasligi kerak, chunki insoniy resurslarga qo`yilgan 
mablag`lar ularning kelajakda barqaror rivojlanish asosigina bo`lib qol-
masdan, hozirgi davrda osoyishta ijtimoiy sharoitning kafolotlanishini ham 
ta'minlaydi. O`zbekiston uchun bu juda muhimdir, chunki u qo`shni mam-
lakatlarda harbiy to`qnashuvlar davom etayotgan mintaqada joylashgan. 
Davlat o`tish davrining murakkabliklarini hisobga olgan holda o`z oldiga 
aholining iste'mol darajasining keskin pasayib ketishiga yo`l qo`ymaslik, 
mavjud ta'lim tizimini qo`llab-quvvatlash, aholini sog`liqni saqlash xizmat-
lari bilan ta'minlash, yangi bozor munosabatlari sharoitlariga moslashishi 
qiyinroq bo`lgan aholi qatlamlarini qo`shimcha ijtimoiy yordam bilan 
ta'minlash, mamlakatning har bir mehnatga layoqatli fuqarosi o`z ijobiy 
kuchlarini namoyon etishi, mustaqil ravishda o`zi va oilasi uchun yaxshi 
hayotni ta'minlashi uchun sharoit yaratish vazifasi qo`yilgan. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


381 
O`tishning dastlabki bir necha yilida talay qiyinchiliklar qayd etildi, 
ammo, hukumat iqtisodiy va ijtimoiy siyosat yurgizish yo`li bilan aholini 
tushkunlik sharoitida shak-shubhasiz ro`y beradigan asosiy larzalardan hi-
moya qila oldi. 
Mamlakat, shuningdek, boy tabiiy resurslardan foydalanish-ning 
puxta o`ylangan yondashuvi asosida kattagina mablag`larni jalb qilishga 
erishdi. Natijada ishlab chiqarishning pasayishi MDH mamlakatlariga nis-
batan ancha kam bo`ldi, 1996 yildan o`sish boshlandi. Undan tashqari dav-
lat ishlab chiqarish hajmlari pasayishiga qaramay, aholini ish bilan 
ta'minlashning yuqori darajasiga erishish uchun barcha tadbirlarni qo`lladi. 
Ishlab chiqarishning pasayishi va inflatsiyaning ko`tarilishi tufayli real ish 
haqi keskin pasaydi, ammo, respublika ijtimoiy qo`llab-quvvatlashning 
keng qamrovli hukumat dasturi yo`li bilan aholining iste'mol darajasini 
qo`lladi. 
Albatta, aholini qo`llovchi keng qamrovli dasturni uzoq vaqt mo-
baynida ta'minlash qiyin masala hisoblanadi. Ammo, islohotning dastlabki 
bosqichida bu madad kelajakda islohotlarning amalga oshishi uchun si-
yosiy va iqtisodiy barqarorlikni saqlash va milliy birdamlikka erishishda 
nihoyatda muhimdir. Respublika amalda muhim ustunliklarga ega va 
oqilona iqtisodiy siyosat amalga oshirilganda o`tishni muvaffaqiyatli ya-
kunlashi aniq. 
XULOSA 
Jahon xo`jaligi, jahon bozori va integratsion jarayonlarning uzoq 
tarixi bor. Ayniqsa, Buyuk ipak yo`li (m.a. II asrda) davrida aniq namoyon 
bo`lgan bu jarayon XVI asrda buyuk geografik kashfiyotlar tufayli ku-
chaydi. II Jahon urushidan keyingi davrda esa bu xalqaro iqtisodiy mu-
nosabatlar maxsus tashkilotlar orqali amalga oshirilib, hozirgi davrni ular-
siz tasavvur etish mumkin emas. "Beniluks" (1944 y.), Umumiy bozor 
(1957y.), Yevropa ittifoqi, OPEK (1960y.), NAFTA, EKO, Xalqaro valuta 
fondi, Jahon banki va boshqa xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bu aloqalarni 
ma'lum tartibga solib kelmoqdalar. 
A.Smit mehnat taqsimoti ishlab chiqarishda taraqqiyot asosi 
ekanligini isbotlab bergan bo`lsa, D.Rikardo bu mehnat taqsimoti faqat 
ma'lum mamlakat doirasidagina emas, balki dunyo miqyosida bo`lishi 
kerak, degan g`oyani ilgari surdi. Chunki, har bir davlat ma'lum sohada 
nisbiy ustunlikka ega bo`ladi. "Nisbiy ustunlik", "solishtirma chiqimlar" 
nazariyasi xalqaro mehnat taqsimotining obyektiv zarurligini isbotlab 
berdi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


382 
Bu borada bir qancha iqtisodiy ta'limot, nazariya va konsepsiyalar 
ilgari surildi. 
Xalqaro iqtisodiy aloqalar bo`yicha neoklassik (sof ta'limot) va 
neokeynschilik nazariyalari keng tarqalgan. "Sof" ta'limot tarafdorlarining
fikricha, iqtisodiy aloqalar xalqaro maydonda ham erkin bozor tamoyillari 
asosida rivojlanishini qo`llaydilar (erkin raqobat, hamma uchun bir xil 
imkoniyat, taklif doimo talabni vujudga keltiradi, savdo balansi o`z-o`zini 
tartibga soladi va boshqalar). 
Neokeynschilik ta'limoti vakillari bu jarayondagi bozor munosabat-
lariga davlatning faol ishtirokini ma'qul ko`radilar. 
Mustamlakachilik mamlakatlari bilan xalqaro munosabatlar 
bo`yicha turli nazariyalar mavjud, ularning ko`pchiligi metropoliya koloni-
yalari uchun ijobiy rol o`ynaganligini himoya qiladi. Bevosita investitsiya-
lar nazariyasi mustamlakachilikda ham bo`lib, mustaqil rivojlanish yo`liga 
o`tgan mamlakatlarda iqtisodiyotni qutqarishdagi asosiy yo`l deb hisobla-
nadi. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivoji bilan birga bir qancha 
muammolar mavjud, bu odatda boy va nisbatan qoloq mamlakatlar 
o`rtasidagi munosabatlardir. 70-yillarda yangi xalqaro iqtisodiy tartib qabul 
qilindi. Mavjud muammolarni hal etish uchun BMT tomonidan "insoniy 
rivojlanish" konsepsiyasi taklif etilgan. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin