Iqtisodiy talimot doc


 Xalqaro iqtisodiy integratsiya. Nisbiy afzallik



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

21.1. Xalqaro iqtisodiy integratsiya. Nisbiy afzallik 
konsepsiyasi. Savdo-sotiqning marjinalistik nazariyalari 
 
Hozirgi davrda dunyoda 200 dan ortiq mamlakat mavjud bo`lsa, 
ularning tabiiy iqlimiy sharoitlari nihoyatda turli-tuman. Ularning aholisi, 
xo`jalik faoliyati, turmush tarzi ham xilma-xildir. Tarixiy, an'anaviy sharoit 
taqozosi tufayli har bir mamlakatda o`ziga xos xo`jalik faoliyati, mahsulot 
turlari yuzaga kelgan. Masalan, bizga yaxshi tanish bo`lgan kartoshka, 
makkajo`xori, pomidor, tamaki Amerika kashf etilgandan keyin bizga olib 
kelindi va rivojlandi. Xuddi shunday yo`l bilan o`zaro bog`lanish, savdo-
sotiq, madaniy aloqalar kuchayib bormoqda. Ayniqsa, xalqaro savdo 
munosabatlari bu borada yetakchi o`rinni egallaydi va iqtisodiy 
ta'limotlarda ham bu sohada muhim yutuqlar mavjud. Xalqaro iqtisodiy 
integratsiya dastlab savdo sohasida keng tus olgan. 
Xalqaro savdo rivojlanishi jarayonlari iqtisodiyoti allaqachon milliy 
davlatlar doirasidan chiqqan va bu borada bir qancha iqtisodiy ta'limotlar 
ham mavjud. Ular klassik, neoklassik va neokeynschilik nazariyalarida o`z 
aksini topgan. Ayniqsa, XIX-XX asrlardagi iqtisodchilar A.Smit, 
D.Rikardo, R.Torrens, J.S.Mill, A.Marshall (yuqorida ular bilan 
tanishganmiz.) J.Vayner, G.Xaberler, G.Jonson, P.Samuelson va boshqalar 
bu sohada barakali ijod qildilar. 
A.Smit tomonidan mutloq afzallik prinsipi ishlab chiqilgan, unga 
ko`ra, eng kam xarajat talab etuvchi tovarlar ishlab chiqarish va eksport 
qilish samaralidi va aksincha. 
Klassik iqtisodiy maktab vakili D.Rikardo birinchilardan bo`lib 
mehnat taqsimoti faqat ayrim ishlab chiqarish sohasidagina emas(A.Smit 
fikri), balki xalqaro ko`lamda ham obyektiv zarurat ekanligini isbotlab 
berdi.Olimning fikri shundan iboratki, prinsipial jihatdan qaralsa, har bir 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


363 
davlat o`ziga kerakli barcha narsani (tovarlarni) ishlab chiqarishi mumkin, 
ammo bu iqtisodiy jihatdan qanchalik to`g`ri, degan savol tug`iladi. Unga 
javob berib, Rikardo aytadiki, har bir davlat ma'lum bir mahsulotlarni ish-
lab chiqarishda ixtisoslashadi va nisbiy afzallikka, ustunlikka ega bo`ladi. 
Masalan, Shotlandiyada suli, Portugaliyada faqat vino ishlab chiqarish 
samaraliroqdir, chunki sarf-xarajatlar miqdori eng kam bo`lgan sohani 
rivojlantirish afzaldir. Bunda albatta, tabiiy sharoit, an'analar, tarixiy ta-
jriba, yer, suv, inson resurslari, xalqning mentaliteti va boshqalar hisobga 
olinishi kerak. Masalan, musulmon davlatlarida cho`chqachilikni rivojlan-
tirish haqida so`z ham bo`lishi mumkin emas va boshqalar. 
Solishtirma xarajatlar prinsipi ham barcha mamlakatlar uchun te-
gishlidir va qaysi mahsulotni ishlab chiqarish va eksport qilish muammosi 
hal etilganda hisobga olinishi shart. Shu sababli ayrim davlatlarda u yoki 
bu soha "mustaqilligi" uchun kurash e'lon qilinganda bu omil albatta yax-
shi o`rganib chiqilishi maqsadga muvofiqdir.(D.Rikardo ta'limoti yuqori 
boblarda to`la berilgan). 
Neoklassik, ya'ni "sof" iqtisodiyotni targ`ib etuvchilar xalqaro 
mehnat taqsimotining rivoji va savdo sharoitlarining o`zgarishi sabablarini 
aniqlashni bosh vazifa qilib qo`yganlar, ammo ular savdo almashuvida pul 
mexanizmi yo`lini inkor etadilar. R.Xarrot, F.Maxlup, K.Kurixara kabi 
neokeynschilik tarafdorlari esa xalqaro savdoning pul mexanizmiga alo-
hida e'tibor beradilar, shu bilan bir vaqtda xalqaro mehnat taqsimoti, bay-
nalmilal qiymat, baholar nisbati deyarli e'tiborga olinmaydi. 
"Sof" ta'limot tarafdorlari fikricha, jahon bozorida "mukammal 
raqobat" mavjud; barcha kontragentlar xalqaro savdoda bir xil imkoniyat-
larga ega; taklif doimo talabni vujudga keltiradi; savdo balansi o`zini-o`zi 
tartibga solish prinsipi bor. Eksport va import baholari nisbatini tushunti-
rishda ular uzoq muddatli rejalarda "savdo sharoitlari" industrial davlatlar 
ziyoniga va agrar mamlakatlar foydasiga o`zgarmoqda, deb o`ylamoqdalar 
va buni yer unumdorligining pasayib borishi degan qonun bilan 
bog`lamoqdalar. Ular tovar eksporti va importining fizik hajmlari o`sishini 
hisobga olmagan holda xalqaro savdo rivoji tendensiyalari agrar xom 
ashyo yo`nalishidagi davlatlar iqtisodiyoti tashqi savdo pozitsiyalari yax-
shilashuviga olib kelmoqda, demoqdalar. Xalqaro savdoning neokeyn-
schilik ta'limoti vakillarining fikricha, har bir mamlakat ichki bozorda 
ko`proq tovar ishlab chiqarishga intilgani sababli mehnat va kapital bilan 
bandlikning to`la emasligi tufayli ko`proq eksport qilishga va kamroq im-
port qilishga intiladi. Shu sababli ham xalqaro savdo o`zini-o`zi tartibga 
soluvchi jarayon bo`la olmaydi, aksincha tovar eksporti kapital chiqarish 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


364 
bilan rag`batlantirilishi kerak, import esa proteksionistik choralar bilan 
cheklanishi zarur. Bu choralar umummilliy manfaatlarga mos kelar emish. 
Keyingi 
davrda 
vujudga 
kelgan 
iqtisodiy 
ta'limotlarda E.Xeksher, B.Olin (Shvetsiya), P.Samuelson 
tomonidan yaratilgan "ishlab chiqarish omillarining 
xalqaro taqsimoti" nazariyasi (modeli) tipik hisoblanadi. 
Ularning fikricha, har mamlakat iqtisodiyoti ishlab 
chiqarish omillari bilan bir xil ta'minlanmaganligi bilan, 
demak har bir omilning turlicha bahoga egaligi (ish haqi, 
foiz, renta) bilan xarakterlanadi. Ayrim mamlakatlarda 
mehnat asosiy omil (boshqasidan son jihatdan ko`p) bo`lsa, uning narxi 
kapital va yerga nisbatan past baholanadi; kapital mo`l bo`lgan mam-
lakatda u boshqa ikki ishlab chiqarish omiliga nisbatan arzon bo`ladi. Har 
bir mamlakat o`zining ustunligini realizatsiya qilishga intiladi, jahon bozo-
riga ishlab chiqarish omili nisbatan arzon bo`lgan yo`l bilan tayyorlangan 
tovarlar ko`proq chiqariladi. Bunday ishlab chiqarish ixtisoslashuvi shunga 
olib keladiki, barcha davlatlar o`ziga qulay va foydali bo`lgan xo`jalik tar-
moqlarini rivojlantirib, qulay sharoit bo`lmagan boshqalaridan voz ke-
chadi. Bu nazariya ishlab chiqarishning chiqimlarini mutlaqlashtiradi va 
xalqaro ixtisoslashuvning yagona mezoniga asoslanadi. Shu sababli jahon 
savdosi uyg`un (garmonik) jarayon deb qaraladi. Bunda jahondagi real 
shart-sharoitlar to`la hisobga olinmaydi, masalan o`z davrida mustamlaka 
egasi (metropoliya) bilan koloniyalar o`rtasidagi munosabatlarni hech ham 
uyg`un deb bo`lmaydi. Iqtisodi yuksak davlat bilan qoloq mamlakatlar 
o`rtasidagi aloqalarda ham garmoniya bo`lishi amri mahol. Lekin kela-
jakda ideal shakl sifatida bu xodisa ro`y berishi mumkin. 
60-yillarda texnologik xarakterdagi yangi xalqaro mehnat taqsimoti 
konsepsiyalari paydo bo`ldi. Bular orasida eng yaxshi ma'lum bo`lgani 
"tovar hayotining sikli" nazariyasidir, uning mualliflari amerikalik iqtiso-
diyotchilar G.Xofbauer, R.Vernon, M.Pozner va boshqalar hisoblanadi. 
Uning asosini qayta ishlash sanoatidagi xalqaro mehnat taqsimoti tashkil 
etadi. Sanoatda paydo bo`ladigan texnologik jihatdan har bir yangi mahsu-
lot kirish, eksponent o`sish, sekinlashuv va tugash siklini o`tadiki, bu tartib 
ishlab chiqarishga joriy etish, kengayish, kamolot va eskirish jarayoniga 
to`g`ri keladi (jami 5 stadiya). Ishlab chiqarishni joriy etish fazasida yangi 
mahsulotni tayyorlash asosan yuqori rivojlangan ilmiy-texnik bazaga va 
bozorda shu mahsulotning raqobatbardoshlig`ini sinovchi sharoitning 
mavjudligiga bog`liq. O`sish va kengayish fazasi uchun industrial bazaning 
quvvati bilan belgilanadigan mahsulotni ommaviy ravishda ishlab chiqar-

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin