8-BOB. A. SMITNING IQTISODIY TA'LIMOTI (2-bosqich)
8.1. Klassik maktab g`oyalari shakllanishining tarixiy
shart-sharoitlari. Klassik iqtisodiy maktabning to`la shakllanishi
XVIII asrning ikkinchi yarmida klassik iqtisodiy maktab britani-
yalik olimlar A.Smit va D.Rikardo asarlarida eng yuksak cho`qqiga
ko`tarildi. Bu hol tasodifiy emas edi, chunki bu olimlar yashab ijod etgan
davrda Angliyada chuqur iqtisodiy, sotsial va siyosiy o`zgarishlar ro`y
berayotgan edi.
Angliya jahonda eng rivojlangan va sanoatlashgan davlatga aylana
boshladi, iqtisodiyotda va ijtimoiy hayotda kapitalistik munosabatlar hal
qiluvchi o`rinlarni egalladi. Mamlakatda yuksak rivojlangan qishloq
xo`jaligi va tez o`sayotgan sanoat mavjud edi, faol tashqi savdo olib bori-
lardi. Yangi jamiyatga xos sinfiy ajralish yaqqol bo`lib, ishchilar, sohibkor-
lar, yer egalari - lendlordlar va fermerlar bor edi. XVIII asr o`rtalariga ke-
lib Angliyada amalda dehqonlar, ya'ni yomenlar sinfi chegaralash agrar is-
lohoti tufayli tarix sahnasidan tushdi.
Kapitalning dastlabki jamg`arilishi natijasida hosil bo`lgan pul
kapitali (manbalari: past ish haqi, mustamlaka siyosati, ayniqsa noekviva-
lent savdo, qul savdosi, yerlarning dehqonlardan tortib olinishi,
bosqinchilik urushlari va boshqalar) tobora ko`p miqdorda sanoat va qish-
loq xo`jaligiga qo`yila boshladi. Yirik markazlashgan manufakturalar va
kapitalistik fermalar tobora muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Agar XVIII
asr boshida mamlakat hali agrar holatda bo`lsa, sanoatning iqtisodiyotdagi
hissasi tobora tez o`sib bordi. Angliya industrial agrar davlatga aylandi.
Manufakturalar soni oshdi, ulardagi ishchilar soni ko`paydi, ishchilarning
ahvoli nihoyatda og`ir bo`lib, qattiq ekspluatatsiyaga duchor qilindi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
152
Manufakturalar soni tez oshib borgani bilan ichki va tashqi bozord-
agi o`sib borayotgan mahsulotlarga bo`lgan talab to`la qondirilmas edi,
taklif esa yetarli emas edi.
Asr o`rtasida Angliya boshqa mamlakatlarga nisbatan manufak-
turadan fabrikaga o`tishga yaqin turar edi. Angliya sanoat inqilobi
arafasida edi. Mamlakatning sanoat mahsulotlari jahon bozorida yuqori
baholangan va talab tobora ortgan, ammo davlat tomonidan kiritilgan
savdo-sotiqdagi proteksionizm siyosati, feodalizm davridagi bir qancha
tartib va cheklashlar, qonunlar davr talabiga javob bermay qo`ydi, ularning
borligi kapitalizm rivojiga to`sqinlik qilar edi. Hali kam sonli savdo va
sanoatdagi sohibkorlar sinfi bu davrda progressiv o`zgarishlar tarafdori edi,
ammo ekspluatatsiya usullari ishchilar sinfining qarshiligiga uchray bosh-
ladi. Undan tashqari, yangi o`zgarishlarga hali ancha kuchli va uyushgan
dvoryanlar sinfi ham to`siq edi. Angliya sanoati egalari erkin sohibkorlik
faoliyatini kuchaytirishni, feodalizm qoldiqlarini tugatishni talab qilardi.
Shu sababli sohibkorlar sinfi yangi kapitalistik ishlab chiqarish usulini
ilmiy jihatdan to`la tahlil qiladigan iqtisodiy ta'limotlarga muhtoj edi.
Shunday qilib XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning bir-
inchi choragida Buyuk Britaniyada boshqa davlatlarga nisbatan iqtisodiy
g`oyalarning rivojlanishi uchun nihoyatda qulay sharoitlar yuzaga keldi, bu
g`oyalar A.Smit va D.Rikardo ta'limotlarida o`z aksini topdi. Bu tadqiqot-
lar aslida sohibkorlar mafkurasini himoya qilgan bo`lsa ham, bu mafkuran-
ing apologetlari (ko`r-ko`rona ataylab yoqlovchilari) emasdilar, ular o`z
asarlari va yaratgan ta'limotlarida bu tuzumning barcha faoliyatini to`la-
to`kis ma'qullamadilar, uni bo`yab ko`rsatishga urinmadilar, bu jamiyat-
dagi ilg`or tomonlarni ko`rsatish bilan birga undagi ko`pgina qarama-
qarshilik va nuqsonlarni ochib tashladilar, ishchilar sinfiga, uning ahvoliga
achinish, rahm-shafqat va xayrihohlik munosabatida bo`lganlar. Ular to-
monidan yaratilgan ta'limot ingliz klassik iqtisodiyotining asosi bo`ldi va
jahon iqtisodiyot fikriga katta ta'sir ko`rsatdi.
Bu olimlar o`zlaridan avvalgi merkantilizm, ilk klassik maktab va
fiziokratizm g`oyalarini mukammal o`rganib, shular asosida yangi iqtiso-
diy maktabning shakllanishini nihoyasiga yetkazdilar. Aslini olganda ular
bozor iqtisodiyoti asosini yaratdilar. Klassik maktabning to`la shakllan-
ishida ayniqsa sanoat inqilobi katta rol o`ynadi (bu ibora muomalaga 75-
80 yil ilgari taniqli tarixchi A.Toynbi tomonidan kiritildi va Toynbining
o`zi buni 1760 yilda Shotlandiyadagi yirik Kerron metallurgiya zavodining
ishga tushishi bilan bog`laydi). R.Xeylbroner va L.Turoularning fikriga
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
153
ko`ra shu davrda bozor jamiyati ("
рыночное
общество
") vujudga keldi
(bozor iqtisodiyoti avvaldan mavjud).
Avvalgi barcha tizimlarda iqtisodiy hayotni tashkil etish usulida
an'analar hokimiyati va buyruqlar doim ustun bo`lgan.
Bozor tizimida esa barcha erkin bozor talablari doirasida sohibkor-
lik bilan ixtiyoriy shug`ullanadilar, an'analar yoki kimlarningdir buyrug`iga
bo`ysungan holda ish yuritmaydilar. Bu tizimda odamlar ish tanlashda to`la
erkinlikka ega bo`libgina qolmasdan, ishni ham o`zlari qidirishi kerak.
Bunga qarama-qarshi bo`lgan jamiyatda qullar yoki an'analar bilan chek-
langan hunarmandlar oldindan o`zlarining ma'lum vazifalarini bajarganlar
va uni o`zgartirish juda katta qiyinchiliklarni tug`dirgan. Bozor tizimida
har bir inson yerni erkin sotib olishi yoki sotishi, ferma esa o`z navbatida
osonlik bilan savdo markaziga aylanishi mumkin.
Bu tizimda kapital bozori paydo bo`ladi va ishlab chiqarishda do-
imo boylik oqimi, ya'ni banklar va boshqa moliya kompaniyalari to-
monidan tashkil etiladigan jamg`arma va investitsiyalar oqimi vujudga ke-
ladi, qarz oluvchilar bu boyliklardan foydalanganligi uchun foiz
to`laydilar.
Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan mehnat sar-
flari, yer va kapitallar ishlab chiqarish faktorlari (omillari) deb ataladi (bu
masalalar keyinroq qarab chiqiladi).
Kapitalizmgacha ishlab chiqarish faktorlari umuman bo`lmagan,
degan xulosa chiqariladi. Albatta inson mehnati, tabiiy resurslar, shuning-
dek yer va ishlovchilar san'ati doim bo`lgan, ammo mehnat, yer va kapital
tovar emas edi. Mehnat krepostnoy yoki qullarning ijtimoiy vazifasiga ay-
lanib, bu mehnatga haq to`lanmagan. Krepostnoy dehqon undan tashqari
o`z xo`jayiniga yerdan va qurol-yarog`dan foydalanganligi uchun obrok
to`lagan. Yer harbiy yoki fuqarolik hokimiyatining asosi hisoblangan.
Kapital xazina yoki hunarmandlarning asbob-uskunalari sifatida qaralgan
va u bozor bahosiga ega bo`lmagan.
Kanday qilib haq to`lanmaydigan mehnat, renta puli keltirmaydigan
yer va shaxsiy xazina ishlab chiqarish faktoriga aylanib qoldi? Bu kapital-
istik tuzumni keltirib chiqargan inqilob bilan bog`liq. Bu o`zgarishlar
tarixan uzoq davrni (XV-XVI asrlar) o`z ichiga olib, ba'zida asta-sekin,
ba'zan esa to`fon kabi o`rta asrlarning urf-odatlarini yemirib bordi va jami-
yatni hozir biz biladigan bozor jamiyatiga olib keldi. Ayniqsa Angliyada
bu jarayon ertaroq boshlandi va biz yuqorida eslatgan dehqonlarni shafqat-
sizlik bilan o`z yerlaridan siqib chiqarish yo`li bilan amalga oshirildi.
Asosiy maqsad bu yerlarni lendlordlarga berish va yaylovga aylantirib,
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
154
qo`y boqish, uning junidan manufakturalarda mato to`kish edi. O`z yerlari-
dan mahrum bo`lgan ijarachilar shaharlarga ketishga va u yerda o`z ishchi
kuchini ishlab chiqarish faktori sifatida sotishga majbur edilar.
Fransiyada ham shu kabi o`zgarishlar ro`y bera boshladi, demak,
bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, bozor jamiyati uchun hayotiy
zarur bo`lgan ishlab chiqarish omillari tarixiy o`zgarish-lar tufayli yuzaga
keldi. Oqibatda mehnat tovarga aylandi, avloddan avlodga meros bo`lib
o`tadigan yer ko`chmas mulk bo`lib qoldi va uni sotish, sotib olish mumkin
bo`lib qoldi, xazina esa kapitalga aylandi. Ammo kapitalizmning iqtisodiy
erkinligi ba'zilar uchun yutuq, ko`pchilik uchun esa qiyinchiliklarni yuzaga
keltirdi. Ko`tarilayotgan savdo sohibkorlar uchun yangi hayotga yo`llanma
va yangi ijtimoiy holat bo`lsa, kambag`allar sinfi uchun esa o`z holatidan
chiqib olish uchun imkoniyatdir, chunki avvalgi holatda bunday asos yo`q
edi. Lekin iqtisodiy erkinlikning muhim tomoni yana shuki, unda har kim
birovning hech qanday yordamisiz hayot girdobida yashash uchun ku-
rashishi kerak bo`ladi. Ko`pincha savdogarlar va boshqa xodimlar bu
to`fonda o`z-o`zidan yo`q bo`lib ketadi.
Shunday qilib, bozor tizimi bir tomondan turli qiyinchilik, ishonch-
sizlik, azob-uqubat sababi bo`lsa, shu vaqtning o`zida taraqqiyot, imkoni-
yat va yutuqlar manbayi hamdir.
XVIII asrning ikkinchi yarmida "Texnik yo`nalishda"gi ishbilar-
monlar guruhi iqtisodiyot tarixida butunlay yangi insonlarni vujudga
keltirdi.
Sanoat inqilobi dastlab yengil sanoatda, xususan, to`qimachilik so-
hasida boshlandi va mashinasozlik vujudga kelishi bilan nihoyalandi.
J.Key to`quv mokisini, 1733 yilda J.Xargrivs o`z qizining nomi bilan atal-
gan "Jenni" mexanik to`quv dastgohini kashf etdi. Mexanik K.Vud uni
1772 yilda takomillashtirdi, 1783 yilda esa S.Krompton "mul-mashina"ni
yaratdi, 1785 yilda E.Kartrayt mexanik to`quv stanogini ijod qildi, bu dast-
goh 40 odamning ishini bajarardi. R.Arkraydning to`quv mashinasi esa bu
sohaning unumdorligini keskin oshirdi.
Ishlab chiqarishning energetik bazasi qo`l va suv oqimidan 1782
yilda J.Uatt tomonidan ishlab chiqilgan bug` mashinasi ixtiyoriga o`tishi
muhim o`zgarish bo`ldi, bu mashina asosida 1805 yilda bug` kemasi-
paroxod yaratildi, 1811 yilda J.Stefenson parovoz yasadi, 1830 yilda esa
Manchester-Liverpul temir yo`li qurildi.
Metallurgiya sohasida 1735 yilda A.Derbi pistako`mir o`rniga to-
shko`mirdan foydalanib, domna pechidan nisbatan sifatli va ko`proq
miqdorda metall olish yo`lini topdi. J.Uilkinson hamma narsa, ko`prik, qu-
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
155
vur va hatto paroxod ham metalldan bo`lishi kerak, degan g`oyani ilgari
surdi. Temirdan paroxod yasalganida uning suvda suza olishiga hech kim
ishonmadi.
Sanoat
inqilobi
iqtisodiyot
va
ijtimoiy
hayotda
keskin
o`zgarishlarga olib keldi. 1701-1802 yillar oralig`ida to`qimachilik rivoji
tufayli Angliyada paxta tolasidan foydalanish 6000 foizga o`sdi. 1788-
1838 yillarda cho`yan eritish 68 ming tonnadan 1347 ming tonnagacha
oshdi.
Fransiyada 1815 yildan keyingi 30 yil ichida temir olish 5 marta,
toshko`mir qazish 7 marta, yuk tashish hajmi 10 marta ko`paydi. Va-
holanki, A.Smit davrida Shotlandiyaning ayrim joylarida mix pul o`rnida
ishlatilgan. Bu o`zgarishlar, ya'ni texnikaning kirib kelishi buyum - tovar-
lar turini keskin oshirdi, ilgari ayrim odamlargagina tegishli bo`lgan nar-
salar (poyafzal, qog`oz, stul, deraza oynalari) kundalik buyumlarga aylanib
qoldi. Asta-sekin kapitalizm hayot darajasining o`sishiga olib keldi, mod-
diy ne'matlar turi sistematik ravishda doimo ko`paydi, sifati yaxshilandi,
eng muhimi bu imkoniyatlardan jamiyatning aksariyat qismi foydalandi.
Bunday jarayon ilgari hech ham bo`lmagan edi.
Jamiyat ishlab chiqarish apparatining absolut ko`rsatkichlari tex-
nika ta'siri ostida keskin oshdi. Bu jarayon ishlab chiqarishda
qo`llaniladigan asbob-uskunaning ko`payishi, asosan temir, keyin pulatdan
yasalgan texnologiyalar ortishi bilan boshlandi. Temir oluvchi oddiygina
pechlar o`rniga gigant inshootlar paydo bo`ldi, oddiy to`quv dastgohlari
ham katta uylarga zo`rg`a joylanadigan mexanizmlar bilan almashtirildi.
Agar avvalgi korxonada bor-yo`g`i 10 kishi ishlagan bo`lsa, XIX
asrning birinchi choragida to`qimachilik fabrikalarida 700 dan ortiq ishchi
bo`lgan. Ayrim korxonalardagi ishchilar soni kichikroq shahar aholisiga
tenglashdi. Masalan, 1929 yil "Ford-Motor Kompani"da 174 ming odam
ishlar edi, hozir ularning soni 800 mingtaga yetgan. Mehnat taqsimoti ni-
hoyatda kuchaydi, bu esa mehnat unumdorligining asosiy sababidir.
Siyosiy sohada ham muhim o`zgarishlar ro`y berdi, demokratik,
parlamentar institutlar yuzaga kela boshladi. Lekin shuni ham aytib o`tish
kerakki, bu inqilobiy o`zgarishlarni hamma ham to`la tushunib yetmadi.
Masalan, A.Smit mashina va fabrikalarni ko`rgani holda manufakturani
qo`lladi, Angliya kelajagi qishloq xo`jaligi bilan bog`liq deb o`yladi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
|