Iqtisodiy talimot doc


 A.Turgo va uning iqtisodiy ta'limoti



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

7.3. A.Turgo va uning iqtisodiy ta'limoti 
 
F.Kenyening g`oyalari Ann Rober Jak Tyurgo (1727-1781 yy.) to-
monidan davom ettirildi va chuqurlashtirildi. Ammo u o`zini F.Kenye 
shogirdi yoki davomchisi deb hisoblamagan. U Parijda normand dvory-
anlar oilasida tug`ildi, Sarbonnaning Teologiya (diniy) fakultetini tugatdi, 
ammo bu sohada ishlamadi. 1751 yildan Parij parlamentining chinovnigi, 
1761-1774 yillarda Limojda intendant (harbiy qismda xo`jalik mudiri), 
1774-1776 yillarda moliya bosh nazoratchisi, qirol Ludovik XVI davrida 
moliya vaziri sifatida bir qancha antifeodal islohotlar o`tkazdi (don 
savdosidagi cheklashni yo`q qildi, savdo gildiyalarini tugatdi...), ammo bu 
o`zgarishlar Turgo iste'foga chiqqach, bekor qilindi. U ham F.Kenye sin-
gari Didro, D`Alamber va ularning yordamchilari tomonidan chiqarilayot-
gan "qomus"ga bir nechta falsafiy va iqtisodiy maqolalar yozdi. 
A.Turgo hayoti va ijodida progressiv chinovnik Vensan Gurne 
katta rol o`ynadi. U fiziokratlardan ancha farqli ravishda sanoat va savdon-
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


143 
ing mamlakat ravnaqidagi rolini to`g`ri tushundi. Sof bozor iqtisodiyoti-
dagi mashhur laissez faire, laissez passer (bu tamoyilga ko`ra, iqtisodiyot 
davlat aralashuvisiz rivojlanishi kerak) tamoyili birinchi bor shu 
tadqiqotchi tomonidan ilgari surilgan degan fikr bor. U boshqalar qatori 
hunarmandchilikdagi sex cheklashlariga qarshi chiqdi, erkin raqobatni 
qo`llab-quvvatladi. 
A.Turgo
V.Gurne (u 1759 yilda vafot etdi) bilan F.Kenye xuzurida 
ko`p bo`lgan, u ular bilan asosiy masalalarda maslakdosh bo`lsa ham, ko`p 
sohalarda boshqacha fikr yuritar edi. A.Turgo Parijda A.Smit bilan ham 
uchrashgan. 
A.Turgoning iqtisodiy qarashlari uning 
1766 yilda yozilgan (1769-1770 yillarda chop 
etilgan) 
"Boylikning 
paydo 
bo`lishi 
va 
taqsimlanishi to`g`risidagi mulohazalar" asarida 
nisbatan to`la yoritilgan. U Kenye fikrlarini faqat 
targ`ibot qilish bilan cheklanmadi, uni rivojlantirdi. 
U kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarini 
ancha chuqur tushundi, feodalizmni islohotlar 
o`tkazish yo`li bilan yaxshilash mumkin degan 
fikrga ishonmadi (Kenye ishongan), kapitalizm 
feodalizm kobig`ida vujudga keladi va g`alaba 
qiladi degan g`oyani ilgari surdi. 
Bu kitob aslida Parijga o`qishga kelgan ikki xitoylik uchun darslik 
sifatida yozilgan va 100 ta aniq tezisdan iborat (V.Petti uslubi), ammo ba'zi 
qoidalar aksioma (isbot talab etmaydigan qoida)dan iborat. Bu iqtisodiy 
teoremalar aniq uch qismga bo`linadi. 31 ta tezis (teorema) fiziokratik 
g`oyalar majmuidan iborat (ustoz F.Kenyening ta'siri). Ammo "sof mahsu-
lot" nazariyasi F.Kenyedan boshqacharoq talqin etiladi, aslini olganda bu 
yerda qo`shimcha qiymat haqida gap boradi va bu mahsulot tabiatning sof 
in'omidan dehqon mehnati bilan yuzaga keladigan ortiqcha mahsulot sifa-
tida qaraladi hamda asosiy ishlab chiqarish vositasi bo`lgan yer egasi to-
monidan o`zlashtiriladi. 
Keyingi 17 ta teorema qiymat, baho va pulga bag`ishlangan. 
A.Turgoning bu sohadagi fikrlari o`ziga xos xarakterga ega va qiymatning 
mehnat nazariyasidan ancha yiroq. Uningcha almashuv qiymati va tovarn-
ing bahosi tovarlar nisbati, almashuvda ishtirok etayotgan shaxslar, sotu-
vchi va oluvchi istagining intensivligi bilan aniqlanadi (marjinalistik 
talqin). Ammo, A.Turgoning bu g`oyasi uning ta'limotiga hech ham mos 
kelmas edi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin