142
"Iqtisodiy jadval"da takroriy ishlab chiqarishni tahlil qilish asosida
olingan muhim ilmiy xulosa shundaki, unda ayrim-ayrim oldi-sotdi aktlari
qarab chiqilmasdan, ko`plab individual aktlar sinflar o`rtasidagi
muomalaga birlashtirilgan. Ana shu sinflar o`rtasidagi muomala F.Kenye
tadqiqotining predmeti edi. Olim aylanish (muomala)ni takror ishlab
chiqarish jarayonining shakli sifatida, pul muomalasini esa kapitalning ay-
lanish momenti sifatidagina qarab chiqishga uringan.
F. Kenye iqtisodiyot tarixida birinchi bo`lib makroekonomik mod-
ellashtirishni amalga oshirgan edi.
F.Kenyening ijodi nihoyatda yuqori baholangan edi.
Fransuz iqtisodchisi Mirabo V.R. (1715-1789) fikricha, dunyo
paydo bo`lganidan buyon asosan uchta kashfiyot siyosiy jamiyatlar
mustahkamlanishiga ko`mak bergan: 1) yozuv; 2) tanga; 3) "Iqtisodiy jad-
val".
F.Kenye ta'limotida bir qancha kamchiliklar mavjud, sinflar
to`g`risidagi g`oyada izchillik va ilmiylik yo`q. Sanoatchilar ("unumsiz
sinf") ishlab chiqarish vositalaridan mahrum etilgan (chunki mahsulotning
hammasi sotib yuboriladi) va ularda ishlab chiqarishni qaytadan boshlash
imkoniyati yo`q (vaholanki, hunarmandlar asosiy kapitalga ega). Ammo
F.Kenyening jadvali iqtisodiyot tarixida birinchi marta natural, ya'ni tovar
va pul holidagi moddiy ne'matlarning makroekonomik zanjiridir. Undagi
g`oyalar bo`lajak iqtisodiy modellarning kurtagi bo`lib qoldi.
Dostları ilə paylaş: