1-jadval
Xarid
Ishlab chiqarish
I
II
III
Ishlab chiqarishning bir yil-
lik hajmi
Fermerlar
2
1
2
5
Yer egalari
2
0
0
2
Hunarmandlar
1
1
0
2
Yakuniy xarid
5
2
2
9
Bu jadvalda uch tarmoq (sektor)ning o`zaro bog`liqligi ko`rsatib
berilgan.
Shuni ta'kidlab o`tish kerakki, jadvalning boshqa variantida ham
oddiy takror ishlab chiqarish qarab chiqilgan (boshlang`ich va oxirgi holat
teng). Hayotda odatda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ro`y beradi.
F.Kenyening asosiy vazifasi qirol va yer egalarini jamiyat asosi sifatida
saqlab qolish edi. Ammo u mulkdorlar sinfini birinchi o`ringa qo`ya olmas
edi, chunki bu olimning dehqonchilikning ustunligi haqidagi fiziokratik
konsepsiyasiga qarshi chiqar edi. Bundan tashqari u asosiy tamoyilni sin-
flarning ishlab chiqarish vositalariga munosabatini inkor etadi.
Jadvalda F.Kenye iqtisodiy ta'limotining asosiy tomonlari: uning
"sof mahsulot" va "kapital", unumli va unumsiz sinflar to`g`risidagi ta'li-
moti aks etgan; unda muallifning kapitalistik ishlab chiqarish usulining
himoyachisi sifatidagi sinfiy pozitsiyasi ham ko`rinib turibdi. F.Kenye tak-
ror ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilishga kirishganda baholarning
o`zgarmasligini asos qilib oladi (bunda almashuv ekvivalentlik tamoyili
asosida ro`y beryapti deb faraz qilinadi). Bu jarayon tashqi bozordan ab-
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
140
straksiya qilinadi (ya'ni bu xodisa faqat ichki bozor sharoitida ro`y beryapti
deb qarash kerak).
Qishloq xo`jalik yilining oxiri hosil yig`ib olish tugallangan davr
muomala (aylanish) momentining boshlang`ich punkti qilib olingan.
Dehqonchilik yalpi mahsulotining qiymati 5 mlrd livr (1799 yilgacha amal
qilgan o`sha davrdagi Fransiya pul birligi) bo`lib (4 mlrd oziq-ovqat, 1
mlrd xomashyo), u unumli sinf vakillariga (fermerlarga) tegishli, shundan
1 mlrd sarflangan asosiy kapital qiymatini qoplaydi. Jami asosiy kapital
("boshlang`ich avans") 10 mlrd livrga teng deb qabul qilinsa, u ta'mir-
lashga (amortizatsiyaga) muhtoj, ya'ni har yili o`zining boshlang`ich qiy-
matiga nisbatan 10 foiz yeyiladi (eskiradi) deb hisoblanadi. Aylanma kapi-
tal ("yillik avans") 2 mlrd, "sof mahsulot" qiymati 2 mlrd, "unumsiz sinf"
o`tgan davr mobaynida ishlab chiqilgan 2 mlrd livrlik mahsulotga ega.
Shunday qilib, yalpi ijtimoiy mahsulot 7 mlrd livrga teng (5 mlrd
2 mlrd). Undan tashqari fermerlar qo`lida naqd 2 mlrd livr pul ham bor
(5 mlrd + 2 mlrd + 2 mlrd = 9 mlrd), ular bu summani muomala - aylanish
boshlanguncha yer egalariga ijara haqi, ya'ni renta to`lab qo`ygan edilar.
Xo`sh, bu variantda yaratilgan mahsulotning realizatsiya va aylan-
ish jarayoni qanday amalga oshadi? "Iqtisodiy jadval"ning shartlariga ko`ra
bu jarayon besh aktdan iborat bo`lib, har biri 1 mlrd livrga tengdir.
1. Mulkdorlar "unumli sinf"dan 1 mlrd livrlik oziq-ovqat mahsulot-
lari sotib oladilar. Natijada bu operatsiyada qishloq xo`jaligi mahsulotining
1/5 qismi realizatsiya qilinadi, yer egalarining mulki muomala sohasidan
iste'mol sohasiga o`tadi.
2. Mulkdorlar "unumsiz sinf"dan 1 mlrd livrlik sanoat mahsulotlari
sotib oladilar. "Unumsiz sinf" shu bilan o`z mahsulotning yarmini realizat-
siya qiladi.
3. "Unumsiz sinf" mulkdorlardan olgan puliga "unumli sinf"dan
iste'mol uchun kerakli mahsulotni oladi. Shu yo`l bilan qishloq xo`jaligi
mahsulotining yana 1/5 qismi realizatsiya qilinadi.
4. "Unumli sinf" "unumsiz sinf"dan olgan 1 mlrd livrga uning
o`zidan ("unumsiz sinf"dan) shuncha pulga ishlab chiqarish qurollarini
oladi. Ular asosiy kapitalning yeyilgan, ishdan chiqqan elementlarini qayta
tiklash uchun kerak. Bu operatsiya oqibatida ("unumsiz sinf"ning) sanoat
mahsulotining ikkinchi yarmi realizatsiya qilinadi.
5. Aylanish jarayonining beshinchi, yakunlovchi aktida "unumsiz
sinf" "unumli sinf"dan 1 mlrd livrlik qishloq xo`jalik xom ashyosi xarid
qiladi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
141
Fermerlar
(unumli sinf)
5 mlrd
Mulkdorlar
(yer egalari)
2 mlrd
Sanoatchilar
(unumsiz sinf)
2 mlrd
1 mlrd
Qishloq xo`jalik
mahsulotlari
Sanoat mollari
1 mlrd
Qishloq xo`jalik
mahsulotlari
Dostları ilə paylaş: |