185
sanoat
burjuaziyasi tarafdori, merkantilizm dushmani va iqtisodiy
liberalizmni qo`llab-quvvatlovchi olim sifatida ma'lumdir.
Sey Smit ta'limotini targ`ib etish va sistematik izohlash bahonasida
uning ilmiy jihatdan ancha bo`sh g`oyalarini rivojlantirdi va tartibga soldi.
D.Rikardo bu olimning ilmiy merosiga yuqori baho berdi va uning, ya'ni
"Sey qonuni" ni tan olgan.
Olimning tadiqot predmeti sifatida
avvalo jamiyatning moddiy
farovonlik problematikasi qaraladi, boylikning manbayi esa millatning
iqtisodiy potensialiga bog`liqdir.
Tadqiqot uslubida esa aniq fanlar (mas.,fizika)
tajribasidan
foydalanish kerak deydi. Metodologik jihatdan bu universal va hal qiluvchi
ahamiyatga ega bo`lgan qonun, kategoriya va nazariyalar tan olnishi zarur
- deganidir. Taniqli iqtisodchi J. K.Gelbreyt fikricha, "Sey qonuni"ni tan
olish yoki olmaslik XX asrning 30-yillarigacha iqtisodchilarni
ahmoqlardan ajratish belgisi sifatida qaralgan.
Bu qonunda bozor
iqtisodiyoti sharoitida jamiyat sinflari manfaatlarining uyg`unligi(
garmoniyasi) asosiydir. Lekin uning fikrlarida o`ta soddalik va yuzalik
alomatlari ko`pdir.
Sey siyosiy iqtisodni uch qismga bo`ladi: ishlab chiqarish, taqsimot
va iste'mol. Bu klassifikatsiya takror ishlab chiqarish jarayoni unsurlari
o`rtasidagi yuzaki bog`lanishni aks ettiradi. Taqsimot va iste'molning
iqtisodiyot fanining mustaqil bo`laklari sifatida
ajratilishi va ularning
mustaqil soha sifatida ishlab chiqarish bilan yenma-en qo`yilishi ijtimoiy
ishlab chiqarish jarayoni unsurlari o`rtasidagi haqiqiy aloqalar buzib
ko`rsatiladi, chunki ma'lum tipdagi ishlab chiqarish
munosabatlari doim
taqsimot va iste'molning ma'lum tarkibini vujudga keltiradi.
Sey Smitni qo`llaydi, ammo ko`p masalalarda u
bilan kelishmaydi. Masalan, uningcha qiymat bir
qancha omillarga bog`liq qilib qo`yiladi:
tovarning
subektiv foydaliligi, uning ishlab chiqarish chiqimlari,
talab va taklif. Seyda kapitalning ekspluatatsiya
mohiyati butunlay yo`q va bu jarayon ishlab chiqarish
omillari nazariyasi bilan almashtiriladi. Ammo, u
iqtisodiy liberalizm (laissez faire) pritsinsipi, "kichkina
va arzon davlat" va uning iqtisodiyotga aralashuvini
keskin qisqartirish tarafdori sifatida Smit bilan hamohang.
Sey bu sohada
fiziokratik an'analarga yaqin bo`lgan. Uning iqtisodiy liberalizm tamoyili
Napoleonning iqtisodiy siyosatiga to`g`ri kelmas edi (kontinental blokada
siyosati
Angliya
bilan
iqtisodiy
aloqalarni
keskin
cheklagan).
Dostları ilə paylaş: