Iqtisodiy talimot doc


 T.R.Maltus va uning "Nufuz nazariyasi"



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

9.3. T.R.Maltus va uning "Nufuz nazariyasi" 
 
Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus demografiya muam-molari 
to`g`risida birinchilardan bo`lib fikr yuritgan bo`lmasada, "Nufuz 
nazariyasi"ni ilk bor u yaratdi. Bu muammo bo`yicha barcha munozara-
larda uning nomi birinchilardan tilga olinadi. Masalan, Aristotel (m.a. 384-
322) "Siyosat" asarida aholisi kam sonli mamlakatni ideal davlat deb 
hisoblagan, chunki shunda sotsial garmoniya bo`ladiki, aholi me'yordan 
ko`p bo`lsa sotsial ziddiyat kelib chiqadi. U nikoh to`g`risida qonun taklif 
etgan, unda erkaklarga 37, ayollarga 18 yoshgacha farzand ko`rish 
taqiqlangan, uningcha aholi ko`pligi yer yetishmasligiga olib keladi va u 
qashshoqlikka mahkum etiladi. 
F.Kenye (1694-1774) "Aholi" (1756y.) maqolasida insonlar 
"boylik" manbayi ekanligiga ancha yaqin fikrlarni ilgari surdi. "Mamlakat-
ning buyukligi uning aholisi bilan", degan edi u. Aholi mahsulot ishlab 
chiqarishni ko`paytirib, odamlar mehnatidan foydalanish masalalari dav-
latning bosh iqtisodiy siyosati obyekti bo`lishi kerak. Bu fikr A.Smit to-
monidan rivojlantirildi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


190 
V.Petti ham aholini ayniqsa uning mehnat qiladigan qismini 
ulug`lagan, boylik yaratuvchi deb hisoblagan, birinchi bo`lib "insoniy kapi-
tal" tushunchasini kiritgan. 
T.R.Maltus (1766-1834) dvoryan oilasida tug`ildi, 1788 yil Kem-
bridj universitetini bitirgach, qishloq ruhoniysi sifatida ishlay boshladi, ilo-
hiyot fanidan ilmiy darajaga ega bo`ldi. 1807 yildan boshlab "Ost-Ind" 
kompaniyasi kollejida siyosiy iqtisod professori lavozimida leksiyalar 
o`qidi.
Diqqatga sazovor tomoni shundaki, Maltus ancha kech, 39 yoshida 
turmush qurdi, uch o`g`il va bir qiz otasi bo`lgan. Agar obrazli aytadigan 
bo`lsak, o`z ta'limoti va takliflariga amal qilgan. Taniqli iqtisodchi D.Yum 
va boshqalar bilan do`st bo`lgan. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin