9.4. Senior, Bastiya, Keri va boshqalarning iqtisodiy ta'limotlari
Klassik maktab g`oyalarini boyitishga Angliyada N.Senior,
Fransiyada F.Bastia, AQSHda G.Keri, Germaniyada tarixiy maktab
namoyandalari katta hissa qo`shdilar. Bular ichida N.Senior alohida o`rin
egallaydi.
Nassau Vilyam Senior (1790-1864) Londondagi mashhur Oksford
universitetining siyosiy iqtisod kafedrasi professori, "tiyilish" va "so`nggi
soat" nazariyalarining muallifi sifatida mashhur bo`ldi.
N.Senior g`oyalari "Siyosiy iqtisod fani ocherklari" (1836) va
"Fabrika qonunchiligi to`g`risidagi xatlar"da bayon etilgan.
U o`zining qiymat nazariyasida qiymatni baho bilan bir narsa deb
hisoblaydi va qiymat talab bilan taklifga bog`liq, deydi. U mehnat
(ishchilarning "qurboni") bilan bir qatorda kapitalistning "tiyilishi"ni ham
qiymatning manbayi deb e'lon qiladi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
197
"Tiyilish"
nazariyasi.
Bu
nazariyada
N.Senior
kapitalni
kapitalistning berayotgan "qurboni" deb hisobladi. Uning ta'kidlashicha
kapitalist o`z kapitalini ishlab chiqarish sohasiga qo`yganda (investitsiya)
o`zining shaxsiy iste'molidan go`yo ma'lum davr "tiyilib" turadi, mehnat
esa o`z navbatida ishchining dam olish va tinchlik evaziga qilgan
"qurboni" deb qabul qilinadi. Shuning uchun ish haqi va foyda kapitalist va
ishchi bergan tegishli "qurbonlar" uchun bab-baravar mukofot emish.
N.Senior Rikardoning qiymatni ish vaqti bilan belgilashiga qarshi chiqadi,
uningcha foyda kapitalistning "mehnati"dan, foiz esa uning sabr-
qanoatidan hosil bo`lishini kashf qildi.
N.Seniorning yana bir "kashfiyoti" uning "so`nggi soat"
nazariyasidir. Sanoat to`ntarilishi va mashinalarning kirib kelishiga
qaramasdan, ishchilarning ish soatlari nihoyatda yuqori bo`lib, shu sababli
XIX-asrning 30 yillarida Angliyada 10 soatlik ish kuni uchun kurash
kuchayib ketdi. N.Senior esa o`sha davrda mavjud bo`lgan 11.5 soatlik ish
kunini qisqartirishning "ilojsizligini" nazariy jihatdan asoslashga urinib,
shu ish kunining 10.5 soatida sarflangan kapitalning qiymati yangidan
vujudga keladi, faqat oxirgi bir soatidagina foyda yaratiladi, deb uqtirdi.
Shu sababli ish kunini 10 soatgacha qisqartirish foydaning yo`q bo`lib
ketishiga, bu bilan birga esa ishlab chiqarishni rivojlantirishga har qanday
qiziqishning yo`q bo`lib ketishiga olib borgan bo`lar edi, deb da'vo qildi.
Bu bilan u sohibkorlarni ochiqdan-ochiq himoya qiladi.
XIX asrning 40-50 yillarida fransuz va xalqaro ishbilarmonlar
orasida F.Bastianing (1801-1850) nomi va uning iqtisodiy qarashlari keng
ommalashdi. U boy fransuz ishbilarmoni oilasida tug`ildi. Bastiya 40-
yillari bir qancha pamfletlar chiqarib, ularda erkin savdo foydasiga
proteksionizmni inkor etuvchi, vino ishlab chiqaruvchilar manfaatini
himoya qiluvchi, sotsialistik g`oyalarga qarshi bo`lgan qarashlarni faol
targ`ib etdi. Bu pamfletlar g`oyasi mazmun jihatdan original bo`lmasada,
yorqin yozilish shakli bilan ajralib turadi.
F.Bastianing
eng
asosiy
g`oyasi
jamiyatdagi
ijtimoiy
antagonizmning mavjudligini inkor etishdir. Uningcha, o`sha davrdagi
jamiyat dunyodagi "eng go`zal, mukammal, mustahkam butunjahon
assotsia-siyalaridandir. Barcha qonuniy manfaatlar uyg`unlashgandir".
F.Bastia 1850 yilda "Iqtisodiy garmoniyalar" kitobini chop etdi. Unda u
garmoniya (uyg`unlik)ning asosini almashuv va sof, hech narsa bilan
cheklanmagan raqobatda ko`radi. F.Bastia o`z g`oyasini isbotlashda
Seyning fikridan foydalangan bo`lib, xizmatlar nazariyasi bunga mos
keladi, ya'ni almashuv, xarid - savdo o`zaro teng "xizmatlar"ni almashish
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
198
demakdir. Sey bo`yicha bu "xizmatlar" nafaqat odamlar, balki buyumlar va
tabiat kuchlari tomonidan ko`rsatilsa ham, Bastia jamiyat hayotining
qanday sohasida bo`lmasin, faqat shaxsiy xizmatlarni ustun qo`yadi.
"Xizmat" deganda ishlab chiqarish davomida real mehnat sarfinigina emas,
balki shu xizmatdan foyda keltiruvchi har qanday harakat, faoliyat va kuch
tushuniladi. Bundan shu narsa aniq bo`lib qoladiki, qimmat yaratishda
ishlab chiqarishga faqat ishchilar emas, balki kapitalist va yer egalari ham
katta "xizmat" ko`rsatadilar. Kapitalistning "xizmati" unga foiz olish
imkoniyatini berishini F.Bastia shunday ko`radiki, kapitalist kapitalni
avans yoki ssuda tarzida sarflab, iste'molni orqaga suradi va uni
kapitalistning "qurboni" deb hisoblaydi. Bu yuqorida biz keltirgan
Seniorning tiyilish nazariyasining o`zidir. "Tiyilish" so`zi o`rniga "orqaga
surish" so`zi qo`yilgan, xolos.
Mehnat va kapital o`rtasidagi uyg`unlik, ya'ni garmoniyani yanada
to`laroq isbotlash maqsadida Bastia o`zining kapital jamg`arilishi
"qonuni"ni yaratdi va unda Rikardoning foyda va ish haqining bir-biriga
qarama-qarshi ekanligi to`g`risidagi ta'limotini inkor etishga harakat qildi.
F.Bastianing bu "qonuni"ga ko`ra, mehnat va kapital manfaatlari oliy
darajada hamohangdir. Oqibatda kapitalistning foydasi va ishchining
maoshi bir vaqtda va bir miqdorda oshib boradi, hatto ishchilarning hissasi
kapitalistlarnikidan tezroq o`sar ekan, demak, oqibatda kapitalistning
foydasi nisbatan kamayadi. U bu fikrni isbotlashga urinib ham o`tirmaydi.
Uningcha foyda normasi va kapitalistlarning milliy daromaddagi hissasi
masalalarini qorishtirib yuborgan. Foyda normasining pasayib borish
tendensiyasi ishchilarni ekspluatatsiya qilishning kuchayishi bilan mos
kelishi mumkin, demak kapitalistlarning milliy daromaddagi hissasi ham
oshib borishini kutish mumkin.
F.Bastia o`zining bu nazariyasi yordamida kapitalistlar va yer
egalari o`rtasidagi qarama-qarshiliklarni hal etadi. U yer rentasini yer
egasining yoki uning ota-bobolarining shu yerni ishlash va yaxshilash
xizmati uchun berilgan mukofot deb hisoblaydi. Shunday qilib kapital va
yer egaligi o`rtasidagi uyg`unlik shu bilan hal etiladiki, yer rentasi yerga
qo`yilgan kapital foizining bir ko`rinishiga aylantiriladi. Bunday izohlash
yer rentasining iqtisodiy kategoriya sifatidagi xususiyatini inkor etadi,
uning foydadan hech qanday farqi qolmaydi. Ishlanmagan yerlardan
olinadigan renta umuman bu sxemaga mos kelmaydi.
Demak, Bastianing izohi bo`yicha o`sha davrdagi burjua jamiyati
turli sinflar o`rtasidagi o`z xizmatlari bilan almashib turuvchi
"uyg`unlashgan hamkorlik" jamiyati tarzida namoyon bo`ladi. Iqtisodiy
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
199
erkinlik bu xizmatlar almashuvining ekvivalentligining garovi hisoblanadi,
chunki
bu
erkinlik
nomutanosib
harakatlarning
oldini
oladi.
Proteksionizmni cheklanmagan erkin raqobat bilan almashtirish esa
sotsialistlarning jamiyatni mukammalroq iqtisodiy jamiyatga aylantirish
to`g`risidagi chaqiriqlariga qarama-qarshi qo`yiladi.
1775-85 yillardagi mustaqillik uchun Shimoliy Amerika va Angliya
o`rtasidagi kurashda qozonilgan g`alaba tufayli AQSH davlati vujudga
keldi. Hokimiyat tepasiga yangi sinf - burjuaziya o`tirdi. AQSH
burjuaziyasi ingliz burjuaziyasidan anchagina farq qilar edi. AQSHdagi
hukmron sinf 1865 yilgacha qullikni saqlab qoldi va ingliz siyosiy
iqtisodiga zid ravishda o`z siyosiy iqtisodini yaratishga tayyor edi. Biroq
AQSHda siyosiy iqtisod klassik asosda vujudga kelmadi. Buning sababi
shuki, XIX asrning 20-30 yillarida AQSHda kapitalizmning nisbatan tez
rivojlanishi ishchilar harakatining vujudga kelishiga va tez o`sishiga olib
keldi.
Ayni vaqtda ish tashlashlar bo`lib turdi. Siyosiy kurashning ke-
skinlashuvi vulgar siyosiy iqtisod uchun zamin yaratdi. Bundan tashqari
klassik siyosiy iqtisod AQSHda qulchilikning saqlanib qolishini tanqid
qilar edi. Shu sababli AQSHda yuzaga kela boshlagan iqtisodiy fikr klassik
maktabga qarshi chiqdi. Bu g`oyalar Genri Charl'z Keri (1793-1879)
tadqiqotlarida o`z aksini topdi.
Yirik noshirning o`g`li bo`lgan G.Keri kommersiya sohasida katta
yutuqlarga erishdi. Boyib olgach, yirik fabrikantga aylandi va iqtisodiy
tadqiqotlarga kirishdi. U bir qancha iqtisodiy asarlar muallifi edi.
1837-40 yillarda uning "Siyosiy iqtisod prinsiplari" va 1857-59 yil-
larda "Ijtimoiy fanlarning asoslari" nomli asarlari chop etildi. Bu asarning
qisqacha varianti 1865 yilda "Ijtimoiy fanlar uchun qo`llanma" nomi bilan
chop etildi. Yuqorida eslangan F.Bastia shu amerikalik olimdan ilhom-
landi.
G.Ch.Keri ingliz siyosiy iqtisodiga keskin qarshi chiqib, AQSH
kapitalizmini madh etdi. Uning asosiy asari "Manfaatlar uyg`unligi" (1872)
kitobidir. G.Kerining qarashlari Angliyaga qarshi ruhda edi. U Rikardon-
ing ta'limoti va Maltus aqidalarini rad qildi.
G.Kerining metodologiyasi subyektiv idealizm va mexanitsizm bi-
lan obyektiv iqtisodiy qonunlarni tabiat qonunlariga almashtirish bilan
xarakterlanadi.
G.Keri hamma iqtisodiy kategoriyalarni ta'riflab berishga intildi. U
qiymatni insonning tabiatga hukmronligi o`lchovi deb, predmetga ega
bo`lish uchun bartaraf qilish zarur bo`lgan qarshi harakat deb ta'rif berdi. U
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
200
narxni predmetning o`zini ayirboshlash evaziga pul olish qobiliyati deb
hisobladi. Kapital odamlarning tabiat kuchlarini boshqarish imkoniyatini
olishlarida yordam beradigan buyum yoki qurol deb tushundi. G.Keri
D.Rikardoning yer rentasi nazariyasini tanqid qilib, uni yalpi kurash
nazariyasi (ya'ni Rikardo shu nazariya yo`li bilan go`yo sinflar o`rtasida
urushni avj oldirdi), deb hisobladi va Rikardoni "kommunizm otasi" deb,
unga xuruj qildi.
G.Kerining o`zi esa rentani yer egalarining mehnati uchun mukofot
deb hisoblab, uni foiz bilan aynan bir narsa deb tushundi. Kerining iqtiso-
diy ta'limotida burjua jamiyatida "barcha chin va haqiqiy manfaatlarining
to`la-to`kis uyg`unligi" mavjudligini isbotlamoqchi bo`ldi. U taqsimot
qonunini o`z nazariyasiga asos qilib oldi. G.Keri proletariat bilan bur-
juaziya manfaatlarining bir xilligini go`yo kapitalistik jamiyatda mehnat
unumdorligi oshishi bilan ish haqi ham oshib boraveradi, shuning nati-
jasida ishchi bilan kapitalistning iqtisodiy ahvolidagi tafovut asta-sekin
kamayadi, degan qoida bilan asoslamoqchi bo`ldi.
G.Keri kapitalistik jamiyatda aholining nisbiy ko`payishi va ek-
spluatatsiya kuchayishi faktlarini mutlaqo inkor qilib, ishchilar sinfi faro-
vonligining oshib borishi texnika taraqqiyoti bilan bog`liq.
XIX asrda Kerining qarashlari, uning antagonistik jamiyatdagi
manfaatlar uyg`unligi nazariyasi ko`pchilikka ma'lum bo`lib, burjuaziya
siyosiy iqtisodini Gegellashtirishga katta ta'sir ko`rsatdi. "Manfaatlar
uyg`unligi" nazariyasining asosiy qoidalarini hozirgi zamon siyosiy iqti-
sodi qaytadan tiklamoqda.
G.Keri yuqorida biz bayon etgan kapitalistik munosabatlarning
bekamu ko`stligi, sinfiy manfaatlarning hamohangligi va boshqa
"uyg`unliklar" to`g`risida ko`p yozdi. Lekin uning g`oyalari Bastiadan bi-
roz farq qiladi. Keri qullikni qo`lladi (bu davrda AQSHning janubida hali
qul plantatsiyalari mavjud edi). Proteksionizm siyosati ham himoya qilindi,
chunki AQSH hali yosh davlat sifatida sanoati pastligi tufayli unga muhtoj
edi, chunki Angliya sanoati bilan ochiq raqobatda yengishi qiyin bo`lgan.
Shular tufayli Smit va Rikardolarning fritrederlik (erkin savdo) siyosati
to`g`ri kelmay qoldi. Ayniqsa, Rikardoning burjua jamiyatidagi sinflar
o`rtasidagi manfaatlarning qarama-qarshi ekanligi ko`pchilikka ma'qul
bo`lmay qoldi. Kerining fikricha Rikardoning tuzumida dushmanlik ruhi
bo`lib, millat, sinf, ijtimoiy guruhlar o`rtasida urush keltirib chiqaradi. Va-
holanki, bu guruhlar o`rtasida bekamu ko`st uyg`unlik mavjud emish.
Kerining "Manfaatlar uyg`unligi nazariyasi" asosida uning "taqsi-
mot qonuni" yotadi, unga ko`ra mehnat unumdorligining o`sishi bilan ish-
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
201
chilar hissasi absolut va nisbiy jihatdan ussa, kapitalistlarniki esa aksincha
pasayadi (tanish gaplar). Shunday yo`l bilan mehnat va kapital o`rtasidagi
antagonizm yo`q qilinadi. Bunda yaxshi ma'lum tezis - unumli kapital
g`oyasidan foydalaniladi (unga ko`ra tadbirkor qonuniy foyda olishi
kerak).
G.Kerining g`oyasi bo`yicha tovarning qiymati uni ishlab chiqar-
ishga ketgan amaliy mehnat miqdori bilan emas, balki ma'lum sharoitda
sarflangan ishlab chiqarish harajatlari bilan aniqlanadi (bu fikr ham ilgari
eslangan). Ammo, mehnat unumdorligining o`sishi bilan mahsulotlarni ish-
lab chiqarish uchun, shu jumladan ishlab chiqarish vositalariga sarf-
harajatlar kamayadi. Bu esa, G.Keri bo`yicha kapitalning qimmati pasayi-
shiga olib keladi. Ishlab chiqarish vositalari kapital bilan bir deb qaraladi.
Oqibatda foiz ham, kapital egasi oladigan mahsulot hissasi ham pasayadi,
shunga mos ravishda mehnat qimmati va uning mahsulotdagi hissasi oshib
boradi.
Bu g`oyalarning hammasini qo`llash qiyin (bu haqda yuqorida ham
aytilgan), chunki foiz qiymatning bir qismi bo`lib, avvalgi mehnatga hech
qanday aloqasi yo`q. Mehnat unumdorligining o`sishi ishchilarning tirik-
chilik vositalari qiymati pasayishi bilan bog`liq, bunda ishchi kuchi qiy-
mati ham pasayadi, kapitalistning milliy daromaddagi hissasi esa oshib bo-
radi.
Keri kapitalist va yer egasi "manfaatlari uyg`unligi"ni isbotlab ber-
ishga intiladi. Bunda ham u Rikardoga qarshi chiqadi, ayniqsa, unumdor-
ligi past yerlarni ishga tushirishga mone'lik bildiradi. Keri Bastia kabi ren-
tani aslida kapitalga foiz shakli sifatida qaraydi, dehqonchilik xususiyat-
larini inkor etadi.
Keri "millatlar uyg`unligi" haqida ham gapirib, jahon ishlab chiqar-
ishini mahalliy markazlarga taqsimlash zarurligini aytadi, chunki bu yer-
larda qishloq xo`jaligi va sanoat tabiiy holda uyg`unlashgan. Shularni hi-
sobga olib, Keri Buyuk Britaniyaning sanoat va mustamlakachilik mo-
nopoliyasiga qat'iy qarshi chiqadi, boshqa davlatlarni agrar xom ashyo
manbayiga aylantirish siyosatini inkor qiladi va shu maqsadda protek-
sionizmni keng qo`llash kerak, deydi. Shunisi qiziqqi, burjuaziya manfaat-
larini himoya qilib, gohida fritrederlik (F.Bastia), ba'zida proteksionizm
(Ch.Keri) "uyg`unlik"ning doimiy sharti deb e'lon qilinaveradi. Nasriddin
Afandi aytganidek: "Xohlang unisini, hohlang bunisini oling..."
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
202
XULOSA
Klassik maktab rivojining bu bosqichi D.Rikardo, J.B.Sey,
T.Maltus va boshqalarning g`oyalari muhimdir.
Rikardo Smitdan keyin yashaganligi sababli fabrika ahamiyatini
to`g`ri tushundi. Klassik g`oyalarni to`la qo`llagan holda, uning o`ziga xos
fikrlari mavjud. Masalan, renta nazariyasi hozirgacha ahamiyatini
yo`qotmagan. Uning mehnat taqsimoti va tashqi iqtisodiy aloqalar g`oyasi
nisbiy afzallik prinsipiga asoslanadi. Savdoda fritrederlik qo`llab-
quvvatlanadi, "Sey qonuni" ni ma'qullaydi.
Bu davrdagi iqtisodiy qarashlarda J.B.Sey alohida o`rin egallaydi,
uning "bozorlar qonuni" deyarli bir asr hukmronlik qildi, uning ishlab
chiqarish uch asosiy omillari hozirgacha ahamiyatini yo`qotmagan.
T.Maltusning "aholi nufuzi nazariyasi", arifmetik (tirikchilik
ne'matlari o`sishi) va geometrik (aholi soni) progressiyalari, "tuproq
unumdorligi pasayib borish qonuni" katta shov-shuvlarga sabab bo`ldi.
Maltusga xos xususiyat shuki, u inqirozlar bo`lishini tan oladi, ammo ular
vaqtincha bo`lishini ko`rsatadi.
Seniorning "tiyilish" va "so`nggi soat" nazariyalari sohibkorlar
(kapital egalari) va mehnatkashlar o`rtasida hech qanday ziddiyat yo`q de-
gan muammoni yechishga bag`ishlangan. Xuddi shunday fikrlar Fransuz
Bastiya va amerikalik , Keriga tegishli, ular iqtisodiyotda to`liq garmoniya,
uyg`unlik mavjud degan g`oyalarni ko`tarib chiqadilar.
Dostları ilə paylaş: |