203
4."Proteksionizm" va "Fritrederlik" o`zaro nima bilan farq qiladi?
5.J.B.Seyning asosiy qonuni nimani bildiradi? Izohlab bering.
6.Sey fikricha inqirozlar bo`lishi mumkinmi?
7.T.Maltus "aholi nufuzi nazariyasi"dagi asosiy g`oya nima?
8."Tuproq unumdorligi pasayib borish qonuni" oqibatlari
qanday
bo`lishi mumkin?
9.Nima uchun "Uchinchi shaxslar nazariyasi" vujudga keldi?
10. Seniorning "tiyilish" va "so`nggi soat" nazariyalari mohiyatini
ochib
bering?
11.Bastma va Kerining iqtisodiy uyg`unlik g`oyalarida qanday
umumiyliklar bor?
Ko`rpangga qarab oyoq uzat.
Maqol.
10-BOB. JEYMS MILL, J.MAK-KULLOX VA
BOSHQALARNING IqTISODIY FOYALARI (4-bosqich)
Angliyada klassik maktabni boshqa tarzda izohlovchilar orasida
Jeyms Mill (1773-1836) muhim o`rinni egallaydi. Bu olimni Jon Stuart
Mill o`g`li bilan adashtirib yubormaslik kerak, uning iqtisodiy g`oyalari
ham quyida ko`riladi.
"Rikardo maktabining tanazzuli, - deb yozgan edi K.Marks, - mana
shu kimsadan boshlanadi".
J.Mill qiymat, ish haqi va foydani o`ziga xos yo`l bilan talqin etdi.
U ishchilarning ish haqini oshirish yo`lidagi iqtisodiy kurashi o`rinsizligini
iqtisodiy jihatdan asoslamoqchi bo`ladi.
J.Mill
kapitalistning foydasi bilan yollanma
ishchining maoshi o`rtasidagi
qarama-qarshilikni rad
etib, yer rentasini tanqid qilgan edi. U Rikardoning
renta to`g`risidagi nazariyasini davom ettirib, yer
rentasining davlat tomonidan qo`shib olinishi, ya'ni
haqiqatda yerni milliylashtirish (natsionalizatsiya)
qilinishini talab qilib chiqdi (Sovet davrini eslang).
J.Mill o`zining "Siyosiy iqtisod elementlari" (1821)
asarida qiymatning mehnat nazariyasiga butunlay
qarshi chiqdi va
qiymatning manbayi sifatida
J.Mill
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
204
faqatgina jonli mehnatni emas, balki ishlab chiqarish vositalarida mavjud
bo`lgan mehnatni ham hisobga olishni talab qildi. Bu xulosaga asoslanib
kapitalistlar va yollanma ishchilar o`rtasidagi ekspluatatsiya inkor qilinib,
ularni "teng tovar egalari" sifatida
qabul qilishni taklif qildi, bu esa
ularning har biri ishlab chiqarilgan mahsulotning o`ziga tegishli foyda
ulushini olishining to`g`ri ekanligini isbotlashga asos bo`ldi. London
dorilfununining siyosiy iqtisod professori Jon Ramsey Mak-Kullox (1789-
1864) ham klassik maktabning so`nggi nomoyondalaridan hisoblanadi. U
"Siyosiy iqtisodning boshlanishi" (1825) kitobida qiymatning mehnat
nazariyasini
rasman tan olsa ham, ammo ishchigina emas, shamol ham,
bug` ham, koks ham, mashina ham mehnat qiladi, degan g`oyani
ilgari
surdi. Bunga aosolanib u foyda qiymatning jamg`arilgan mehnat yoki
kapital "ishi" tufayli yaratilgan qismidir, deb tushuntiradi. Merkantilistlar
kabi u ham foyda ayirboshlash jarayonida vujudga keladi, deb da'vo qiladi.
J.Mak-Kullox Maltusning "Aholi nufuzi" qonunini to`la quvvatladi.
Agar avvalgi iqtisodchilar klassik maktabni turlicha sharhlashga
intilgan bo`lsalar, XIX asrning 30-50 yillarida iqtisodchilar o`rtasida
klassik maktabdan ochiqdan-ochiq aloqani uzishga intilish paydo bo`ldi.
Bu davrda sanoat to`ntarilishi
nihoyasiga yetdi, sinfiy differensiatsiya
amalga oshdi.
Sinfiy kurash keskinlashayotgan sharoitda (Angliyada chartizm,
Fransiyada Lion to`quvchilarining qo`zg`oloni, 1848 yil inqilobi va
boshqalar) hukmron sinflar uchun sotsialistlar tomonidan kapitalizmni
tanqid qilish va ishchilarning ijtimoiy talablarini
asoslab berish uchun
ko`pincha foydalanadigan qiymatning mehnat nazariyasi, Rikardoning
foyda, kapitalist va ishchilar ish haqining qarama-qarshiligi ta'limoti va
boshqa g`oyalari katta xavf tug`dirar edi.
Dostları ilə paylaş: