Iqtisodiy talimot doc



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

 
XULOSA 
XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida klassik iqtisodiy maktab to`la 
shakllandi, bu britaniyalik olim A.Smit tomonidan amalga oshirildi. Bu 
tasodifiy voqea bo`lmay, shu davrda Angliyada obyektiv shart-sharoitlar 
mavjud edi: burjua inqilobi manufakturadan fabrikaga o`tilishi, agrar islo-
hot, kapitalning dastlabki jamg`arilishi, sinfiy va mulkiy differensiatsiya va 
boshqalar. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


173 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


174 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


175 
Mantiqiy abstraksiya uslubi asosida iqtisodiy voqea va jarayonlarn-
ing mohiyati asosan to`g`ri talqin etib berildi. Yangi burjua jamiyati har 
tomonlama obyektiv asosda tahlil qilinib, uning progressiv tomonlari 
ko`rsatib berildi. Xususiy mulkning abadiyligi va dahlsizligi qo`llab-
quvvatlandi. 
Klassik maktab vakillari inson xohishiga bog`liq bo`lmagan obyek-
tiv iqtisodiy qonunlarning mavjudligini tan oladilar. Bu qonunlar iqtisodiy 
tizimda tabiiy turg`unlikni ta'minlashga, o`z-o`zini boshqarishga qodir 
ekanligi tan olinadi, shu sababli davlatning iqtisodiyotga aralashuvi iloji 
boricha inkor etiladi va erkin savdo-sotiq qo`llanadi. "Ko`rinmas qo`l" 
yordamida avtomatik iqtisodiyot erkin bozor munosabatlari doimo rivo-
jlanish qobiliyatiga egadir. 
Birinchi bor erkin bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosiy tamoy-
illari aniqlab berildi. Mehnat taqsimoti iqtisodiy taraqqiyot asosi sifatida 
to`g`ri ko`rib chiqilgan. 
Mehnat taqsimoti faqat tarmoqlararo emas, balki mamlakatlar 
o`rtasida ham katta naf keltirishi isbotlab berildi (D.Rikardo), mutlaq va 
nisbiy ustunlik prinsiplari ishlab chiqildi. Ishlab chiqarish sohasidan qat'iy 
nazar (sanoat, qishloq xo`jaligi, savdo va xizmat...), mehnat jamiyat 
boyligining asosi ekanligi aniqlandi. Jamiyatning sinfiy tuzilishi asosan 
to`g`ri ko`rib chiqildi, ular o`rtasida keskin qarama-qarshilik yo`qligi 
ko`rsatilgan, bu jamiyatda iqtisodiyot avtomatik boshqarilgani tufayli iqti-
sodiy inqirozlar inkor etildi. 
Iqtisodiyotning muhim kategoriyalari bo`lgan qiymat, pul, baho, 
foyda, ish haqi, renta, kapital va boshqalarga asosan to`la va to`g`ri ta'rif 
berilgan. 
Yangi jamiyatning progressiv tomonlari bilan birga bozor iqtisodi-
yotining bekamu ko`st emasligi, uning bir qancha jiddiy kamchiliklari bor-
ligi ham qayd etilgan. 
Quyida A.Smitning mamlakat milliy boyligini ko`paytirish omillari 
chizmasi keltirilgan. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin