Iqtisodiy talimot doc


Sotsialist-rikardochilarning (T.Godskin



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

12.3. Sotsialist-rikardochilarning (T.Godskin, 
J.Grey, J.Brey) iqtisodiy qarashlari 
 
XIX asrning 20-30 yillarida Angliya hunarmandlari va ishchilari 
orasida sotsialistik g`oyalar shakllandi. Bu g`oyalarni o`rganish bilan 
yangicha yo`nalishni tashkil qilgan olimlar Jon Grey, Tomas Godskin va 
Jon Breylar edilar. Ular asosan ishchilar orasidan kelib chiqib
muammolarni hal etishda mustaqil ravishda o`z qarashlarini e'lon qildilar. 
Tomas Godskin. 
O`tgan asrlarda ilmiy axborot va publitsistika janr sifatida hali bir-
biridan ajralmagan edi. T.Godskin asarlari bilan yaqindan tanishar 
ekanmiz, bu yerda biz ilmiy izlanishlarning bizning tafakkurimizga ko`ra 
belgilarini topamiz. Avvalo bu qo`yilgan masalaga yaqindan taalluqlidir. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


243 
1827 yilda T.Godskin "Taniqli siyosiy iqtisod" nomli kitobini e'lon 
qildi, lekin uning asosiy g`oyalari avvalroq 1825 yilda "Kapitalning daf 
qilishiga qarshi mehnatni himoyalash" asarida bayon etilgan edi. 
Dastlabki nazariyalarida olim kapital ishlab chiqarishdan tashqarida 
degan fikrni bildirib, o`z zamondosh iqtisodchi olimlariga qarshi chiqdi. 
Uning fikricha, aylanma kapital umuman yig`ilgan zapaslar emas, masalan, 
ishchilar novvoyxonada non yopishadi, boshqa ishchilar esa uni sotib 
olishadi, demak, aylanma kapital - bu zapas "yig`ilma" emas, balki 
"mavjud" mehnatdir. 
T.Godskin asosiy kapitalni to`plangan mehnat deb biladi, lekin 
ishchilarsiz hech qanday mashina hech narsa ishlab chiqara olmaydi. 
Bundan shunday xulosa chiqadiki, foyda o`tgan mehnat hisobiga emas, 
balki kundalik mehnat tufayli yuzaga keladi. Lekin asosiy kapital o`z egasi 
uchun mehnatdan ustunlik qilish vositasi hisoblanadi. Yuqorida 
aytilganlarning barchasidan T.Godskinning ikkinchi tezisi kelib chiqadi: 
kapitalist tomonidan o`zlashtirib olingan foyda ishchilarning mehnatdan 
oladigan to`liq mahsulot huquqini buzish demakdir. Bu zo`ravonlik 
kapitalistlar tomonidan mehnatning bo`ysundirilishi bo`lsa, ularning 
hokimiyati ishchi mahsulotni o`zlashtiradi. T.Godskin "...kapitalistlar o`z 
hollaricha Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasini buzishadi, u holda 
bu qanday qonun bo`ldiki, u yoki bu kishilarning xohishiga qarasa!...",- 
deb yozadi. 
Kapitalistlar hech narsa ishlab chiqarmaydilar, lekin ular o`zlarini 
ish bilan ta'minlovchi va rahnamo deb ishchilarni ishontiradilar. Bu yerda 
Godskin siyosiy iqtisodni ayblaydi, chunki u bir vaqtning o`zida ham 
ularning da'vosini oqlaydi, ham ularni xayron qolarli darajada rivojlanish 
hamda tsivilizatsiyaning buyuk va munosib quroli deb ataydi. 
T.Godskinning aytishicha, jamiyatdagi barcha jamg`arma kapitalistlar 
tomonidan amalga oshiriladi. Lekin mahsulotni ishlab chiqarishga 
ketadigan harajatlarni va kapitalistga foyda ko`rinishida tegadigan 
mahsulotni ham faqat ishchi ishlab chiqaradi. Foyda ko`p bo`lgan sari ish 
haqi kam bo`lishini ko`rsatib o`tadi (Bu fikr Rikardoniki bo`lganligini 
eslab o`taylik). Godskin esa bu fikrdan uzoqlashganligini quyidagi 
misollarda ko`rishimiz mumkin. Ko`ylak va ikki juft etikning haqiqiy 
bahosi mehnatning ma'lum miqdori hisoblanadi. Lekin u yoki bu tovarni 
qo`lga kiritish uchun ishchi kapitalist foydasiga yana ko`proq mehnat 
miqdorini sarf etishi kerak. Godskin ishchi ishlab chiqargan hamma narsa 
uning o`ziga tegishli bo`lishi kerak deb yozadi. Lekin har bir ishchining 
tegishini qanday belgilash mumkin? Ishlab chiqarishda mato bo`lagi 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


244 
yigiruvchida, to`quvchida, oqartiruvchi va bo`yoqchida, ularning hammasi 
turli xil shaxslardir. Bu yerda mehnat taqsimlangan. Ularning har biri 
alohida bitta operatsiyani bajaradi va buning natijasida tayyor mahsulot 
yuzaga keladi. Buni qanday bo`lish mumkin? "Men bu masalani hal etishni 
ishchilarning o`zlariga erkin hal etish uchun berishdan boshqa yo`lni 
bilmayman". T.Godskin kapitalistlarda ikkita funksiyani ajratadi. Ishbilar-
monlar kabi, tashkilotchi va ixtirochilar kabi ular ham ishchilardir. Lekin 
kapitalistlar va kapitalning vakillari kabi ular faqat ishchilarga zulm 
qiluvchi vositadirlar. T.Godskin bunday xo`jayinlarni mamlakatdan 
chiqarib 
yuborishni 
maslaham 
bermas 
edi, 
begona 
o`lkalarga 
kashfiyotchilik va uddaburonlik bo`lib, mamlakatdagi qolgan aholiga ziyon 
yetkazish demakdir. Haqiqiy adolatni tiklashning birdan-bir vositasi yoki 
chorasi, ishchilarni kasaba uyushmalariga birlashtirishdir deb hisoblaydi 
olim. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin