12.2. A.Sen-Simon, Sh.Furye va R.Ouen iqtisodiy qarashlari Fransiyada burjua inqilobidan keyin kapitalizm yana tez rivojlandi.
Jamiyat oldida doimiy ravishda ko`ndalang bo`lib qolgan yangi savollarga
fransuz mutafakkiri Sen-Simon birinchi bo`lib javob berishga urindi.
Anri Klod de Rebrua Sen-Simon (1760-1825
yy.) Fransiya xayoliy sotsializmining namoyandasi
bo`lib, 1789-1794 yillardagi fransuz inqilobi bilan
zamondosh edi. U aristokratlar oilasidan kelib
chiqqan bo`lib, quyidagi mashhur asarlarning
muallifidir: "Sanoat sistemasi haqida", "Inson
haqidagi fan ocherklari", "Sanoat yoki siyosiy,
ma'naviy va falsafiy mulohazalar",
"Yangi
xristianlik" va boshqalar.
Sen-Simon maxsus iqtisodiy tadqiqotlarni
amalga oshirmadi, balki asosiy e'tiborni ijtimoiy
muammolarga qaratdi. U butun yaxshi jamiyat
to`g`risidagi umidini aql-idrokka, ma'rifatga bog`ladi; u insonning aql-
idrokini tarixiy jarayonning to`la hokimi va rahbari sifatida bildi, jamiyatni
yaxshi tarzda qayta qurish yo`llarini tashviqot qilishni esa o`z ta'limoti
amalga oshirilishining bosh vositasi deb hisobladi.
Fransuz ma'rifatparvarlaridan farq qilib, Sen-Simon ishlab chiqar-
ishdagi inson faoliyati, mulkchilik formalari kabi iqtisodiy faktorlarga
katta baho berdi. U "Ilk davr", "qulchilik", "O`rta asrlar", "Hozirgi davr" va
"Oltin asr"larni alohida ajratib, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarni ko`rsatib
o`tdi. "Hozirgi davr" (ya'ni XIX asrning ikkinchi yarmi) o`tish davri deb
belgilanib, "...bu davrda, deb yozadi Sen-Simon, olimlar, tadbirkorlar va
ishchilardan iborat sanoatchilar shakllanadi, ular qirol hukumati bilan bir-
galikda odil jamiyatni barpo etishlari kerak, bu esa o`z navbatida "Oltin
asr"ga kirib kelishni ta'minlaydi."
Sen-Simon o`zining tarixiy konsepsiyasidan kelib chiqib, hozirgi
davrni o`rganib borish uchun o`tgan davrga nazar tashlash kerakligini
aytib, "har bir alohida olingan davr mulohazasida juda yuzaki, hatto
noto`g`ri xulosalarni beradi, so`nib borayotgan o`tmish qoldiqlari tug`ilib
kelayotgan kelajak bilan qorishtirib yuboriladi", deb ko`rsatadi.
Tarixiyligiga qaramay Sen-Simonning jamiyatning rivojlanish kon-
sepsiyasi idelistik edi, chunki uning asosini fan taraqqiyoti, ong va g`oyalar
ravnaqi tashkil etardi.