12.2. Fond birjasi infratuzilmasi va birja savdolari qatnashchilari Fond birja savdolari birja tomonidan birja savdosi qoidalariga muvofiq
tashkil etiladigan fond birja tovari savdolari, ushbu savdolarda fond birja barcha
ishtirokchilari
bir
vaqtda
ishtirok
etish
imkoniyati
berilgan
holda,
markazlashtirilgan tarzda elektron shaklda oʻtkazililishi lozim.
Fond birja savdolarida qatnashuvchi ishtirokchilar mavjud. Ushbu
ishtirokchilar professional ishtirokchilar deyiladi va fond birja professional
ishtirokchilariga birja tomonidan belgilangan tartibda birja savdolarida ishtirok
etish huquqi berilganinvestitsiya vositachisi, investitsiya maslahatchisi, investitsiya
fondi, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi, tranfer-agent, qimmatli
qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi, dilerlar, market-meykerlar
va brokerlar hisoblanadi, odatda ular yuridik shaxs maqomiga ega boʻlishlari
darkor.Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat bilan shugʻullanuvchi
ushbu ishtirokchilarni kengroq koʻrib chiqamiz:
Investitsiya vositachisi – mijozning topshirigʻiga binoan, mijoz nomidan va
uning hisobidan qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar hamda operatsiyalarni amalga
oshiruvchi qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisidir.Investitsiya
vositachisi mijozlarining qimmatli qogʻozlari va pul mablagʻlari investitsiya
vositachisining oʻz hisobvaraqlaridan alohida hisobvaraqlarda turadi. Investitsiya
vositachisi har bir mijozning qimmatli qogʻozlari va pul mablagʻlari hisobini
yuritadi, qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar va operatsiyalarni mijoz bilan tuzilgan
shartnomaga muvofiq amalga oshiradi, tuzilgan bitimlar va amalga oshirilgan
operatsiyalar toʻgʻrisida unga hisobot beradi.
Investitsiya vositachisi mijozlarning qimmatli qogʻozlarni sotib olish va
sotishga buyurtma berish mumkin, oʻtkazish borasidagi topshiriqlarini vijdonan
hamda ularning kelib tushishi tartibida bajarishi lozim. Mijozlarning topshirigʻiga
binoan amalga oshiriladigan bitimlar investitsiya vositachisining oʻz dilerlik
operatsiyalariga nisbatan ustun ravishda bajariladi.Agar investitsiya vositachisi
tomonidan tegishli topshiriq olinguncha investitsiya vositachisi va uning mijozi
oʻrtasidagi mijoz xabardor qilinmagan manfaatlar toʻqnashuvi mijozga zarar
yetkazsa, investitsiya vositachisi zararning oʻrnini qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda qoplab beradi.Investitsiya vositachisi tomonidan investitsiya vositachisi
sifatidagi faoliyatni toʻxtatib turish, tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan yoki u
tugatilgan taqdirda, tegishli axborot qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran ikki ish
kuni ichida ommaviy axborot vositalarida va fond birjasining rasmiy veb-saytida
eʼlon qilinadi. Investitsiya vositachisi sifatida oʻz faoliyatini toʻxtatib turayotgan,
tugatayotgan yoki tugatilayotgan investitsiya vositachisida hisobi yuritilayotgan
qimmatli qogʻozlar mijozning qaroriga koʻra bir haftalik muddatda boshqa
investitsiya vositachisiga oʻtkazilishi lozim, bunday qaror mavjud boʻlmagan
taqdirda esa, qimmatli qogʻozlarning egasi tanlagan investitsiya vositachisiga
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi
154
tomonidan belgilangan muddatlarda keyinchalik oʻtkazish uchun Qimmatli
qogʻozlar markaziy depozitariysiga oʻtkaziladi.