Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 2,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/128
tarix30.07.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#138018
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   128
O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

Oʻzgaruvchan oʻsish modeli 
 
Yuqoridagi rasmda koʻrib turganimizdek, oʻzgaruvchan oʻsish modelini 
qoʻllash investorga korxona rivojlanishining mos davri uchun mumkin boʻlgan 
oʻsish surʻatlarini yoki uning qonuniy asoslangan oʻzgarishlarini aniqlash imkonini 
beradi. Korporativ moliyani boshqarish nazariyasi va amaliyotida oʻzgaruvchan 
oʻsish modelining xususiy holatlari sifatida ikki yoki uch davrli model keng 
qoʻllaniladi. 


46 
Ikki davrli oʻsish modelida qandaydir 
T
davrgacha dividendlarning 
oʻzgarishi aniq bir obʻektiv qonuniyatlar bilan bogʻlanmagan. Lekin 
T
davr 
boshlangandan soʻng ular 

doimiy koeffitsient bilan oʻsadi.
Shunda investor 
DIV
1
, DIV
2
, ..., DIV

dividendlar belgilanishi, shuningdek, 
T
davrning ham prognozini amalga oshirishi lozim. Bu holatda aksiyalar boʻyicha 
toʻlovlar oqimi ikki qismga: 
T
davrgacha va 
T
davrdan keyingi dividendlarga 
ajratiladi. Mos ravishda aksiya qiymati 
V
ikkala toʻlovlar oqimlari qiymati 
yigʻindisiga teng boʻladi: 
V=V
t
+V
t+1

Mazkur holatda 
V

miqdori 
T
davrdan oldin dividend toʻlovlarining berilgan 
r
stavkasi boʻyicha diskontlangan summasini oʻzida aks ettiradi. 
T
davrdan keyingi 
toʻlovlar oqimi doimiy koeffitsient bilan oʻzgartirilishi nazarda tutiladi. Uning 
qiymati 
V
t+1
doimiy oʻsish modeli boʻyicha aniqlanishi mumkin.
Shunda aksiya qiymati 

quyidagi formula yordamida aniqlanishi mumkin: 
𝑉 = 𝑉
𝑇
+ 𝑉
𝑇+1
= ∑
𝐷𝐼𝑉
𝑡
(1 + 𝑟)
𝑡
+
𝐷𝐼𝑉
𝑇+1
(𝑟 − 𝑔)(1 + 𝑟)
𝑇
𝑇
𝑡=1
Oʻzgaruvchan oʻsish modeli boʻyicha investitsiya ichki daromadliligini 
hisoblash maʻlum bir murakkablikni oʻzida aks ettiradi va quyidagi tenglik asosida 
aniqlanadi: 
𝑃 = ∑
𝐷𝐼𝑉
𝑡
(1 + 𝑌)
𝑡
+
𝐷𝐼𝑉
𝑇+1
(𝑌 − 𝑔)(1 + 𝑌)
𝑇
𝑇
𝑡=1
Zamonaviy kompyuterlar va tegishli amaliy dasturlar paketlari mazkur 
koʻrsatkichni tezda va samarali aniqlashga imkon beradi. 
Misol koʻrib chiqamiz. 
Faraz qilaylik, A kompaniya aksiyalari boʻyicha keyingi ikki davr 
mobaynida dividend toʻlovlarining 25 foizlik oʻsishi kutilmoqda. Undan soʻng 
dividend toʻlovlari yillik oʻsish 5 foiz darajasida barqarorlashadi. Talab qilinadigan 
daromadlilik stavkasi 12 foiz. A kompaniya aksiyasi qiymatini aniqlang. 
𝑉 = 𝑉
𝑇
+ 𝑉
𝑇+1
= (
2×(1+0,25)
(1+0,12)
+
2×(1+0,25)
2
(1+0,12)
2
) +
2×(1+0,25)
2
×(1+0,05)
(0,12−0,05)(1+0,12)
2
=42,08 birlik 
Gordon modeli kabi ikki bosqichli model ham qator kamchiliklarga ega. 
Ulardan eng asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish lozim: 
- alohida oʻsish davri davomiyligini aniqlashning zarurligi; 
- yuqori oʻsish bosqichida reinvestitsiya qilinadigan yoki jamgʻariladigan 
pul tushumlarini va toʻlanadigan past darajadagi dividendlarni korxonalarning 
etarlicha baholay olmasligi; 
- juda past va barqaror dividendlarga oʻtish jarayonining juda tez sodir 
boʻlishi. 
Umuman bunday modellar tez rivojlanuvchi korxonalar, yaʻni mazkur 
bosqichda bozorning boshqa ishtirokchilari bilan taqqoslaganda qandaydir raqobat 
ustunligiga (masalan, nou-xau, alohida huquq, lizensiyalar, patentlar) ega 
korxonalarni baholash uchun koʻproq mos keladi.


47 

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin