Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 2,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/128
tarix30.07.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#138018
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   128
O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

 
10.2. Fundamental tahlil 
Fundamental tahlilda qimmatli qogʻozlarni bozor narxlari bilan taqqoslash 
uchun qimmatli qogʻozlarning obyektiv ravishda asoslangan ichki qiymatini 
aniqlash asosiy muammo hisoblanadi. Aktivlar narx darajasining oʻsishi, pasayishi 
yoki ularning barqaror holatiga olib kelishi mumkin boʻlgan omillarni aniqlash 
fundamental tahlil tadqiqotlarining mavzusi hisoblanadi.
Fundamental yondashuvni amalga oshirish natijasi moliyaviy aktivlar 
narxiga va butun moliya bozoriga bevosita yoki bilvosita taʼsir etadigan omillarni 
aniqlash va monitoring qilish hisoblanadi. Bu aktivning ichki yoki haqiqiy 
qiymatini aniqlash maqsadida bajariladi. “Ichki qiymat” aksariyat holatlarda fond 
bozoridagi talab va taklif nisbati bilan belgilanadigan kompaniya aksiyalari narxi 
bilan mos kelmaydi.
Oʻz faoliyatida fundamental tahlildan foydalanadigan investorlarni birinchi 
navbatda kompaniya aksiyalarining “ichki qiymati” aksiyalarning birjadagi 
narxdan katta boʻladigan vaziyat qiziqtiradi. Bunday aksiyalar
yetarlicha 
(munosib) baho berilmagan
aksiyalar sanaladi va potensial investitsiya obyektlari 
hisoblanadi. Yetarlicha (munosib) baho berilmagan aksiyalar xarid qilishda 
investorlar bozor samaradorligi sharoitlarida aksiyalarning fond bozoridagi narxi 
“ichki qiymat”ga qarab intilishi, yaʼni aksiyalar yetarlicha (munosib) baho 
berilmagan hollarda – oʻsishidan umid qiladi. 
Fundamental tahlil 
– mamlakat va tarmoq iqtisodiyotining fundamental 
omillarini, kompaniya faoliyati koʻrsatkichlarini tahlil qilishga asoslangan, 
aktivning bozor qiymatini aniqlash va bashorat qilish usullari tizimi. 
Fundamental tahlil mazmunan har qanday moliyaviy aktivning “haqiqiy” 
(yoki ichki real) bahosi kelajakda aktiv egasi olishi mumkin boʻlgan barcha naqd 
pul oqimlarining keltirilgan bahosiga teng degan fikrdan kelib chiqadi. Shunga 
mos ravishda tahlilchi (analitik)-“fundamentalchi” naqd pul oqimlari miqdorini va 
uni tushum vaqtini aniqlashga intiladi, keyin esa unga mos diskontlash stavkasini 
qoʻllab ularning keltirilgan bahosini hisoblaydi.
Aniqroq aytilsa, analitik nafaqat diskontlash stavkasini baholaydi, balki 
kelajakda aksiya boʻyicha toʻlanadigan dividendlar miqdorini ham pronoz qilishi 
lozim. 
Dividendlar 
miqdorini 
prognoz 
qilish 
kompaniyaning 
foyda 
koʻrsatkichlarini bir aksiyaga va dividendlar toʻlash koeffitsiyentiga nisbatan 
hisoblashga ekvivalent boʻlib, bir vaqtning oʻzida diskontlash stavkasiga ham baho 
berishni taqazo etadi.
Kompaniya aksiyasining ichki bahosi aniqlanganidan soʻng bu baho 
aksiyalarning joriy bozor kursi bilan solishtiriladi. Bundan maqsad bozorda aksiya 
toʻgʻri baholanganligini aqiqlashdan iborat. Agar aksiyaning ichki bahosi joriy 
bozor kursidan past boʻlsa, unday aksiyani oshirilib baholangan deyiladi, aksincha 
boʻlsa – past baholangan aksiya deyiladi. 


118 
Bunda aksiyaning ichki va joriy bozor kursi orasidagi tafovut toʻgʻrisidagi 
informatsiya 
tahlilchi 
uchun 
muhim 
ahamiyatga 
ega. 
Analitik-
fundamentalchilarning fikricha: aksiyani notoʻgʻri baholanishining har qanday 
holati keyinchalik bozor tomonidan toʻgʻrilanadi: past baholangan aksiyalar kursi 
tezroq oshadi, oshirilib baholangan aksiyalarning kursi esa oʻrtacha bozor kursiga 
qaraganda sekinroq oʻsadi.
Fundamental tahlilga taʼsir eʼtuvchi 
omillar
ni keltirib oʻtamiz: 

iqtisodiy omillar; 

siyosiy omillar; 

turli mish-mishlar va kutilishlar 

fors-major holatlari. 
Fundamental tahlil quyidagi yoʻnalishlar doirasida amalga oshiriladi:
1. Makroiqtisodiy tahlil, bunda quyidagi omillarni hisobga olingan holda 
iqtisodiyot va moliya bozorining holati baholanadi:
- YAIM, bandlik, inflyatsiya, foiz stavkasi, valyuta kurslari va h.k.; 
- monetar va fiskal siyosat, ularning bozorga va investitsiya muhitiga taʼsiri 
koʻrib chiqiladi;
2. Industrial tahlil, bunda iqtisodiyotdagi faollik sikli (davri), uning 
indikatorlari hamda tarmoqlarni faollik darajasiga nisbatan va rivojlanish davrlari 
boʻyicha tasniflash amalga oshiriladi, umuman olganda tarmoqlarning 
parametrlarni bozor konʼyunkturasi trendidan ogʻishlari tahlil qilinadi va prognozi 
amalga oshiriladi, tarmoq rivojlanishining sifati tahlil qilinadi;
3. Aniq bir kompaniya tahlili, bunda kompaniyadagi korporativ boshqaruv 
holati va rivojlanishi istiqbollari, tashkiliy va biznes faoliyati sharoitlari, moliyaviy 
koʻrsatkichlari, biznesi bahosi, bozordagi nufuzi va boshqa koʻrsatkichlari tahliliy 
baholanadi;
4. Qimmatli qogʻozlar bahosini va ularning portfelini modellashtirish. 
Qimmatli qogʻozlar bahosini modellashtirishda fond bozorining tuzilmasi 
hisoblanadi. Qimmatli qogʻozlarning kichik miqdori bilan bogʻliq bitishuvlar har 
kuni amalga oshiriladigan tor bozor ularning sezilarsiz miqdoriga oʻta sezgir 
boʻlganligi uchun narxlar bunday bozorda boshqarilishi mumkin, yaʼni bir nechta 
bitishuvlarni amalga oshirish hisobiga kursning kutilgan darajadagi oshishi yoki 
pasayishiga erishish mumkin. Keng bozorda esa yirik bitishuvlar ham undagi 
narxlarga unchalik taʼsir koʻrsatmaydi, chunki bunday bitishuvlar har kuni amalga 
oshiriladi.
Taʼkidlash joizki, fundamental tahlil usulidan 1974 yilga kelib Benjamin 
Grexem va Djeyms Ri voz kechib, yangicha yondashuvni ishlab chiqqanlar
44

Ularning fikricha, fond bozori samarali boʻlganligi sababli, noeffektiv qismlari 
kamayib bormoqda, bu esa oʻz navbatida aniqlanishi mumkin boʻlgan baʼzi 
samarasiz kompaniyalar aksiyalari bilan bogʻliq. Shu maqsadda ular bunday 
kompaniyalarni aniqlash uchun maʼlum mezonlar toʻplamini taklif qildilar.
44
Paul Blustein, “Ben Graham’s Last Will and Testament”, Forbes (August 1, 1997), pp.43-45; and James B.Rea, 
“Remembering Benjamin Graham-Teacher and Friend”, Journal of Potfolio Menegement, 3, no.4 (Summer 1997), 
pp/62-72; Шарп У., АлександерГ., Бэйли Дж. Инвестиции: Пер. с англ.-М.: Инфра М, 1999.-сс.579-580.


119 
Grexem-Ri yondashuvini texnik tarzda qoʻllash mumkin, chunki 
kompaniyaning joriy moliyaviy holatini formal tekshirish va moliyaviy 
hisobotlaridan olingan baʼzi koʻrsatkichlarni kompaniyaning aksiyalarini joriy 
kursi va daromadliligini obligatsiyalarning AAA reytingi bilan solishtirishdan 
iborat. Bunda quyidagi 10-ta sodda savolga “ha yoki yoʻq” degan javob berish 
talab qilinadi 10.1-jadvalda keltirilgan.
10.1-jadval 

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin