120
taklif qilish uchun barcha savollarga ijobiy javob berishi shart emas. Masalan,
avval 6-chi savol boʻyicha salbiy javob olingan aksiyalarni hisobdan chiqariladi.
Keyin 1, 3 yoki 5-chi savolga “yoʻq” degan javob olingan aksiyalar inobatga
oligmaydi. Qolgan aksiyalar esa sotib olish uchun nomzod boʻladilar.
Qaysi aksiyalarni sotish kerak degan
qarorga investor Grexem-Ri
yondashuviga asosan kelmoqchi boʻlsa, ikki hol koʻrsatiladi: aksiyalar kursi 50
foizga koʻtarilganida yoki ularni sotib olinganidan ikki yil oʻtsa (bu holatlarning
qaysi biri oldinroq sodir boʻlsa) sotib yuborishi lozim boʻladi. Agarda bu ikki hol
ham sodir boʻlmasa, aksiyalar dividend bermasa yoki koʻrsatilgan
savollarga
“yoʻq” degan javob boʻlsa, unda aksiyalar tezdan sotilishi shart boʻladi.
Fundamental tahlilining
afzalligi
quyidagilardan iborat:
–
kompaniya-emitent aksiyasining bozordagi haqiqiy kursini belgilaydi;
–
portfel tarkibidagi “nedootsenennqy” va “pereotsenennqy” aksiyalar
aniqlanadi, portfel riski kamaytiriladi va daromadlik oiriladi;
–
yuqori daromad keltiruvchi va mablagʻlar xavfsizligini taʼminlovchi
optimal portfel shakllantiriladi.
Dostları ilə paylaş: