Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 2,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/128
tarix30.07.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#138018
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   128
O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

10.4. Trend turlari va shakllari 
Qimmatli qogʻozlar bozorida turli xildagi qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi 
operatsiyalari amalga oshiriladi. Operatsiyalar chogʻida qimmatli qogʻozlarning 
narxlari doimo oʻzgaruvchan tendensiyaga ega boʻladi. Narxlarning oʻzgarishi 
natijasida trendlar hosil boʻladi. 
Trend
– bu baholarning, yaʼni fond bozoridagi qimmatli qogʻozlarning oldi-
sotdisida 
belgilanadigan 
baholarning 
muayyan 
yoʻnalaishlar 
boʻyicha 
oʻzgarishidir.
Trendlar davom etish muddatiga koʻra: 
1. Uzoq muddatli (birlamchi) trend, yaʼni bunda qimmatli qogʻozlar narxi 
uzoq muddat (1 yil xatto undan ortiq) oʻzgarishi kuzatiladi. 


125 
2. Yonlanma (ikkilamchi) trend – bozorining asosiy tendensiyasi harakatini 
toʻgʻirlovchi (korrektiruyuщiy) trend hisoblanadi. 
3. Kichik trendlar – narxlarning kunlik oʻzgarishi, tebranishdir. 
Trendlar narxlarning harakati yoʻnalishiga koʻra: 
1)
Oʻsuvchi yoki “buqa” lar trendi. 
2)
Pasayuvchi yoki “ayiqlar” trendi. 
3)
Gorizontal trend yoki flet. 
1. Oʻsuvchi yoki “buqalar” trendi (uptrend, upward, bullish trend) shunisi 
bilan xarakterlanadiki, bozordagi tebranishlarning past narxlari koʻtarila boshlaydi. 
Koʻtariluvchi (oʻsuvchi) trendda bizga pastdan chegara belgilashimiz juda 
muhimdir, chunki bunday holatda stavkalar narxlarning koʻtarilishiga qoʻyiladi.
Narxni pastda chegaralovchi chiziqni kesishuvi, narxlar koʻtarilgandagi 
trend soʻnayapti yoki umuman yoʻnalishini oʻzgartirmoqda deb signal beradi. 
Narxlarni pastdan chegaralab turuvchi toʻgʻri chiziq qoʻllab-quvvatlovchi 
chiziq deb ataladi. 
2. Pasayuvchi yoki “ayiqlar” trendi (downtrend, downward, bearish trend) 
bozorda maksimal tebranuvchi narxlar pasaya boshlashidan vujudga keladi. 
McDonalds kompaniyasi aksiyalarining bozordagi kursi 6 oy davomida 
oʻsuvchi trendga ega boʻlgan, lekin avgust oyida narxlardagi burilish pasayuvchi 
tendensiyaga oʻzgargan va bozorda “ayiqlar” trendi xukmron. Investor esa, 
McDonalds kompaniyasi aksiyalarini avgust oyida sotishi kerak, aks holda katta 
zarar koʻrishi mumkin. 
Pasayuvchi trendda narxlarni yuqoridan chegaralab turuvchi toʻgʻri chiziq 
qarshilik chizigʻi deb ataladi. 
“Ayiqlar” bozorida biz narxlarning pasayishiga qoʻyamiz, chunki biz uchun 
narxlarni yuqoridan chegaralab turuvchi toʻgʻri chiziq muhimdir. Qarshilik toʻgʻri 
chizigʻining pasayishi, kesishuvi trend bilan oʻzgarayotganidan dalolat beradi. 
Bir vaqtning oʻzida aniq qoʻllab-quvvatlash toʻgʻri chizigʻiga hamda 
qarshilik toʻgʻri chizigʻiga ega boʻlgan trend koʻplab qiziqishlar uygʻotadi (3-
rasmga qarang). Bu trendda narxlarning ham yuqori ham past darajalarini 
prognozlashtirishga imkon boʻladi. 
3. Uchinchi trend turi – gorizontal trend (trendning mavjud emasligi). Bu 
trendda narxlar gorizontal diapazonda tebranadi. (sideways, Flat market, trendless). 
Bu trendning qoʻllab-quvvatlash yoki qarshilik chiziqlari boʻladi, lekin narxlarning 
yuqoriga yoki pastga harakatining aniq tasviri boʻlmaydi.
Bundan tashqari, trendlarni shakli boʻyicha tasniflashimiz mumkin. Fond 
bozori savdolarida eng koʻp uchraydigan trend shakllaridan biri, bu “bosh” va 
“yelka” trendidir.
Bu chizmada narxlarni oʻzgarishi natijasida “bosh” va “yelka” trend turlari 
oʻz aksini topgan. Bunda savdo boshlangandagi ochilish bahosidan boshlab narxlar 
koʻtarilib boradi va eng yuqori nuqtaga yetib, pastga oʻz yoʻnalishini oʻzgartiradi. 
Agar biz bu nuqtalarni tutashtirib chiqsak, bosh va yelka tasvirlarni hosil boʻladi.


126 
“Ikki qoya” trendida narxlar faqat 2 marta maksimal nuqtaga erishadi. Bu 
holda A nuqtada qimmatli qogʻozlarni albatta sotib yuborish kerak. “Ikki jarlikda” 
esa buning aksi. 
Bu rasmda koʻrishimiz mumkinki, RTS indeksining fond bozoridagi 
dinamikasi orqali 10 oy ichida “ikki qoya” trend shakli hosil boʻlgan. Trendning 
ikkinchi maksimum nuqtasi narxlarning qayrilishini, burilishini ifodalab, bozorda 
RTS indeksi trendi tendensiyasining oʻzgarishini anglatadi, yaʼni “buqalar” 
trndidan “ayiqlar” trendiga. Investor uchun bu trend shaklining ahamiyati 
shundaki, ikkichi maksimum nuqta RTS indeksining keyingi savdolarda 
pasayishini ogoh qiladi.

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin