133
XI Bob. MOLIYA BOZORI RISKLARI VA PORTFЕLNI BOSHQARISH
12.1. Moliya bozori risklari:mohiyati, asosiy turlari va baholash usullari
Investor tomonidan qabul qilinayotgan har qanday moliyaviy qaror risk bilan
bevosita yoki bilvosita bogʻliq boʻladi. Bu moliya bozorida yaqqol oʻz aksini
topadi. Bunga 2008 yildagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroz, uning sabablari va
oqibatlari misol boʻlishi mumkin. Bozor nuqtai nazaridan risk – bu aktiv narxini
koʻzda tutilmagan va kutilmagan tarzda oʻzgarishidan kelib chiqadigan
yoʻqotishlar riski hisoblanadi.
Moliyaviy instrumentlarni sotib olish bilan bogʻliqrisklarmoliya bozorida
salbiy iqtisodiy hodisalar vujudga kelishi bilan bogʻliq boʻladi va quyidagi
oqibatlarga olib kelishi mumkin: (1) foyda darajasi kutilayotgan darajadan past
boʻlishi yoki umuman kuzatilmasligi; (2) qimmatli qogʻozning qiymati tushganda
investor kiritgan kapitalining maʼlum qismini yoʻqotilishi; (3) qimmatli
qogʻozning qadrsizlanishi.
Bunday oqibatlar shubhasiz potensial investor qaroriga taʼsir oʻtkazadi.
Investorlar moliya bozoridagi risklar mohiyatini bilish, toʻgʻri baholash va ularni
samarali boshqarish uchun moliya bozoridagi risklarlarni ikkiga boʻlishida, yaʼni:
bozor (yoki tizimli, diversifikatsiya qilinmaydigan) risklari va bozordan tashqari
(yoki oʻziga xos, tizimsiz, diversifikatsiyalanadigan) risklar.
Bozor risklari
Bozor risklari – bu bozor omillari oʻzgarishi oqibatida aktiv qiymatini
pasayishi riski hisoblanadi. Shuningdek narxlarni noaniqlik bilan oʻzgarishiga ham
bogʻliq hisoblanadi. Bozor riski makroiqtisodiy tabiatga ega boʻladi, yaʼni riskni
vujudga kelish manbasi moliya tizimidagi makroiqtisodiy koʻrsatkichlar bilan
bevosita bogʻliq hisoblanadi. Ushbu risk butun tizimga bogʻliq boʻlgani sababli
butunlay bartaraf qilib boʻlmaydi. Bozor riskini quyidagi uchta standart shakli
mavjud:
1. Fond (yoki narx) riski – bu aksiyalar narxining tushishi riski.
2. Foiz riski – bu foiz stavkasi oʻzgarishi riski.
3. Valyuta riski – bu valyuta kurslari oʻzgarishi riski.
Bozor risklarini baholash uchun amaliyotda VaR usulidan keng foydalaniladi.
2008 yildagi inqirozdan keyin bozor risklarini aniqlash va baholash
muammosi dolzarb boʻlib qoldi. Ushbu davr talabiga munosib iqtisodchi olimlar
tomonidan qator statistik usullar va yangi miqdoriy baholash usullari tadqiq
qilindi. Iqtisodchi olimlar Dimitrios Bisias, Mark Flood, Andrew W. Lo,Stavros
Valavanis tomonidan tadqiq qilingan “ASurvey of Systemic Risk Analytics” nomli
asarda tizimli riskni turli tomondan miqdoriy baholashning 31ta uslubiyotining
sharhi berilgan.
45
Ulurdan amaliyotga joriy qilish imkoniyati nuqtai nazaridan eng
samarador va eng keng tarqalgan toʻrtta usulni quyida koʻrib chiqamiz.
45
Nicolas Blancher, Srobona Mitra, Hanan Morsy, Akira Otani, Tiago Severo, and Laura Valderrama. Systemic
Risk Monitoring (SysMo) Toolkit – A User Guide. IMF Working paper, July 2013.
|