Test sinovlarida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risida oferta
shartnomasi
Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan
va innovatsiyalar vazirligi
huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining (keyingi o‘rinlarda
Ijrochi deb
yuritiladi) rasmiy taklifi (oferta) bo‘lib, test sinovlarida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish
bo‘yicha barcha zarur shartlarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 370-moddasi 4-bandiga muvofiq,
Ofertada keltirilgan shartlarni qabul qilish va zarur hollarda haq to‘lash
orqali jismoniy
shaxs ushbu taklifni qabul qiladi va abituriyent dab hisoblanadi (keyingi o‘rinlarda
Abituriyent deb yuritiladi). Ijrochi va Abituriyent shartnomaning
taraflari hisoblanadi
(keyingi o‘rinlarda Taraflar deb yuritiladi).
1. Shartnomada qo‘llanilgan atamalar
Oferta
— bir yoki bir necha
muayyan shaxsga yuborilgan,
yetarli darajada aniq
bo‘lgan va taklifni kiritgan shaxsning o‘zini taklif yo‘llangan va uni qabul qiladigan shaxs
bilan shartnoma tuzgan deb hisoblash niyatini ifoda etadigan taklif.
Aksept
— Abituriyentning ofertani to‘liq va pisandasiz
qabul qilganligi haqidagi
javobi bo‘lib, taraflar tomonidan shartnomaning yozma
nusxasini imzolamasdan
shartnoma tuziladi. Shartnomani ofertada ko‘rsatilgan shartlardan
boshqacha shartlar
asosida tuzish to‘g‘risidagi javob aksept hisoblanmaydi.
Test sinovlari
— ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun tashkil etiladigan
kirish imtihonlari.
Avtorizatsiya ma’lumotlari
— Abituriyent(buyurtmachi)ni
aniqlash va uning
hisobiga uchinchi shaxslar tomonidan ruxsatsiz kirishdan himoya qiluvchi login (noyob
identifikator) va parol (belgilar to‘plami) dan iborat saytga kirish va xizmatdan foydalanish
uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar.