Bozor iqtisodiyoti,uning shakllanishi va rivojlanish shart-sharoitlari.Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari uchun xos bo‘lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o‘ziga xos
xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko'plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib,
hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko‘pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning
barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Xususiy mulkchilikning paydo bolishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo‘lishing
umumiy sharti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo‘jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning
mavjud bo‘lishi o‘z-o‘zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko‘zda tutadi.
6
Bozor iqtisodiyoti - bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va
boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul
munosabatlariga asoslanib,
uning negizida tovar va pulning turli
shakllardagi harakati yotadi, u iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Ayrim adabiyotlarda bozor iqtisodiyoti - bozor xo‘jaligi subyektlari
iqtisodiy xatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga boglanib
muvofiqlashuvi deb baho beriladi. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning barcha bosqichlari - ishlab chiqarish,
ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha subyektlarini qamrab oladi. Bozor
iqtisodiyoti subyektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o‘z mehnatini sotuvchi ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari
va qimmatli qog'ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo'jaliginmg barcha asosiy subyektlari uchta guruhga bolinadi: uy xo'jaliklari,
korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat sektori. Uy xo'jaliklari iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy tarkibiy
birlik. Uy xo‘jalik!ari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida Yaratilgan tovar xizmatlar iste’mol qilinadi.
Bozor iqtisodiyotida uy xo‘ja1iklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslami
sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarfianadi. Tadbirkorlik sektori - bu iqtisodiyotning daromad
(foyda) olish maqsadida amal qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni
taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarfianadi. Tadbirkorlar tovar xojjaligida
tovar va xizmatlami yetkazib beradi. Uy xo'jaliklari iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy
xo‘jalik!ari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida Yaratilgan tovar xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor
iqtisodiyotida uy xo‘ja1iklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi.
7
Bozor iqtisodiyoti yer yuzidagi ko’pgina mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan rivojlanib bormoqda. Bozor
iqtisodiyoti asosida tovar - pul munosabatlari yotadi. Tovar-pul munosabatlari-tovar ishlab chiqarish, tovarlarni ayriboshlash va pul
muomlasiga xos munosabatlarning yaxlitligidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o’zining “O’zbekiston-bozor
munosabstlariga o’tishning o’ziga xos yo’li” nomli kitobida: “Bozor iqtisodiyoti-umumbashariy hodisa bo’lib, jahon sivilizasiyasi rivojlanishi
yo’lidagi muqarrar bosqichdir. Tartibli asosga qurilgan bozorgina hozir xalqning ijodiy va mehnat imkoniyatini ro’yobga chiqarishga,
tekinxo’rlikni tugatishga, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni
rivojlantirishga,
manfaatdorlik va unutib yuborilgan xo’jayinlik tuyg’usini qayta
tiklashga qodirdir”, deb ta’kidlab o’tgan. Hozirgi zamon nazariyalarida bozor iqtisodiyoti, deganda iqtisodiy xatti-harakatlarning erkin,
mustaqil ravishda yuz berishi va ularning bozor mexanizmi orqali bir-biriga bog’lanib muvofiqlashuvi tushunilidi. Bozor iqtisodiyoti g’oyat
ko’p qirrali va murakkab iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o’z mehnatini sotuvchilar ham, pirovard
iste’molchilar ham, ssuda kapitali egalari ham kiradi. Bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizm asosan to’rtta tarkibiy qismdan iborat
bo’ladi: narx, raqobat, talab va taklif. Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari:
1. Turli shakllardagi mulkchilikning mavjudligi;
2. Tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
3. Raqobat kurashuvining mavjudligi;
4. Davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;
5. Bozorning xaridor izmiga bo’ysunishi.
|