Guruh: m-108 Bajardi: Axmadxonov A. Tekshirdi: taqdimot angren universiteti fan: Iqtisod nazariyasi


Bozor, uning tuzilishi va turlari. Bozor infratuzilvasi va uning unsurlari



Yüklə 278,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix01.08.2023
ölçüsü278,2 Kb.
#138217
1   2   3   4
Ishlab chiqarish omillari va ularni turkumlashga turlicha yondashuvlar

Bozor, uning tuzilishi va turlari. Bozor infratuzilvasi va uning unsurlari 
Bozor iqtisodiy kategoriya sifatida takror ishlab chiqarishning ayirboshlash bosqichiga xosdir. Bozor tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va 
rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki 
maydoni, degan mazmunni anglatgan. Dastlab , bozor ikki yoki bir necha qabilalarning a’zolari bir-birlari bilan tovar almashuv joyi sifatida 
namoyon bo’lgan bo’lsa, hunarmandchilikning
 rivojlanishi,
shaharlarning kelib chiqishi bilan alohida maydonlar ajratilib bozor joyi, deb e’lon 
qilingan. Shu maydonda (joyda) kishilar oldi-sotdi qilishgan. Lekin hali u davrlarda tovar ayirboshlash T-T ko’rinishida, ya’ni bir tovarga 
boshqa tovarni ayirboshlash shaklida yuz bergan. Lekin, tovar ayirboshlash rivojlanib, uning ziddiyatlari kuchayib borishi pulning kelib chiqishi 
natijasida sotish va sotib olish tovar-pul-tovar ko’rinishida bo’la boshlagan, endi tovarni sotish (T-P) va sotib olish (P-T) zamon va makon 
jihatdan bir bo’lmasligi mumkin. Chunki sotuvchi o’z tovarini bir joyda sotib, puliga boshqa vaqtda, boshqa joyda kerakli tovarni sotib olishi 
mumkin bo’lgan. Pul paydo bo’lishi bilan bozor tushunchasining mazmuni o’zgarib, yangi ma’no kasb etadi, ya’ni u tovar-pul muomlasining 
yangi shakli sifatida namoyon bo’la boshlaydi. Bozor ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchilarning ko’p qirrali murakkab aloqalarini, ularning 
o’zaro bir-biriga bo’lgan ta’sirini bog’laydigan bo’gin, jamiyat taraqqiyotida mahsulot almashuvini ta’minlaydigan jarayon sifatida shakllandi. 
Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayriboshlash, pulning vujudga kelishi, ularning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha bo’lib, 
hozirgi davrda keng tarqalgan ob’ektiv iqtisodiy jarayondir. Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va haridorlar o’rtasida pul 
orqali ayriboshlash (oldi-sotdi) jarayonida bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir Bozorda hech qanday boylik yaratilmaydi, ishlab 
chiqarilmaydi.
 


Bozoming ichki tuzulishi murakkab bo’lganligi sababli uni turkumlashga har xil mezonlar asos qilib olinadi. Bozoming yetuklik darajasi, 
sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor sub’ektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar xarakteri va boshqalar unga asos 
bo’ladi. Bozorning yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor va rivojlangan bozorga bo’linadi. Bozor hududiy jihatdan mahalliy, milliy 
bozorlar, hududiy bozorlar, mintaqaviy (regional) va jahon bozorlariga bo’linadi. 
Bozor iqtisodiyotni tartiblashda ishtirok etish, regulyatorlik funksiasini bajarishni amalga oshiradi. Buni bozor narxlar vositasida bajaradi. 
Bozor o’zida talab va taklifni jamlab, ularni muvozanatlashtiradi. Bozor nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini 
aniqlab beradi. Iqtisodiy aloqalar xarakteriga ko’ra bozor erkin raqobatli
 bozor va monopollashgan,
 raqobat cheklangan bozorlarga bo’linadi. 
Erkin bozorda sotuvchilar va xaridorlar ko’pchilik bo’lib, ulardan xech biri bozorda hukmron mavqega ega bo’lmaydi, aksincha, ular doimo 
raqobatda bo’lishadi. Narx-navoni hech kim nazorat qilmaydi, narx bozorda erkin rivojlanadi.Monopollashgan bozor - bunda ozchilik 
sotuvchilsr va xaridorlar hukmron bo’lgan, raqobat cheklangan yoki raqobat umuman yo’q bozor. Monopollashgan bozorning o’zi uch xil 
bo’ladi: monopol raqobatli bozor, oligopolistic bozor, sof monopoliya bozori. Monopol raqobatli bozorda nisbatan ko’p bo’lmagan firmalar 
ishtirok etadi, ularning bozordagi xissasi katta bo’lmaydi, ular bozorda har xil, lekin bir-birining o’rnini bosa oladigan tovarlar bilan ishtirok 
etadilar, ulardan har biri boshqasi bilan raqobatlashadi. Oligopolistik bozorda sanoqli ozchilik firmalar va kompaniyalar hukmron bo’ladi, lekin 
ular ham o’zaro raqobatlashadilar. Raqobat ko’p hollarda ishlab chiqaruvchilar bilan xaridorlar o’rtasida yuz beradi. Oligopolistik bozorga 
misol qilib Yaponiya avtomobil bozorini olish mumkin. Bu yerda tovarlarning hammasi (100%) uchta firma - “Toyota”, “Xonda”, “Nissan” 
firmalari tomonidan ishlab chiqariladi.
12 


Mamlakatda savdo-sotiqni tashkil etish turlari bo’yicha ham bozor turlanadi. Bozor iqtisodiy ob'ektlari bo’yicha bir necha turga bo’linadi. 
a) Iste'mol tovarlari va xizmatlar bozori: oziq-ovqat tovarlari bozori, nooziq-ovqat tovarlari bozori, xizmatlar bozori. 
b) Ishlab chiqarish omillari bozori: Ishchi kuchi (mehnat) bozori, ishlab chiqarish vositalari, xomashyo bozori. 
v) Ko’chmas mulk bozori: yer bozori, uy-joy bozori, mol-mulk bozori. 
g) Moliya bozori: - pul bozori, investitsiya bozori, qimmatli qog’ozlar bozori, valyuta bozori, sug’urta bozori. 
d) Axborot bozori - ilmiy-texnika ishlanmalar yoki intellektual tovarlar bozori. 
Bozor tovar va xizmatlar bilan ta'minlash darajasiga qarab: to’yingan, to’yinmagan, taqchil, muvozanatlashgan bozorga bo’linadi. 
Raqobat kurashi cheklanishiga qarab bozor quyidagi turlariga bo’linadi: 
a) mukkamal, erkin raqobatga asoslangan bozor; 
b) cheklangan raqobatli (monopol bozor); v) oligopolistik bozor; 
g) sof monopoliyaga asoslangan bozor. 
Ta'sir doirasi - hududiy joylashishiga qarab bozorlar: mahalliy, mintaqaviy (regional), milliy, jahon bozorlariga bo’linadi. 
Bozor savdoning hajmi,
xususiyatiga qarab,
ulgurji, mayda ulgurji, chakana savdo bozorlariga, shuningdek, tarmoqlar bo’yicha, avtomobil
kompyuter, qishloq xo’jalik mashinalari, dehqonchilik mahsulotlarini sotadigan dehqon bozorlariga bo’linadi. 
13 


Qonuniy jihatdan tashkil etilishiga qarab bozor: 
a) legal - qonuniy bozor; 
b) noqonuniy, «pinhoniy» bozordan iborat. 
Legal (rasmiy) qonuniy bozor - qonunchilik asosida tashkil etilgan bo’lib, unda qonuniy ravishda sertifikatlangan, sifati kafolatlangan tovar va 
xizmatlar oldi-sotdisi yuz beradi; 
Noqonuniy yoki «qora», «pinxoniy» bozor qonun bilan taqiqlangan tovar va xizmatlar bilan xizmat qilish yoki faoliyat bilan shug’ullanish, 
bunga: aholi orasida qurol-aslaha bilan savdo qilish, narkotik moddalar sotish, qimorbozlik, fohishabozlik, valyuta bilan chayqovchilik qilish, 
«qo’l bola» spirtli ichimliklar tayyorlash, jahonga mashhur turli firmalar yorliqlarini o’z mahsulotiga qo’yib, sifatsiz kiyim-kechak, oziq-ovqat, 
poyabzal va boshqa turli xil tovarlar tayyorlash, reket (bosqinchilik qilish, qurollangan o’g’irlik) kontrabanda (chet ellardan yashirincha davlat 
nazoratini chetlab, tovarlar olib kelib sotish yoki chetga g’ayri qonuniy yo’llar bilan tovarlar olib chiqish). Bu taqiqlangan bozor. Shuning 
uchun u doimiy ravishda davlat huquq organlarining nazoratida turadi va uning ishtirokchilari qonun oldida javob beradilar. Tovarlarni chetdan 
erkin olib kelish yoki olib chiqishga qarab ochiq va yopiq bozorlar mavjud. Ochiq bozor odatda chet el mamlakatlari uchun ochiq bo’lgan 
milliy va davlatlararo regional bozor bo’lib, boj to’lovi bilan himoyalanmaydi va zarur tovarlar cheklanmagan miqdorda mamlakatga 
keltiriladi. Jahon bozori o’z talabi bilan ochiq bozor hisoblanadi va unda barcha mamlakatlar o’z tovarlari bilan bemalol qatnasha oladilar. 
Yopiq bozor ichki milliy bozorga xos bo’lib, undagi tovar turlari, avvalo mahalliy ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanish darajasiga bog’li 
q bo’ladi. Milliy, mahalliy bozor bir tovar uchun ochiq bo’lsa, ikkinchisi uchun yopiq bo’lishi mumkin. Bunday vaqtda iqtisodiy 
protektsionizm siyosati qo’llaniladi. 


Xulosa 
Davlat bu dastaklar yordamida moliya bozorida talab va taklif nisbatini kutilgan yo’nalishda o’zgartirishga harakat qiladi. Jumladan, ssudaga 
beriladigan pul miqdorini o’zgartirish uchun foiz stavkasi vositasidan foydalanadi. Davlat kreditga bo’lgan talab va taklifni Markaziy bank 
orqali quyidagi yo’llar bilan o’zgartiradi. Birinchidan, davlat Markaziy bank ehtiyojlari orqali banklar mablag’larining qarzga beriladigan va 
zaxirada turadigan qismlari ulushini o’zgartiradi. Natijada qarzga beriladigan pul miqdori o’zgaradi, ya’ni uning taklifi oshsa, foiz kamayadi, 
aksincha u kamaysa, foiz oshadi. Foizning kamayishi kredit olishga intilishni kuchaytiradi va bu investitsiya faolligi orqali iqtisodiy o’sishni 
rag’batlantiradi. Ikkinchidan, Markaziy bank boshqa banklarga past foiz stavkasida qarz berib, ularning kreditlash ishida faol qatnashib, 
iqtisodiy o’sishiga ta’sir qilishini ta’minlaydi. 
Davlat budjet siyosati uning daromadlar va xarajatlar qismini o’zgartirishga qaratiladi. Davlat xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy 
mablag’larni jalb qilishning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Ulardan xo’jalik sub’eklari faoliyatiga va ijtimoiy barqarorlikka ta’sir 
ko’rsatishda ham keng foydalaniladi. Soliqlar yordamida davlat tomonidan tartibga solish tanlangan soliq tizimiga, soliq stavkasi darajasiga 
hamda soliq turlari va soliq to’lashda berilgan imtiyozlarga bog’liq bo’ladi. 
Davlat iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida budjet xarajatlaridan ham foydalanadi. 
Bunga birinchi navbatda, davlat kreditlari, subsidiyalari va kafolatlari, hamda xususiy sektordan tovarlarni sotib olishga qilinadigan sarflar 
misol bo’ladi 

Yüklə 278,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin