Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


 Bozor iqtisodiyot sharoiti iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/13
tarix01.08.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#138309
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
КURS ISHI NAMUNA

2.2 Bozor iqtisodiyot sharoiti iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillar

Tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy 
erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. 


30 
Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli 
tizimdir. Bozor iqtisodiyoti ning asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu 
yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan 
mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega boʻladi, yaʼni ular bozorda oldisotdi qilish 
uchun yaratiladi.
Bozor iqtisodiyotiga barter emas, balki tovar ayirboshlash, yaʼni oldisotdi yuritish 
xos. Shu bois natural isteʼmol oʻrniga tovar isteʼmoli ustuvorlik qiladi. Bozor 
iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, yaʼni erkinlik, mulkiy erkinlik va xoʻjalik yuritish 
erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy boʻlgan holda boshqa mulk shakllari ham 
mavjud boʻladi. Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakillarining, chunonchi 
xususiyindividual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkining erkin 
rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil boʻlib, hech bir mulk shaklining 
monopoliyasiga yoʻl berilmaydi. Bozor iqtisodiyotida yakka tartibda, oʻz mulki va 
mablagʻiga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar
mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga koʻtarib ish yuritish usullari mavjud boʻladi. 
Bozor iqtisodiyotining tayanchi tadbirkorlik boʻlib, u tovar va xizmatlarni bozorga 
yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. 
Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7—
10% ni tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti da har bir kishi oʻz manfaatidan kelib chiqqan 
holda, qoʻlidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini oʻzi oladi. Nimani, qancha ishlab 
chiqarish, uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi 
narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor 
iqtisodiyoti iqtisodiy subʼyektlar alohidalashganidan ular manfaati toʻqnashadi va 
shunday sharoitda raqobat paydo boʻladi. Raqobat Bozor iqtisodiyoti ni harakatga 
soluvchi kuch, uning rivojlanishini taʼminlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor 
iqtisodiyoti boshqarishning iqtisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy 
ragʻbatlantirish mexanizmi boʻlib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish 
tovar va xizmatlarni koʻplab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni taʼminlaydi. Bozor 
iqtisodiyotida pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy 


31 
aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti da boy boʻlish man etilmadi, aksincha, 
unga yoʻl ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi boʻlmaydi, ammo uning quyi 
chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng 
kam ish haqqidan past boʻlishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi 
boʻlmagan, tovarlar moʻl-koʻlligi taʼminlanadigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyotiga 
xos yana bir belgi — bu daromadlarda adolatli tengsizlikning boʻlishidir.Bozor 
iqtisodiyoti teng imkoniyatni bildiradi, ammo bu imkoniyatdan foydalanish kishilarda 
bir xil boʻlmaydi, har bir kishi ishlab topganiga qarab daromad koʻradi. Daromadning 
tabaqalashuvi boy bo'lishga havas uygʻotib, kishilarni iqtisodiy faollikka undaydi.Bozor 
iqtisodiyotida pul munosabatlari ustun boʻlsada, pul bilan bogʻliq boʻlmagan insoniy 
munosabatlar: mehr-shafqat va xayr-ehson munosabatlari ham rivoj topadi. Bozor 
iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda katta xayriya pul fondlari muhtojlarga yordam 
berishga xizmat kidali va puldan pul chiqarib olishni koʻzlamaydi. Bozor iqtisodiyoti 
doimiy rivojlanib, uning yangi shakllari va modellari paydo boʻladi. Tarixan bozor 
iqtisodiyotining 2 turi boʻlgan: Yovvoyi bozor iqtisodiyoti, Madaniylashgan bozor 
iqtisodiyoti. Ilk bozor iqtisodiyoti kapitalning jamgʻarilishi davrida tovar-pul 
munosabatlarining rivojlanishi bilan asosiy iqtisodiyot sifatida paydo boʻlib, unga 
xususiy mulkning ozchilik qoʻlida toʻplanishi, iqtisodiyotda beboshlik va 
tartibsizlikning ustunligi, raqobatning qonun qoidasiz borishi, davlatning iqtisodiyotdan 
chetlashib qolishi, chuqur iqtisodiy tangliklarning tez-tez yuz berishi, aholining ijtimoiy 
himoya qilinmasligi, kishilarning oʻta boy va oʻta qashshoq tabaqalarga ajralishi, 
ijtimoiy ziddiyat kabi belgilar xos boʻlgan. Asov iqtisodiyot rivojlanish orqali maʼrifatli 
iqtisodiyotga oʻsib oʻtadi. Bunday oʻzgarish Bozor iqtisodiyoti rivojlangan 
mamlakatlarda 20-asrning 30- yillarida boshlanib, 80- yillarga qadar davom etdi. 
Hozirgi bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot boʻlib, unga quyidagi belgilar 
xos: mulkiy xilmaxillik, tartiblanadigan iqtisodiyot, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, 
madaniy va xdpol raqobat, kuchli hamkorlik aloqalari, iqtisodiy tangliklarning qisqa 
davrda va yengil kechishi, ommaviy farovonlik, ijtimoiy tabaqalanishning chuqur 
boʻlmasligi, oʻziga toʻq va farovon yashovchi oʻrtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, 
ijtimoiy muvozanatning saqlanishi va fuqaroviy toʻqnashuvlarga oʻrin qolmasligi va 


32 
boshqa Bu belgilar hozirgi Bozor iqtisodiyoti ni harakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti 
shu bilan cheklanmaydi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin