ISSN: 2181-2772 https://www.supportscience.uz/index.php/ojg 20
mavjud bo‘lgan bir qator asosiy topografik va mavzuli kartalar bir necha yillar oldin chop etilgan
bo’lib, ulardagi ma’lumotlar eskirgan va o‘z ma’nosini yo‘qotgan. Zamon talablariga mos
irrigatsiya kartalarini yaratishda biz kosmiksyomka ma’lumotlari hamda joydagi o’rganishlar
asosida shakllantirilgan ma’lumotlardan foydalandik. Yangi tuzilgan elektron kartalarning
afzalliklari shundaki, kartani tuzish jarayonida qo‘yilgan ayrim xatoliklarni tuzatish hech qanday
muammoni keltirmaydi shu bilan birgalikda
obyektda bo’lgan o’zgarishlarni qiyinchiliklarsiz
yangilab borish mumkin va ko’p vaqt talab etmaydi(1-rasm).
Hozirgi yaratilgan GAT texnologiyalarining versiyalari avvalgilarini to‘la qamrab olgan va
bir muncha takomillashgan. Bu esa avvalgi elektron elektron versiyalarida tuzilgan kartalardan
samarali foydalanish imkonini beradi.
Qashqadaryo viloyati Kitob tuman qishloq xo‘jaligi yerlari tadqiqot obyekti bo‘lib xizmat
qiladi. Irrigatsiya kartalarni tuzishda GAT dasturlaridagi atribut jadvallarini shakllantirish orqali
mavzuli qishloq xo‘jalik kartalarni yaratish.
1-rasm. Kosmiksyomka (Ortofotoplan)
Umuman olganda kartalar yaratishning GAT-texnologiyasini quyidagicha tasavvur qilsa
bo‘ladi:
1. Tayyorgarlik ishlari. Elektron taxeometrlar va GPS asboblaridan, tasvirlarni qayta ishlash
vositalaridan, izlanishlar elektron ma’lumotlaridan, avtorlik originallardan, mavjud fond kartalari
va boshqalardan dastlabki ma’lumotlarni to‘plash. Kartografik va fond materiallarini, rastrli
tasvirlarni bir xil masshtabga keltirish, so‘ngra ularni kompyuter xotirasiga joylash.
2. Yaratilayotgan kartaning mavzuli qatlamlarini, ularga tegishli jadvallarni ishlab chiqish
va ularni taxlil qilish. Ma’lumotlar bazasini yaratish. Ob’ektlar tasnifi mavjud jadvallar (atributlar)
va matn ma’lumotlarni EHM xotirasiga kiritish. Shartli belgilar tizimini ishlab chiqish.
3. Kartaning mavzuli qatlamlarini muvofiqlash, kartografik tasvirni hosil qilish va ularni
tahrir qilish. Kartaning komponovkasini ishlab chiqish va uni nashrga tayyorlash. Kartani nashr
qilish