Registration of initial activities of civil improving the technology of drawing up irrigation maps based on gat data



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix02.08.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#138373
1   2   3   4   5   6   7
490 (1)

Oriental Journal of Geography 
 
ISSN: 2181-2772 
https://www.supportscience.uz/index.php/ojg 
 
21
Geografik axborot tizimi fazoviy ma’lumotlar bazasini rastrli va vektorli grafik 
muharrirlarni va fazoviy ma’lumotlarni tahlil qilish uchun turli xil vositalarni o‘z ichiga olishi 
mumkin. Ular kartografiya, geologiya, meteorologiya, yer tuzish, ekologiya, shahar ma’muriyati, 
transport, iqtisodiyot, mudofaa va boshqa ko‘plab sohalarda qo‘llaniladi [1, 4-b.].
Yurtimizda har bir sohada zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda yangicha uslublarni 
ishlab chiqish, qilinadigan ishlarning sifatini yaxshilash va vaqtdan unumli foydalanish borasida 
bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Yangi texnologiyalardan foydalanish orqali kartografiyani 
rivojlanishiga ulkan xissa qo‘shmoqda. 
Yuqoridagi usullardan foydalanib elektron kartalar yaratish ishlari olib borilmoqda. Karta 
yoki atlasning programmasi (dasturi) loyihalashning negizidir. Bu jarayon quyidagilarni o‘z ichiga 
oladi: karta tuziladigan hududning nomi, kimlar uchun mo‘ljallanganligi, kartografik turi, tipi, 
karta va atlaslarning mavzulari, matematik asosi, kartalar mazmuni, generalizatsiya prinsiplari, 
tasvirlash usullari va shakllari, statistik va kartografik manbalar, ulardan foydalanish tartibi hamda 
karta yoki atlasni tayyorlash texnologiyasi.
Kartalar yaratishda shartli belgilarni tanlash va joyida ishlata bilish kerak. Shartli belgilar 
oddiy shaklda, mazmunga loyiq tanlanishi zarur, shu bilan birga hozirgi zamon texnologiyasiga 
mos bo‘lishi kerak. Karta tuzishda legendaning ahmiyati kattadir, shuning uchun ham legenda 
kartaning kaliti deb ham yuritiladi. Chunki, u karta mazmunini ochib beradi. Kartani o‘qishdan 
ilgari uning legendasi bilan tanishiladi. Legenda ishlab chiqishda shartli belgilar karta mazmuniga 
mos bo‘libgina qolmasdan, mantiq jixatdan ham to‘liq, sodda, o‘qilishi oson va qisqa bo‘lishi 
zarur[2].
Biz elektron kartalar tuzishda keng tarqalgan GAT ning universal tizimida bo’lgan ArcGIS 
dasturidan foydalanib, irrigatsiya kartalarini tuzishda olib borilgan jarayon bilan tanishib chiqdik.
ArcGIS dasturidan foydalanib, irrigatsiya kartalarni tuzishda uning masshtabi, unda qancha 
hudud aks ettirilishi, qaysi elementlar asosiy va qaysilari ikkinchi darajali, jarayonlarni 
ko’rsatishda qaysi materiallar asosida bajarilishi, hududning xususiyatlari va boshqalarni bilish 
lozim bo‘ladi. 
Karta dasturini ishlab chiqish uchun asos bo’lib kartani tuzish uchun olingan buyurtma 
hisoblanadi. Unda karta nomi (mavzusi), masshtabi, maqsadi, kartaga olinayotgan hudud 
ko‘rsatiladi.
Tematik mazmundagi shartli belgilarni ishlab chiqarishda, mavzu bo‘yicha obyektlar va 
komplekslarining xususiyatlari e’tiborga olinadi. Ularni kartalarda tasvirlash jarayonida, asosan, 
kartografik tasvirlash usullari hamda shartli belgilardan foydalaniladi. Ko’pgina obyektlarni 
kartaning masshtabi tufayli aks ettirib bo’lmaydi.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin