O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Moliyaviy bozorning asosiy ishtirokchilari



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/71
tarix04.08.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#138557
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

 
6.2. Moliyaviy bozorning asosiy ishtirokchilari 
Valyuta bozorining asosiy ishtirokchilari bo‗lib quyidagilar hisoblanadi: 
-markaziy banklar; 
-tijorat banklari; 
-investitsiya va pensiya fondlari; 
-eksport-import operatsiyalarni amalga oshiruvchi korxonalar; 
-valyuta birjalari; 
-valyuta operatsiyalari bilan shug‗ullanuvchi broker firmalari; 
-xususiy shaxslar. 
Fond bozorining asosiy ishtirokchilari bo‗lib quyidagilar hisoblanadi: 
-emitentlar, ya‘ni qimmatli qog‗ozlarni joylashtirilishi ustidan pul mablag‗larini 
jalb etuvchi korxona va tashkilotlar; 


99 
-moliyaviy vositachilar (brokerlar va dilerlar). Ular emitentlar va investorlar 
o‗rtasida vositachilik funksiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli 
litsenziyalarga ega; 
-qimmatli qog‗ozlarning birja va birjadan tashqari bozori hamda fond birjalari va 
birjadan tashqari savdo tizimlari tegishli ravishda; 
-investorlar, ya‘ni vaqtincha bo‗sh pul sarmoyalariga ega hamda ularni qimmatli 
qog‗ozlarga joylashtirishdan manfaatdor bo‗lgan yuridik va jismoniy shaxslardir; 
-davlatning muvofiqlashtirish va nazorat organlari, ya‘ni Moliya Vazirligi
Markaziy bank, Qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha komissiya va boshqalar; 
- o‗z-o‗zini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar, ya‘ni moliyaviy vositachilarning 
professional birlashmalari; 
-qimmatli qog‗ozlar bozorining infratuzilmasi, ya‘ni maslaxat va axborot 
firmalari, ro‗yxatga oluvchilar, depozitar va hisob-kitob kliring tizimlari. 
 
6.3. Xalqaro moliyaviy bozor va globallashuv jarayonlari 
Zamonaviy moliyaviy tizim global xarakterga ega. Jahon iqtisodiyoti 
rivojlanishining so‗nggi o‗n yilligi uning globallashuvining yuqori sur‘atlari bilan 
tavsiflanadi va ushbu jarayon iqtisodiyotning transmilliylashuvi, xalqaro mehnat 
taqsimotining chuqurlashuvi, transport infratuzilmasining rivojlanishi va boshqa 
geosisyosat omillari bilan bog‗langandir. 
Barcha 
ishtirokchilar 
(korxona 
va 
korporatsiyalardan tortib to davlatgacha)ning har qanday bozordagi faoliyati iqtisodiy 
va siyosiy manfaatlarni qondirishga qaratilganligini aytib o‗tish zarur. Iqtisodiy 
manfaatning moddiy ifodasi bo‗lib oxir oqibatda iqtisodiy daromad (foyda) yoki 
moliyaviy natija hisoblanadi. Bir mamlakatdan boshqa bir mamlakatga kapital oqib 
o‗tishining ko‗lami qanchalik katta va uning chegaralari qanchalik keng bo‗lsa, 
xalqaro moliya bozorlariga shunchalik ko‗p operatsiyalar to‗g‗ri keladi. 
 
Xalqaro moliyaviy bozor tarkibiy tuzilishi 
Xalqaro moliyaviy markazlar- xalqaro valyuta, kredit, moliyaviy operatsiyalar 
hamda qimmatli qog‗ozlar va oltin bilan bitimlarni amalga oshiruvchi banklar va 
ixtisoslashgan moliya-kredit tashkilotlarining to‗plangan joyi tushuniladi. Dastlab 


100 
ular sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlar (AQSH, G‗arbiy Yevropa)da barpo 
etilgan. Keyinchalik esa ma‘lum omillarning ta‘siri ostida ularning joylashishi 
kengayib bormoqda. Agarda Tokio Yaponiyaning jahon bozoridagi raqobat kurashi 
borasidagi kuchayishi munosabati bilan moliyaviy markazga aylangan bo‗lsa, 
Singapur, Bagam orollari, Panama, Baxreyn kabi moliviy markazlar ushbuga past 
soliqlar, davlat aralashuvining deyarli yo‗qligi, liberal qonunchilik va operatsion 
xarajatlarning nisbatan pastligi tufayli aylangan. Moliyaviy markazlarning asl 
mohiyati turli mamlakatlar o‗rtasidagi kapital harakatining uzluksizligini 
ta‘minlashdan iboratdir. Biroq, moliyaviy markazlarni talabni qondirish mexanizmi 
sifatida ko‗rishning o‗zi maqsadga to‗liq javob bermaydi deb hisoblaymiz. 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin