O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/71
tarix04.08.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#138557
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Xorijiy investitsiyalar
bu kapital qabul qiluvchi davlatda kompaniya ustidan 
nazorat o‗rnatish va uni boshqarishda ishtirok etish maqsadida kapital ko‗chirishdir. 
To„g„ridan-to„g„ri
yo‗naltirilgan investitsiyalar shaklida kapital olib chiqish bu 
kapital qabul qiluvchi davlat hududida kapital eksportyori tomonidan ishlab 
chiqarishni tashkil etishini bildiradi. 
Portfel investitsiyalar 
yirik korporatsiyalar, 
markaziy va xususiy banklar tomonidan chiqariladigan obligatsiya zayomlarini 
moliyalashtirish uchun xorijiy kapitalni jalb qiluvchi muhim manbadir. Xorijiy 
portfel investitsiyalarini jalb qilishda odatda yirik investitsion banklar vositachilik 
qiladi. Portfel investitsiyalarning harakatiga ko‗p jihatdan alohida davlatlarda 
obligatsiyalar uchun to‗lanadigan foiz stavkalaridagi farq ta‘sir qiladi. 
 
6.5. Jahon valyuta tizimini shakllanishi 
Jahon, mintaqaviy va milliy valyuta tizimlari farqlanadi. Jahon valyuta tizimi 
dunyoda tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanib borishi bilan birga jahon 
xo‗jaligining tuzilmasiga hamda yetakchi mamlakatlarning kuchi va manfaatlarining 
o‗zaro nisbatiga bog‗liq ravishda shakllandi. Jahon valyuta tizimi - bu davlatlar 
o‗rtasidagi xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilishninig davlat-huquqiy shakli 
bo‗lib, davlatlararo kelishuvlar asosida yuzaga keladi. Jahon valyuta tizimining 


102 
evolyusiyasi jarayonida uning quyidagi asosiy elementlarining ko‗rinishi o‗zgarib va 
takomillashib bordi: 
-
jahon pullarining (oltin, zaxira valyutalar); 
-
valyuta kurslari rejimi; 
-
valyutani tartibga solish darajasi va valyuta cheklovlari hajmi; 
-
xalqaro hisob-kitoblar qoidalari va shakllarini unifikatsiya qilish; 
-
valyutani tartibga solishni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar. 
Jahon valyuta tizimi jahon pullariga asoslanadi. Zamonaviy sharoitlarda 
ularning vazifasini zaxira valyutalar bajaradi. Ular milliy valyutalar kursini aniqlash 
uchun negiz bo‗lib xizmat qiladi, xalqaro to‗lov va zaxira vositasi funksiyalarini 
bajaradi. Jahon valyuta tizimi rivojlanishning 4 bosqichini bosib o‗tdi va ular 
quyidagidar: 
1.Parij valyuta tizimi 
2.Genuya valyuta tizimi 
3. Bretton-Vuds valyuta tizimi 
4. Yamayka valyuta tizimi
Dastlab jahon puli shakli bo‗lib ikkita qimmatbaxo metall – kumush va oltin 
xizmat qilgan. Lekin XIX asr oxirida katta oltin zaxirasiga ega mamlakatlar, masalan 
o‗sha vaqtdagi eng yirik iqtisodiyot – Buyuk Britaniya oltin monometallizmiga o‗tdi. 
1867- yilda Parijda bo‗lib o‗tgan konferensiyada davlatlararo kelishuv bilan oltin 
tanga stnadartiga asoslangan birinchi jahon valyuta tizimi (Parij tizimi) yuridik 
jihatdan mustahkamlandi. Ushbu valyuta tizimiga mamlakatda qog‗oz pullarning 
oltin tangalarga erkin almashtirilishi xos bo‗lib, natijada mamlakatda pul massasi 
uning oltin zaxiralari hajmi bilan aniqlanar edi. Bundan tashqari milliy valyutalarning 
mazmuni va valyuta kurslari oltinda qayd qilingan edi. Ushbu kurslar faqat oltin 
nuqtalar atrofida, ya‘ni oltinni jahon moliyaviy markazlaridan tashish qiymati 
miqdorida tebranishi mumkin edi. Valyuta kursi oltin nuqtalar chegarasida talab va 
taklif asosida aniqlanar edi. Valyutaning qadrsizlanishida uning kursi oltin nuqtalar 
chegarasidan chiqib ketar edi va bu mamlakatdan oltinning chiqib ketishiga olib kelar 
edi. Natijada to‗lov balansining salbiy saldosi vujudga kelib, u mamlakatning oltin 


103 
zaxiralari hisobiga yoki chet eldan kapitalning oltinga almashtiriladigan xorijiy 
valyuta shaklida kirib kelishi bilan qoplanar edi. Masalan, XX asrda to‗lov balansi 
kamomadiga duch kelgan Buyuk Britaniyada pul massasining qisqarishi ro‗y berdi, 
lekin natijada mamlakatda foiz stavkalari ko‗tarildi, bu esa chet eldan kapital oqimini 
kuchaytirdi va u to‗lov balansi kamomadini moliyalashtirish imkonini berdi. 
Birinchi jahon urushigacha oltin tanga standarti tizimining amal qilishi nafaqat 
valyuta tizimining barqarorligini, balki jahon iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini 
ham ta‘minladi. 1897- yilda Rossiyada moliya vaziri Sergey Yulevich Vittening 
(1849-1915) tashabbusi bilan oltin tanga standartining joriy etilishi rublni dunyoning 
eng mustahkam valyutalaridan biriga aylanishiga imkon berdi. 
Biroq Birinchi jahon urushi davrida valyuta inqirozining vujudga kelishi 
jahonda yangi valyuta tizimini yaratishga olib keldi. 1922 yilda Italiyaning Genuya 
shahrida o‗tkazilgan xalqaro iqtisodiy konferensiyada rasmiylashtirilgan ikkinchi 
jahon valyuta tizimi (Genuya tizimi) oltin deviz (oltin valyuta) standartiga, ya‘ni 
nafaqat oltinga, balki oltinga almashtiriladigan xorijiy valyutaga asoslandi. Xech bir 
valyutaga rasman zaxira valyuta maqomi berilmagan bo‗lsada, Angliya funt sterlingi 
va AQSH dollari haqiqiy zaxira valyutasi sifatida yetakchilik uchun raqobatlashdi. 
1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozining chuqurlashuvi natijasida Genuya 
jahon valyuta tizimi barbod bo‗la boshladi. Dastlab Germaniya, so‗ngra Buyuk 
Britaniya va AQSH qog‗oz pullarni oltinga almashtirishni bekor qildi va ularning 
valyutasi devalvatsiya qilindi. Murakkab vaziyatdan chiqish uchun funt sterling va 
dollar atrofida valyuta bloklari shakllantirildi, ushbu bloklarga a‘zo-mamlakatlar o‗z 
zaxiralarida ushbu valyutalardan biriga tayanar edi. Keyinchalik boshlangan Ikkinchi 
jahon urushi yangi valyuta cheklovlarga olib keldi, harbiy- strategik tovarlarni sotish 
esa faqat oltin evaziga amalga oshirildi. 
Xalqaro valyuta munosabatlari asoslarini tiklash uchun 1944- yilning 
22- iyunida Bretton-Vudsda (AQSH, Nyu-Xempshir shtati) o‗tkazilgan xalqaro 
konferensiyada uchinchi jahon valyuta tizimi – Bretton-Vuds tizimining prinsiplari 
shakllantirildi: 
-
valyutalarning dollarga nisbatan qayd etilgan kurslari rasman o‗rnatildi va 


104 
dollar o‗z navbatida ushbu kursda oltinga almashtiriladi; 
-
1944- yil 1- iyulda oltinning rasmiy qiymati bir troya unsiyaga (31,105 g.) 35 
dollar darajasida o‗rnatildi, yoki 1 dollar 0,88571 g oltinga tenglashtirildi; 
-
valyutalarning qayd etilgan kurslari ±1% chegarasida, G‗arbiy Yevropada esa 
±0,75% chegarasida tebranishiga yo‗l qo‗yiladi; 
-
ikkita zaxira valyutalar – AQSH dollari va funt stertling oltinga rasmiy kurs 
bo‗yicha almashtirilishi ta‘minlanadi. 
-
XVJ davlatlararo valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi organ sifatida 
tashkil etildi. 
Bretton-Vuds tizimi o‗z tavsifiga ko‗ra qayd qilingan kurslarga ega oltin deviz 
(oltin valyuta) tizimi edi. AQSH xorijiy mamlakatlar markaziy banklarining birinchi 
talabi bo‗yicha dollarlarni oltinga xech qanday cheklovlarsiz almashtirish 
majburiyatini o‗z zimmasiga oldi, qolgan mamlakatlar esa o‗z valyutasini dollarga 
nisbatan kursini qayd etish va uni paritetga nisbatan ±1% chegarasida tebranishlarini 
ta‘minlashga majbur edilar. Milliy valyutalarni oltinga almashtirish, turli 
mamlakatlarning markaziy banklari o‗rtasidagi munosabatlardan tashqari butunlay 
bekor qilindi. Yangi xalqaro valyuta tizimini tartibga solish uchun Xalqaro valyuta 
jamg‗armasi (XVJ) tuzildi. 
Shunga qaramay, Bretton-Vuds valyuta tizimining qarama-qarshiliklari, eng 
avvalo dollarning milliy tavsifi va uni xalqaro to‗lov vositasi sifatida qo‗llanishi 
o‗rtasidagi ziddiyatlar asta-sekin ushbu tizimni ham barbod bo‗lishiga olib keldi. 
Shuningdek, AQSH ning Vetnamda olib borgan uzoq yillik urushi natijasida davlat 
byudjeti defitsiti keskin oshgan edi va buning natijasida dollor kursi keskin tebranishi 
kuzatildi. Ushbu sabablarga ko‗ra XX- asrning 70- yillariga kelib zaxira valyuta 
sifatida dollordan qochish tendensiyasi yuz berdi. 1971- yilda AQSH dollarlarni 
rasmiy kurs bo‗yicha oltinga almashtirishni to‗xtatdi. Qayd etilgan valyuta kurslari 
to‗g‗risidagi kelishuv bekor qilindi va Bretton-Vuds tizimi o‗z faoliyatini tugatdi. 
Hozirda amal qilayotgan to‗rtinchi jahon valyuta tizimi (Yamayka tizimi) 
1976- yil yanvarda Yamaykaning Kingston shahrida XVJga a‘zo-mamlakatlarning 
kelishuvlari bilan rasmiylashtirildi. Unda yangi tizimning asosiy prinsiplari 


105 
shakllantirildi va ular 1978- yil aprelda XVJ Ustaviga ikkinchi tuzatishlar bilan 
mustahkamlandi. Ushbu prinsiplar hozirgi kunda ham amal qilmoqda: 
-
oltinning rasmiy narxini bekor qilish bilan uning pul funksiyalari tugatildi, 
lekin oltinning haqiqiy qiymati tufayli uning zaxira pul (to‗g‗rirog‗i – zaxira aktivi) 
vazifasi saqlanib qoldi; 
-
oltin deviz standarti maxsus qarz olish huquqi (SDR) standarti bilan 
almashtirildi, u valyuta kurslari asosi sifatida rasmiy e‘lon qilindi, lekin amaliyotda 
na milliy valyutalar qiymatining etaloni (o‗lchovi)ga, na asosiy to‗lov va zaxira 
vositasiga aylanmadi; 
-
mamlakatlar 1973- yildan boshlab rasman qayd qilingan valyuta kurslaridan 
tashqari suzuvchi valyuta kurslari rejimini ham tanlashlari mumkin bo‗ldi; 
-
XVJ valyuta kurslarini yanada qat‘iy nazorat qilish va valyuta munosabatlarini 
erkinlashtirishga ko‗maklashish vakolatlarini oldi. 
Yamayka valyuta tizimidagi bunday aks tartibga solish juda tez suzuvchi 
valyuta kurslarining kuchli tebranishlarida namoyon bo‗ldi, moliyaviy va valyuta 
inqirozlari esa, ayniqsa asrlar chegarasida (1995- yilda Meksikada valyuta inqirozi, 
1997- yil yozda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, 1998- yil yozda Rossiyada
1999- yil yanvarda Braziliyada, 2000 va 2001- yillarda Turkiyada valyuta 
―bo‗ronlari‖) valyuta kurslarini qo‗llab-quvvatlash, ayrim moliyaviy aktivlarni 
haqiqiy va oshirib baholash, qoniqarsiz bank nazorati, moliyaviy axborot 
yetishmovchiligi bo‗yicha choralar ko‗rish masalasini oldinga surdi. 2007-2008 
yillarda jahon valyuta moliya bozorida inqiroz holatlarini yengish uchun 
mamlakatlarning hatti-harakatlarini muvofiqlashtirish zarurati jahon iqtisodiy 
hamjamiyatini jahon valyuta tizimida aks tartibga solish hamda moliyaviy 
oqimlarning globallashuvi sharoitlarida XVJning rolini yangicha baholashga va 
mamlakatlarning valyuta munosabatlari sohasidagi siyosatlarini kelishishga majbur 
qildi. 2007-2008 yillardagi valyuta-moliyaviy inqiroz saboqlari 2012- yil aprelda 
XVJda o‗tkazilgan kapital oqimlarini boshqarishni takomillashtirish to‗g‗risidagi 
masalaning navbatdagi muhokamasi ishtirokchilariga ―to‗liq liberallashuv har qanday 
vaziyatda barcha mamlakatlar uchun tegishli maqsad bo‗lib hisoblanmaydi va 


106 
liberallashuvning zaruriy darajasi mamlakatdagi aniq vaziyatlar, xususan uning 
institutsional va moliyaviy rivojlanish bosqichiga bog‗liq‖
31
degan xulosaga kelish 
imkonini berdi. Bunda kapitalning ham mamlakatga kirib kelishini, ham 
mamlakatdan chiqib ketishini tartibga solishga, ya‘ni u yoki bu tartibga soluvchi 
choralarni qo‗llash (management measures)ga katta e‘tibor berish zarur. 
Biroq, xalqaro valyuta tuzilmasiga tuzatishlar kiritish hamda millat ustki 
organlar, birinchi navbatda XVF faoliyatini takomillashtirishga nisbatan ―20 Guruh‖, 
XVF va boshqa tashkilotlarning tavsiyanomalari hanuzgacha zamonaviy jahon 
valyuta tizimini isloh qilishga jiddiy ta‘sir ko‗rsatgani yo‗q. 
Iqtisodiy integratsiya jarayonlarida mintaqaviy valyuta tizimlari vujudga 
kelmoqda va faoliyat ko‗rsatmoqda. Bu eng avvalo,yevro hududidir. 
Milliy valyuta tizimlariga kelsak, ular milliy pul tizimining bir qismi 
hisoblanadi, lekin bunda nisbatan mustaqillikka ega va mamlakat iqtisodiyotining 
jahon xo‗jaligi bilan aloqasini ta‘minlaydi. Milliy valyuta tizimining muhim elementi 
bo‗lib valyutaning konvertirlanish (almashtirish) darajasi, ya‘ni miliy valyutani 
xorijiy valyutaga ayirboshlash erkinligi hisoblanadi. Konvertirlanmaydigan (berk), 
qisman konvertirlanadigan va to‗liq konvertirlanadigan valyutalar ajratiladi. 
Agar emitent-davlat to‗lov balansining joriy operatsiyalari bo‗yicha milliy 
valyutani xorijiy valyutalarga almashtirishni cheklaganda yoki taqiqlaganda valyuta 
konvertirlanmaydigan valyuta hisoblanadi. Joriy operatsiyalar (lekin kapital 
operatsiyalar emas) bo‗yicha xorijiy valyutalarga erkin ayirboshlash valyutani qisman 
konvertirlanadigan valyutaga aylantiradi. XVJ Ustavining VIII moddasidan kelib 
chiqadigan 
majburiyatni 
olgan 
mamlakatlarning 
valyutalarini 
XVJ 
konvertirlanadigan valyutalar sifatida tan oladi. Ushbu majburiyat ―hech bir a‘zo-
mamlakat joriy xalqaro bitimlar bo‗yicha to‗lovlar va o‗tkazmalarga Jamg‗armaning 
roziligisiz cheklovlarni o‗rnatmasligi kerak‖ligini nazarda tutadi. Bunday 
operatsiyalarga tovarlar va xizmatlar tashqi savdosiga, qisqa muddatli bank va kredit 
operatsiyalariga, qarzlarni va ular bo‗yicha foizlarni to‗lash bo‗yicha to‗lovlar, 
31
International Monetary Fund. IMF Executive Board Discusses Liberalizing Capital Flows and Managing Outflows. 
Public Information Notice. N12/42. May 4. 2012.


107 
investitsiyalar bo‗yicha foyda o‗tkazmalari, notijorat tavsifli pul o‗tkazmalari va 
x.k.larga xizmat ko‗rsatuvchi to‗lovlar kiritiladi. Qisman konvertirlanishning eng 
keng tarqalgan shakli bo‗lib xalqaro kapital harakati bilan bog‗liq operatsiyalarga 
cheklovlarning saqlanib qolishi hisoblanadi. 
To‗liq ayirboshlash rejimida valyutaning barcha egalari, ya‘ni rezidentlar va 
norezidentlar uni olish manbasidan qat‘iy nazar ushbu mablag‗larni istalgan 
maqsadlarda mamlakatda va xorijda istalgan pul birliklariga to‗siqsiz ayirboshlash 
(oldi-sotdini amalga oshirish) imkoniyatiga ega bo‗ladilar. Oltin demonitizatsiya 
qilingan bo‗lsa ham hali ham oltindan zaxira (rivojlangan mamlakatlarda mamlakat 
oltin-valyuta zaxirasining 70%i) sifatida foydalaniladi. Bundan tashqari xalqaro 
kreditlar uchun oltin yuqori likvidli ob‘ekt garovi hamdir. 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin