Buxgalteriya hisobi va audit



Yüklə 495,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix04.08.2023
ölçüsü495,7 Kb.
#138660
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
lotin imlosida амалиёт дастури 2 курс БХваА талабаларига

 
V.
 
Amaliyoti rahbarining majburiyatlari. 
Ta’lim muassasasi tomonidan umumiy tartib, malakaviy amaliyotini tashkil 
qilish va unga rahbarlik “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi tomonidan, shu 
maqsad uchun maxsus ajratilgan professor-о‘qituvchilar orqali amalga oshiriladi. 
Xо‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan amaliyotga umumiy rahbar etib hisobchi 
yoki uning yordamchisi tayinlanadi. 
Xо‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan amaliyotga rahbar bо‘lgan 
shaxsning majburiyatlari: 
o
Ta’lim muassasasidan belgilangan rahbar bilan hamkorlikda 
amaliyotchining individual kalendar mavzulari ish rejasini tuzish; 
o
Amaliyotchini ish joyi bilan ta’minlash va ish vaqtidan tо‘g‘ri 
foydalanilishini muntazzam ravishda nazorat qilib borish; 
o
Amaliyotchi ishiga muntazzam rahbarlik qilish, amaliyot dasturini 
tо‘liq va о‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash hamda nazorat qilish; 
o
Har bir alohida ish bо‘limining faoliyati bо‘yicha amaliyotchi bilan 
tegishli suhbat olib borish va mazkur bо‘limda ishning bajarish 
muddatini belgilash, undan tashqari, ayrim ishlarni о‘rganish hamda 


10 
ularni bajarish jarayonida noaniq bо‘lgan masalalar yuzasidan 
maslahatlar berish; 
o
Dasturda kо‘zda tutilgan hamma ishlarning о‘z vaqtida bajarilishini 
amaliyotchidan talab qilish; 
o
Kundalikdagi yozuvlarni tekshirish va ularning tо‘g‘riligini о‘z imzosi 
bilan tasdiqlash; 
o
Har bir amaliyotchi-talabaga amaliyot oxirida bajargan ishlari 
bо‘yicha yozma tavsifnoma berishi va unda amaliyotning natijasini 
baholashi lozim. 
 
Ta’lim muassasasidan belgilangan amaliyot rahbarining majburiyatlari: 

Amaliyot boshlanishida amaliyotchi-talaba bilan suhbat о‘tkazish va 
unga amaliyotni о‘tash tartibi bilan tanishtirish;
 

Xо‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan belgilangan rahbar bilan 
hamkorlikda amaliyotchining individual kalendar mavzulari ish 
rejasini tuzish; 

Amaliyotning borishi tizimli ravishda (kalendarda belgilangan 
muddatda) tekshirib borish, har bir talabaning ishini nazorat qilish, 
talaba tomonidan amaliyot dasturidagi ayrim masalalarni о‘rganish 
darajasini aniqlash; 

Amaliyot dasturidagi ayrim mavzular yuzasidan talabaga maslahatlar 
berish, bunda ta’lim muassasasida о‘qitilgan hisob yuritish texnikasi 
va uslubi bilan mazkur korxonada yuritiladigan hisob tizimi 
о‘rtasidagi farqni tushuntirish hamda talabani kelgusida buxgalteriya 
hisobini amalda yuritish uslubini yanada takomillashtirish borasida 
mustaqil fikrlashga da’vat etish; 

Amaliyot о‘tashdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun 
hamma zarur choralarni qо‘llash, amaliyotni о‘z vaqtida va dasturga 
muvofiq, tо‘liq hajmda о‘tishini ta’minlash, korxonalar tomonidan 
belgilangan rahbarning e’tiborini yо‘l qо‘yilgan kamchiliklarga 
qaratish; 

Kundalikdagi yozuvlarni о‘z vaqtida yozilganligi, tо‘g‘riligi hamda 
talabalar hisobotining tuzilishini tekshirish; 

Talabalar tomonidan malakaviy amaliyoti bо‘yicha yozilgan 
hisobotning о‘z vaqtida topshirilishini ta’minlash, jumladan mavzular 
bо‘yicha; 

Ishlab chiqarish amaliyoti bо‘yicha hisobot topshirilgandan keyin har 
bir hisobotni tekshirish va yozma ravishda unga taqriz yozish, taqrizda 
hisobotning ijobiy tomonlari va kamchiliklarini kо‘rsatish; 

Ta’lim muassasasidagi amaliyot rahbarlarini kafedra yig‘ilishida 
vaqti-vaqti bilan malakaviy amaliyotining borishi haqida ma’lumot 
berib borishi va oxirida kafedraga yozma ravishda yakuniy hisobot 
berishi lozim. 


11 
Hisobotning titul varag‘ini “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasida qabul 
qilingan namunaga mos ravishda rasmiylashtirilishi talab etiladi. 
Titul varag‘idagi matnlar quyidagi tartibda yozilishi kerak (1-ilova): 

О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi (14 
shrift); 

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti (14 shrift); 

“Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi (14 shrift); 

Yо‘nalishning raqami va nomi, talabaning familiyasi, ismi va sharifi 
(16 shrift); 

Hisobot (24 shrift); 

Amaliyot rahbarining familiyasi, ismi va sharifi (14 shrift). 
Eslatma: Nihoyasiga yetkazilgan hisobot amaliyot rahbarining taqrizi 
berilgandan sо‘ng, dastlabki kо‘rib chiqish maqsadida kafedra professor-
о‘qituvchilariga taqriz berish uchun beriladi. Kafedra yig‘ilishidan muvaffaqiyatli 
о‘tsa, himoyaga tavsiya etiladi. 

Yüklə 495,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin