lotin imlosida амалиёт дастури 2 курс БХваА талабаларига
KIRISH Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi hozirgi davr
talabiga mos keladigan, fan va bilim sohasida har qanday vaziyatni tо‘g‘ri baholay
oladigan, raqobatda о‘zining salohiyatini kо‘rsata oladigan kadrlar tayyorlashdan
iborat.
Ta’lim tizimining uzluksizligidan kelib chiqqan holda talabalarning nazariy
bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish maqsadida oliy о‘quv yurti
talabalarining malakaviy amaliyotini tо‘g‘ri tashkil etish muhim ahamiyat kasb
etadi.
О‘zbekiston Respublikasida “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonun va Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi talablariga mos ravishda О‘zbekiston Respublikasi oliy
ta’lim muassasalari talabalarining ishlab chiqarish amaliyotii tо‘g‘risida”gi Nizom
qabul qilingan bо‘lib, ushbu Nizomda oliy ta’lim muassasalari talabalarining ishlab
chiqarish amaliyotiini о‘tkazish shakllari, tartiblari va uslublari belgilab berilgan.
Bakalavriat yо‘nalishlari bо‘yicha kadrlar tayyorlashning tarkibiy qismi
hisoblangan talabalarning malakaviy amaliyoti ilg‘or va nufuzli korxonalar,
muassasalar va tashkilotlarda о‘tkaziladi.
Talabalarning malakaviy amaliyoti mutaxassislikka ixtisoslashtirilgan
fanlarning nazariy qismini amaliyot bilan mustahkamlash uchun zarur va
chambarchas bog‘langan о‘quv jarayonining bevosita ishlab chiqarish
jarayonlarida о‘tkaziladigan uzviy davomidir.
Amaliyoti davlat ta’lim standartlari (DTS)da kо‘zda tutilgan turli shakllarda
tashkil qilinib, malakaviy amaliyotining maqsadi, muddati va mazmuni DTS
о‘quv rejalari va amaliyot dasturida belgilanadi.
Talabalarning malakaviy amaliyoti oliy ta’lim muassasalari tomonidan
davlat, aksiyadorlik kompaniyalari, muassasalar, tashkilotlar, firmalar, qо‘shma
korxonalar va boshqalar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil qilinadi.