Buxgalteriya hisobi va audit



Yüklə 495,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix04.08.2023
ölçüsü495,7 Kb.
#138660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
lotin imlosida амалиёт дастури 2 курс БХваА талабаларига

I.
 
Amaliyotini о‘tashning maqsadi va vazifalari. 
Institutning kunduzgi bо‘limida tahsil olayotgan talabalar kafedra professor-
о‘qituvchilari tomonidan tuzilgan о‘quv dasturiga muvofiq buxgalteriya hisobini 
ikki qismga bо‘lib о‘rganadi. Eng avvalo institut auditoriyalarida nazariy jihatdan 
bilim olsalar, bu olgan bilimlarini ishlab chiqarish ya’ni davlat, aksiyadorlik 
kompaniyalari, muassasalar, tashkilotlar, firmalar, qо‘shma korxonalar va 
boshqalar bilan tuzilgan shartnomalar orqali belgilangan dastur asosida amaliyot 
о‘taydilar. Institutda tahsil olayotgan talabalar о‘zlarining mutaxassislik fanlari 
bо‘yicha ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot о‘tashlari belgilangan.
60410100-“Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bilim 
olayotgan 2-kurs talabalari “Buxgalteriya hisobi” fanidan amaliyotini о‘taydilar. 
Malakaviy amaliyotini о‘tash jarayonida talabalar eng avvalo о‘zlarining 
bilimlarini mustahkamlash maqsadida quyidagilarni о‘rganadi: 

Korxonaning joylashuvi va uning faoliyat yо‘nalishi tо‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni; 

Korxonada buxgalteriya hisobining tashkil qilinishi; 

Xо‘jalik mablag‘larining harakati, ularning baholanishi hamda 
xо‘jalik mablag‘lari harakatini hisobga olishda qо‘llaniladigan 
boshlang‘ich 
hujjatlarning 
yuritilishi, 
rasmiylashtirilishi, 
umumlashtirilishi. 
II.
 
Amaliyotiining mazmuni. 
Ta’lim muassasasidan tayinlangan amaliyot rahbari (bevosita amaliyot 
о‘tayotgan joydagi amaliyot rahbari bilan hamkorlikda) talabalarni ishlab chiqarish 
va boshqa bо‘linmalar bilan tanishtiradi, korxonada buxgalteriya hisobini tashkil 
qilishni о‘rganish bо‘yicha sharoit yaratib beradi, shuningdek, amaliyot о‘tash 
uchun ish joyi bilan ta’minlanadi. Korxonada buxgalteriya xodimlaridan biri 
amaliyotga rahbarlik qiladi hamda doimiy ravishda amaliyotning о‘tishi ustidan 
nazorat olib boradi. 
Talabalar korxonada ishlab chiqarish texnologiyasi hamda buxgalteriya 
hisobini tashkil qilish bо‘yicha quyidagilarni о‘rganishlari kerak: 

Korxonadagi ishlab chiqarishning mulkchilik usuli, bо‘linmalari, sex 
va brigadalarining о‘zaro aloqalari; 

Asosiy ishlab chiqarish texnologiyasining bosqichma-bosqichligini; 




Korxonaning asosiy iqtisodiy kо‘rsatkichlarini, moddiy texnika 
ta’minoti, tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish, hamda 
korxonani rivojlantirish istiqbollarini; 

Korxona buxgalteriyasining korxonadagi boshqa bо‘linmalar bilan 
bog‘liqligini, hamda korxonadagi har bir buxgalteriya xodimlarining 
vazifasi о‘rganilib hisobotga ilova qilinadi; 

Korxonada buxgalteriya hisobining markazlashuvi istiqbollari 
о‘rganilib hisobotda aks ettiriladi; 

Korxonada buxgalteriya hisobining shakllarini, unda buxgalteriya 
hisobining avtomatlashtirilgan ish joyi (1:S buxgalteriya, BEM, 
О‘zASBO, 1-UZ), jurnal-order shaklini о‘rganadi; 

Korxonada hisob registrlarini tо‘ldirish tartiblarini о‘rganadi. 
Korxonaning markaziy buxgalteriyasida amaliyot о‘tayotganda boshlang‘ich 
hujjatlarning tuzilishi, aylanishi, ularning ma’lumotlaridan foydalanib buxgalteriya 
yozuvlarini amalga oshirish, buxgalteriya yozuvlarini analitik va sintetik 
hisobvaraqlarga tarqatish, ular bо‘yicha aylanma qaydnomalar tuzish hamda ushbu 
ma’lumotlar asosida buxgalteriya balansini tuzish talab qilinadi. 
Talabalar yuqoridagi topshiriqlarni bajarishlari uchun “Buxgalteriya hisobi” 
fanini quyidagi mavzularga bо‘lib о‘rganadi va hisobot yozadilar. 

Yüklə 495,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin