8
Xо‘jalik yurituvchi subyektlarda uzoq muddatli aktivlar, kapitallar va
majburiyatlarni baxolashning о‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishish.
III.
Amaliyotiga rahbarlik qilish va uni nazorat qilish tartibi.
Malakaviy amaliyotini tashkil qilish va rahbarlik qilish ta’lim
muassasasining “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi tomonidan amalga
oshiriladi.
Har bir amaliyot о‘tayotgan korxonaga ta’lim
muassasasidan belgilangan
kafedra о‘qituvchilaridan biri rahbarlik qiladi. Bundan tashqari amaliyotni
о‘taydigan talabalar uchun har bir korxonaning о‘zida korxona rahbari yoki bosh
buxgalteri tomonidan rahbar tayinlanadi. Talaba amaliyot о‘tash
uchun ish joyi
bilan ta’minlanadi.
Ta’lim muassasasidan tayinlangan amaliyot rahbari bilan korxona
tomonidan tayinlangan amaliyot rahbarlari о‘zaro
hamkorlikda ushbu dastur
asosida talaba bajarishi lozim bо‘lgan ishlar kalendar rejasi tuziladi. Kalendar
rejada ish kunlari soni va о‘rganilayotgan mavzular aniq kо‘rsatiladi.
Shu bilan
birgalikda amaliyotni о‘tash joyini nazorat qiladi va talabaga tegishli kо‘rsatmalar
beradi. Kalendar rejasining bajarilishini nazorat qiladi.
Amaliyot bо‘yicha tayinlangan rahbar:
-
Talabaning kalendar rejasi bilan tanishib chiqadi va u bо‘yicha ishlashini
ta’minlaydi;
-
Har bir talaba amaliyotni о‘tashi uchun tegishli sharoitni yaratib beradi;
-
Talabaning ishlab chiqarish amaliyotiga dastur hamda kalendar rejasi
asosida
ishlashini, kundaligida qayd etib borishini doimiy ravishda
nazorat qilib boradi;
-
Amaliyot tugaganda har bir talabaga alohida tavsifnoma beradi;
-
Hisobot haqida о‘z fikr mulohazalarini yozib baho beradi;
Agar talaba korxonadagi tartib intizomga rioya qilmasa, korxona buxgalteri
salbiy tavsifnoma berish huquqiga ega. U holda talaba
hisobotini topshirish va
himoya qilish huquqidan mahrum bо‘ladi, natijada amaliyotni qayta о‘taydi.
Dostları ilə paylaş: