Mulkchilik shakllarini o`zgartirish yo`llari va usullari


Diniy tashkilotlarning mulki



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/25
tarix05.08.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#138695
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va jihatlari10

Diniy tashkilotlarning mulki. 
Diniy tashkilotlarning mulkida binolar, diniy 
faoliyatga doir buyumlar, ishlab chiqarish, ijtimoiy va xayriya ahamiyatiga ega bo’lgan 
obhektlar, diniy tashkilotlarning faoliyatini tahminlash uchun zarur bo’lgan pul 
mablag’lari va boshqa mol-mulk bo’lishi mumkin. Diniy tashkilotlar o’z mablag’iga 
sotib olgan va bar’o etgan, fuqarolar, tashkilotlar ehson qilgan yoki davlat tomonidan 
berilgan va qonunda man etilmagan boshqa asoslarga binoan qo’lga kiritilgan mol-
mulkka egalik qilishga haqlidirlar. Diniy tashkilotlar O’zbekiston Respublikasi 
sarhadlaridan tashqarida bo’lgan mol-mulkka egalik qilishlari mumkin. 


22 
O’zbekiston Respublikasida xayriya maqsadlarida mol-mulk berishga yo’l 
qo’yiladi. Diniy tashkilotlar ixtiyoriy suratda moliyaviy va boshqa xayr-ehson qilishni 
so’rab murojaat etishga va ularni olishga haqlidirlar. Diniy tashkilotlarga tushadigan 
moliyaviy va mol-mulk tarzidagi xayr-ehsonlar, shuningdek fuqarolardan keladigan pul 
tushumlarining hamma turlariga soliq solinmaydi. 
shaxsiy mulk
– 
bu fuqarolar mulki bo’lib, ularning oilaviy faoliyat yuritishida 
shaxsiy yoki oilaviy mehnatga asoslanib, o’z ehtiyojini qondirishiga xizmat qiladi.
Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila ahzolarining mehnati va undan kelgan 
daromadlari asosida ko’payadi va rivoj topadi
16

Fuqaroning shaxsiy mulki asosan, ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, 
o’z xo’jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va 
ko’payadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aktsiyadan olinadigan dividend, 
bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbalarga ham asoslanadi. 
shaxsiy mulk obhektlari – bu turar joylar, bog’-hovli va uylar, transport vositalari, pul 
jamg’armalari, uy-ro’zg’or va shaxsiy istehmol buyumlari, yakka tartibda va boshqa 
xo’jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan 
mahsulot va boshqalar bo’lishi mumkin. «O’zbekiston Respublikasida mulkchilik 
to’g’risida»gi qonunda ko’rsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat 
sohasidagi, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi kichik korxonalar fuqaro va uning 
oila ahzolarining mulki bo’lishi mumkin. shaxsiy mulk obhektlari ehtiyojlarini 
qondirish doirasidan chiqib, daromad to’ish yo’lida ishlatilishi mumkin. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin