20
qatnashchisi qo’shgan hissa tarkibiga
asosiy va axborot fondlar, pul mablag’lari va
qimmatli qog’ozlar, o’zga mol-mulk hamda mulkiy huquqlar kirishi mumkin. Yuridik
va
jismoniy
shaxslar,
davlat
boshqaruvi
idoralari,
basharti,
O’zbekiston
Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, xo’jalik
jamiyatining va shirkatining qatnashchilari bo’lishi mumkin. Aktsiyali jamiyat
aktsiyalar sotish hisobiga hosil bo’lgan, shuningdek o’z xo’jalik
faoliyati natijasida
olingan va qonunda man etilmagan boshqa asoslarga binoan qo’lga kiritilgan mol-
mulkning egasidir.
Korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar, davlat boshqaruvi idoralari, O’zbekiston
Respublikasi fuqarolari, ajnabiy davlatlarning
yuridik va jismoniy shaxslari, basharti,
O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan
bo’lsa, aktsiya egalari bo’lishlari mumkin. Davlat korxonasi
vakolat berilgan davlat
idorasining qaroriga asosan korxonaning butun mol-mulki qiymati miqdorida aktsiya
chiqarib, aktsiyali jamiyatga aylantirilishi mumkin. Aktsiyalarni sotishdan olingan
mablag’ davlat korxonasining qo’langanidan keyin tegishli byudjetga tushadi.
Xo’jalik uyushmalari (birlashmalari)ning mulki.
Korxona va tashkilotlarning
xo’jalik uyushmasi (shu
jumladan kontsern, tarmoq, tarmoqlararo va territorial
birlashma) unga korxona va tashkilotlar ixtiyoriy ravishda bergan, shuningdek uning o’z
xo’jalik faoliyati natijasida olingan mol-mulkning egasidir. Xo’jalik uyushmasi unga
kiruvchi korxona va tashkilotlarning mol-mulkiga egalik qilish huquqiga ega emas.
Xo’jalik uyushmasining faoliyati to’xtatilgandan keyin
qolgan mol-mulk unga kirgan
korxona va tashkilotlar o’rtasida kelishuv asosida hamda ularning qo’shgan hissalarini
(ulushlarini) ehtiborga olgan holda taqsimlanadi.
Dostları ilə paylaş: