17
Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo’lgan, bo’linmaydigan yoki
umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab
chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va trans’ort vositalari, yo’llar
kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko’rsatish mumkin.
O’zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika mulkidan va
mahmuriy-hududiy (munitsi’al) tuzilmalar mulkidan iborat bo’ladi. Yer, yer osti
boyliklari, suv, havo bo’shlig’i, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy
resurslar, Respublika hokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli
madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag’lari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va
boshqa davlat fondlari Respublika mulki hisoblanadi.
Mahmuriy-hududiy (munitsi’al) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati mahalliy
organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablag’lari, munitsi’al uy-joy fondi va
kommunal xo’jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq tahlimi, madaniyat,
sog’liqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: