7
mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish
kabi holatlarni erkin
tanlash imkoniyati orqali namoyon bo’ladi
4
.
Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini uning ajralmas jihatlari (egalik
qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf etish) belgilab bersada, bu munosabatlar
tavsifi nafaqat alohida mulk shakllarida, balki bitta
mulk shakli doirasida ham
farqlanishi mumkin. Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar
mazmunini o’zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o’zaro
bog’liq va bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham
huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida ko’rsatilganidek, hal qiluvchi
rolni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Mulkchilik xo’jalik va tadbirkorlik
faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqariladi. Agar mulk
iqtisodiy jihatdan ro’yobga
chiqarilmasa, yahni o’zlashtirilmasa, ishlab chiqarishda
foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u «huquqiy» kategoriya
sifatida qoladi. Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy
jihati uning iqtisodiy
tomoniga nisbatan faqat bo’ysunuvchi rol o’ynamaydi. Bu shunda ko’rinadiki, ishlab
chiqarish vositalariga ma’lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish
jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari
va ishlab chiqarilgan
mahsulotdan foydalana olmaydi. shu sababli mulkchilikning huquqiy mehyorlari (egalik
qilish, tasarruf qilish, foydalanish huquqi) iqtisodiy munosabatlarning aniqlashtirilgan
ko’rinishi hisoblanadi.
Huquqiy mehyorlar, bir tomondan, aynan mulkchilik
munosabatlarini muhofaza
qilish zarurati bilan bog’liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan, ular tovar ishlab
chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g’oyat muhim rolg’
o’ynaydi. Bu rolg’ shunda ko’rinadiki, tovar xo’jaligi sharoitida ayrim ijtimoiy
qatlamlar ishlab chiqarish
jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash munosabatlarida
ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish imkoniyati ‘aydo
bo’ladi. shunday qilib, mulkchilikning huquqiy mehyorlari, birinchidan, ishlab chiqarish
vositalari va yaratilgan moddiy nehmatlarning muayyan shaxslarga (huquqiy yoki
jismoniy) tegishli ekanligini, ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan qo’riqlanadigan
4
Ш.Ш.Шодмонов, Б.Ю.Ходиев.
Иқтисодиёт назарияси: Дарслик. – Т.: «Молия -Иқтисод» нашриёти, 2017, 109-б.
8
vakolatlarini va nihoyat, uchinchidan, mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab
beradi.
Mulkchilik munosabatlari uning obhektlari va subhektlari bo’lishini
shart qilib
qo’yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik obhektlaridir. Mulk obhekti
bo’lib, inson yaratgan moddiy va mahnaviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat
mahsuli, insonning mehnat qilish qobiliyati – ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi.
Mulk obhektida asosiy bo’g’in – bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish
hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo’lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham
unga tegishli bo’ladi
5
.
Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining
umumlashish darajasi turli xil, yahni
ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi turli darajada va
turli shakllarda amalga oshiriladi. shunga mos ravishda mulk subhektlari vujudga
keladi.
Dostları ilə paylaş: