1
12-mavzu. Davlatning iqtisodiy xavfsizlikni
ta’minlash vazifalari
Reja
12.1. Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo’lish shakllari.
12.2. Ijtimoiy iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning ustuvor
yo’nalishlari.
12.3. Ichki ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda erishilgan
natijalar istiqbol yo’nalishlari.
2
12.1. Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo’lish shakllari.
Iqtisodiy xavfsizlik - mamlakat, hudud, firma, kompaniyaning
iqtisodiy inqirozga uchrash xavfidan himoya qilish boʻyicha koʻradigan
chora-tadbirlari majmui. Rivojlangan mamlakatlarda I.x.ni taʼminlash
maqsadlarida yirik firma, kompaniyalarda maxsus xizmatlar tashkil
qilinadi. Ular bozorlarni oʻrganish, talab va taklifni prognozlash, ilmiy-
texnika taraqqiyotini kuzatish va boshqa ishlarni bajaradilar. I.x.ni
taʼminlashda mahsulot turini munta-zam yangilab turish, raqobatdor
mahsulotlarni i. ch., harajatlarni qisqartirish muhim ahamiyatga ega.
3
12.1. Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo’lish shakllari.
Iqtisodiy xavfsizlik milliy iqtisodiyot darajasida makroiqtisodiy kategoriya va
muayyan mamlakat milliy iqtisodiyotini tavsiflaydi, bozor tizimida xatar borligidan va
bundan hatto milliy iqtisodiyot ham xoli boʻlmasligini, undan saqlanish zarurligini
bildiradi.
Iqtisodiy xavfsizlikning
bosh mezoni bu mamlakat ehtiyojlarining uzluksiz
taʼminlanishi hisoblanadi, bu, birinchidan, imkon boricha oʻzini oʻz mahsulot va
xizmatlar bilan taʼminlashni, ikkinchidan, mamlakatda yaratish mumkin boʻlmagan
tovar va xizmatlarni chetdan qulay narxlarda va uzluksiz keltirib turishni bildiradi. Aks
holda iqtisodiyot izdan chiqadi. Milliy iqtisodiyot darajasida I.x.ning
muhim 3
yoʻnalishi (oziq-ovqat, yoqilgʻi-energetika, eksport) mavjud.