Ushbu zaruratni keltirib chiqargan obektiv omillar quyidagilardir :
O‘zbekistonning haqiqiy iqtisodiy mustaqilligini ta’minlovchi sharoitlarini
shakllantirish;
• xo‘jalik yuritishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishni davom
ettirish; bozor iqtisodiyotiga o‘tishni tezlashtirish va uni samarasini ko‘tarish,
respublika iqtisodiyotini hom ashyo ishlab chiqaruvchidan so‘nggi mahsulot ishlab
chiqarishga
yo‘naltirilgan
ilg‘or
texnologiyalarni
qayta
ishlovchiga
ixtisoslashtirish;
• texnologiya fanidagi iqtisodiyot tarmoqlarini informasion va ilmiy
texnologik resurslarni yaratish va ulardan faol foydalanish, yangilanuvchi
manbalarni qo‘llash asosida qayta tashkil etish;
• texnologiya sohasidagi ilmiy-texnikaviy taraqqqiyot sura’tlarini ishlab
chiqarish sohasida chuqur o‘zgartirishlarga olib kelish maqsadida tezlashtirish;
aqliy mehnat hissasini oshirish, buning natijasida shaxsning ta’lim saviyasiga
uning professional moslashuvi va safarbarligiga qo‘yiladigan talablarning oshishi;
• har bir mehnatni kasb egallash ta’lim jarayoni bilan yakunlash shaxsdan
fuqaroviy kamolot, ijtimoiy faollik va ma’suliyatni talab etuvchilikni keng
demokratlashtirish;
kasbiy tayorgarlikda milliy o‘zlikni anglashni oshirish, vatanparvarlikni
shakllantirishni, o‘z vatani uchun g‘ururlanish tuyg‘usining, baynalminallik, o‘z
xalqining boshqa millat va elatlarning milliy-madaniy va tarixiy an’analariga
hurmat tuyg‘ularini shakllantirishni talab etuvchi respublikaning xalqaro
hamjamiyatiga integrasiyalashuvi.
Buyuk mutafakkirlarning mehnat ta’limi va tarbiyasiga oid fikrlari O‘rta Osiyoda yoshlarga mehnat va hunarmandchilik ta’limi va tarbiyasi
berishning yo‘lga qo‘yilishi. SHarq mutafakkirlarining pedagogik g‘oyalar uzoq
o‘tmishga borib taqaladi. O‘rta Osiyodan o‘tgan qadimiy buyuk ipak yo‘li Xitoy,
Vizantiya, Hindiston shaharlari bilan bog‘lanib, madaniyat va sanoatni
rivojlantirishga, ilmga bo‘lgan qiziqishga alohida e’tibor berishni taqozo etadi.