5
KIRISH
Ishchi o’quv-mavzu reja va dastur O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2018-yil 5-sentyabrdagi “Xalq ta’limi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo’yicha
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5538-son Farmoni, 2018-yil 5-
sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3931-son Qarori, shuningdek, rahbar va pedagog
xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg’or va
shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tadbiq etish yo’li bilan xalq ta’limi tizimida
kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish bo’yicha
belgilangan ustivor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda Xalq ta’limi
vazirligining 2018-yil 10-sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimida oliy ma’lumotli
kadrlarni kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash ishlarini yanada takomillashtirish
to’g’risida”gi 228-son buyrug’i, 2019-yil 28-martdagi “ Xalq ta’limi tizimida oliy
ma’lumotli kadrlarni qayta tayyorlash ishlarini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi
buyrug’i asosida ishlab chiqilgan.
Ushbu o’quv dasturi oliy ma’lumotli mutaxassislarning pedagogika, psixologiya,
umumkasbiy hamda ixtisoslik fanlardan olgan bilim va ko’nikmalarini amalga tadbiq
etish, umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilarida umummehnat, kasb tanlashga
yo’llash hamda umumkasbiy bilim va ko’nikmalarni shakllantirishning metodlari,
dars berishning shart-sharoitlari, tashkiliy shakllari, fanning o’quv rejadagi boshqa
fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi, fanni
o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar hamda metodlari,
shuningdek, o’quvchilarda kasblarga oid bilim berish ko’nikish, moslashish, tanlash,
kasbni shakllantirish yoki boshqa kasbni tanlash, tashkiliy shakllari hamda vositalari,
shuningdek, ularga oid rejalashtiruvchi hujjatlar mazmuni bilan tanishtirish
masalalarini qamraydi.
Dostları ilə paylaş: