7
rivojlanishiga
yordam beradi, mehnatga psixologik tayyorlik, mehnat faoliyatining
to’g’ri motivlari asosida tarbiyalaydi, shaxsning har bir ongli mehnatkash uchun zarur
bo’lgan sifatlari shakllanashida yordam beradi. O’quvchilar o’rtasida yo’lga
qo’yilgan o’zaro yordam esa, ularda do’stlik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik
kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.
Metodika kursini o’rganish tinglovchilarni kichik yoshdagi bolalarni o’qitish
va tarbiyalashga doir masalalarni mustaqil va
ongli hal etishga tayyorlash,
shuningdek, ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyotni mustaqil o’rganishni davom
ettirish uchun, yangi nashr etilgan metodik adabiyotlarni o’qish uchun, yozish
tajribasini tarkibiy baholash va umumlashtirish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalar
bilan qurollantiradi.
Texnologiya fanining asosiy maqsadi o’quvchilarni mehnatga tayyorlash,
o’qitish va umumta’lim maktablarining boshlang’ich
sinflarida kasb tanlash
izchilligini takomillashtirish, Davlat ta’lim standartlari talabi bo’yicha amaliy bilim
berish. Texnologiya fanini o’qitish metodikasi fanidan tinglovchilar texnologiya fani
darsligining xususiyatlari, mazmuni,
vazifasi va maqsadini, o’quvchilarning bilim,
ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan baho mezoni texnologiyasi, asosiy o’quv
vositalari darslik, o’quv qo’llanma va boshqa vositalar hamda ularni qo’llash
metodikasini, texnologiya fanini o’qitishda qo’llaniladigan barcha metod va usullarni
bilishlari kerak. Texnologiya fanining tarbiyaviy ahamiyati juda katta bo’lib,
o’quvchilarda mehnatsevarlik, mas’uliyat, intizomlilik, burch hissi, jamoatchilik
hissini tarbiyalashda, o’quvchilarning aqliy o’sishida eng muhim iroda va axloqiy
sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi.
Texnologiya fanida mehnatga
psixologik tayyorgarlik, mehnat faoliyatining
to’g’ri motivlari asosida tarbiyalanadi. O’quvchilar o’rtasida yo’lga qo’yilgan o’zaro
yordam esa, ularda do’stlik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik
kabi fazilatlarni
tarbiyalaydi. Texnologiya fanini o’qitish metodikasi kursini puxta o’zlashtirish
nazariy materiallarni bilish bilan birga, tinglovchilarning pedagogka amaliyoti
davrida va o’qishni bitirgandan so’ngi ishlarda ko’nikma sifatida xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: