Jami 76 28 12 24 12 1-mavzu. Texnologiya fanini o`qitish metodikasi fanining maqsad va vazifalari (2 soat ma’ruza, 2 soat seminar). Texnologiya fanining fan sifatida o’z oldiga qo’ygan vazifalari. O’qitishning
metodik sistemasi (tizimi) va uning turlari. O’quvchilarni mehnatga axloqiy va ruhiy
tayyorlash jarayonlari, vazifalari.
2-mavzu. Maktab o’quv rejasida texnologiya ta’limining qo’yilishi, mazmuni (2 soat ma’ruza, 2 soat seminar). Maktab o’quv rejasi, maktab islohotida texnologiya ta’limi vazifalari va ularga
qo’yiladigan DTS talablari va texnologiya fanining asosiy yo’nalishlari to’g’risida
ma’lumot berish.
3-mavzu. «5-9 sinflarda texnologiya fanining mazmuni» mavzusi ta’lim texnologiyasi modeli (2 soat ma’ruza, 2 soat seminar). 5-9-sinflarda texnologiya fanining mazmuni va uning rivojlanish taraqqiyoti
haqida bilim ko’nikma va malakalar berish. Mehnat elementlari bilan tanishtirish va
amalda foydalanishi qoidalarini o’rganish.
4-mavzu. Texnologiya fanini rejalashtirish (2 soat ma’ruza). Texnologiya fanini rejalashtirish o’quv jarayonini aniq tashkil etishdan iborat
bo’lib, u didaktika tamoyillariga va o’quvchilarning mehnat tayyorgarligi dasturi
talablariga to’la-to’kis javob bera oladigan bo’lishi kerak. Texnologiya fani boshqa
umumiy ta’lim fanlaridan farq qilib, ta’limni tashkil etishda o’ziga xos xususiyatga
egadir.
5-mavzu. Texnologiya fani jarayonida rejalashtiruvchi hujjatlar (2 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi). Texnologiya fani jarayonida rejalashtiruvchi hujjatlar haqidagi tasavvurlarni
shakllantirish. Texnologiya fani jarayonida rejalashtiruvchi hujjatlar haqidagi
tasavvurlari shakllanadi.
6-mavzu. Texnologiya fanining didaktik tamoyillari (2 soat ma’ruza). Texnologiya fanining didaktik tamoyillari haqida ma’lumot berish va amaliy
qo’llash haqida tushuncha hosil qilish. Texnologiya fanining didaktik tamoyillari
haqida tinglovchilarda tushuncha hosil qilinadi va bilimlari oshiriladi.