96
kerak. YOritish uchun tabiiy yorug‘likdan yoki sharoitga qarab kunduzgi yorug‘lik
lampalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O‘quv ustaxona devorlari silliq bo‘lib, yorqin bo‘yoqlar bilan shipi oq
bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi kerak. Bular xonaning yaxshi yoritilishini ta’minlaydi.
Ustaxonadagi jihozlarning rang jihatdan bezatilishiga ham e’tibor berish kerak.
YOrqin, fiziologik jihatdan asoslangan bo‘yoqlar jihozlarning turli qismlari,
ishlanuvchi obektlar bilan ustaxonaning umumiy foni o‘rtasida yaqqol farq
bo‘lishini ta’minlaydi.
Ustaxonalardagi shovqin va tebranishning kamayishiga shovqin yutuvchi va
tebranishni yo‘qotuvchi
jihozlardan, eng to‘g‘ri mehnat usullaridan foydalanish
yo‘li bilan erishilishi mumkin.
O‘quv ustaxonalaridagi asbob-uskunalarni joylashtirish vaqtida yong‘inga
qarshi choralarga, mehnatni muhofaza qilish va sanoat sanitariyasi talablariga rioya
qilish zarur, ustaxonalar asbob-uskunalar bilan to‘ldirilib yuborilmasligi kerak.
Tikuv mashinalar va ularning orasidagi o‘tish yo‘llari belgilangan me’yorlar
darajasida bo‘lishi lozim. Dastgohlar, tikuv mashinalarning oxirgi qatorlari bilan
ustaxona devorlari orasidagi masofa kamida 0,5 m bo‘lishi kerak.
Ustaxonada qo‘l yuvish, ustki va maxsus kiyim-kechaklar saqlanishi uchun
sanitariya-gigienik talablariga rioya qilgan holda shart-sharot yaratilgan bo‘lishi
kerak.
Ustaxonalarning
maydonidan oqilona foydalanish, ularning toza bo‘lishi,
asbob-uskunalarning to‘g‘ri turishi, nafislik talablariga rioya qilish va namunali
tartib – bularning hammasi o‘quvchilarni intizomlilik va davlat mulkini ehtiyot
qilish ruhida tarbiyalash uchun katta ahamiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: