97
3.
Mashqlar va ularning elementlari qiyinligi
ortib boradigan tartibda
joylashtiriladi.
4.
Mashqlar davomida o‘quvchilar o‘z mehnat harakatlarini nazorat qilishlari
kerak.
5.
Mashqlar davomida o‘quvchilar yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tezda
bartaraf etish yo‘llarini topish kerak.
8-ilova
Yo‘riqlar – mehnat faoliyati usullarini tushuntirish va ko‘rsatish
hamda
mehnat faoliyatlarini to‘g‘ri va xavfsiz bajarish bo‘yicha tasavvur hosil qilishga
va o‘quvchilarning amaliy faoliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirishga qaratiladi.
Yo‘llanma darsning qismi (elementi)dir. Yo‘riqlar
(instruktaj)ga
quyidagi
didaktik talablar qo‘yiladi:
1.Yo‘riqlar jarayonida ta’limning har xil metodlaridan foydalanish.
2.Yo‘riqlar mazmunini o‘qituvchi asoslashi. Agar o‘qituvchining o‘quvchilar
oldiga qo‘ygan topshirig‘i ularga tushunarli bo‘lmasa, o‘quvchilar
uni bajarish
shartini ko‘pincha buzadilar, chunki ular bu nimaga olib borishini bilmaydilar.
SHuning uchun o‘qituvchining har bir talabi asoslanishi kerak.
3.Yo‘riqlar ning to‘laligi va yo‘riqlarni elementlarga ajratish.
Mehnat
topshirig‘ining qiyinligi va u qaysi sinfda bajarilayotganiga qarab yo‘llanma
butun yoki ishning borishiga qarab qismlarga ajratib berilishi mumkin.
4.Yo‘riqlar shunday ko‘rsatmalar bo‘lishi kerakki, o‘quvchi ular yordamida o‘z
faoliyatlarini nazorat qila olishi kerak.
Kirish, joriy va yakuniy yo‘llanmalar bir-biridan farq qiladi.
YAngi operasiyani o‘rganish bo‘yicha
kirish yo‘llanmasi
operasiya tavsifnoma;
mehant usullarini me’yoriy va sekinlashtirilgan sur’atlarda
bajarish qoidalarini
namoyish qilishni; o‘z-o‘zini nazorat qilish belgilarini; aniq mehnat vazifasini o‘z
ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: