101
1-ilova
1.
Texnologiya fanida o‘quvchilarni tuzilishiga nima uchun o‘rgatiladi.
2.
O‘quvchilarni tuzilishga o‘rgatish nimani beradi.
2-ilova
Mavzu: Texnik modellash va tuzilishga darslarini tashkil etish uslubi.
Reja:
1.
Texnik modellashga qo‘yiladigan talablar.
2.
Tuzilish bosqichlari.
3 Darsning tashkiliy tamoyillari
Maqsad:
Tinglovchilarda texnik modellash va tuzilish darslarin tashkil etish uslubi
haqidagi tasavvurlarini shakllantirish
Natija:
Tinglovchilar texnik modellash va tuzilish darslarin
tashkil etish uslubi
haqidagi tasavvurlari shakllanadi.
3-ilova
Texnik modellashga qo‘yiladigan talablar
Buyumning konstruksiyasi va detallarni tushuntirish. Buyumning tuzilishi va
undagi ayrim detallarni bajaradigan ishini tushuntirishga
shu topshiriqlar
o‘quvchilarda buyum tuzilishdagi hamma narsa puxta o‘ylangan bo‘lishi,
konstruktorlar detalning har bir elementini ongli ravishda hisobga olish
zaruriyatiga ishoch hosil qilishda yordam beradi. O‘rgatishning birinchi bosqichida
bunday topshiriqlar murakkab bo‘lib, ularni o‘quvchilar o‘qituvchining
yordami
bilan bajaradilar. Lekin keyingi bosqichlarda o‘quvchilaning texnik tafakkur ancha
mustahkamlanadi, va ularda o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash aloqasi hosil bo‘ladi.
4-ilova
Tuzilish bosqichlari.
Qisqartirilgan texnik hujjatlar
bo‘yicha buyumlarni tuzilishi.
Bunday xollarda
buyum tayyorlash topshirig‘i berilib, hujjatlarda ba’zi o‘lchamlar, ayrim detallarni
biriktirish usullari, materiallarning turlari va x.k lar ko‘rsatilgan.
Hujjatlar
etishmaydigan ma’lumotlarning soni o‘quvchilarning yoshi va tayyorgarlik
saviyasiga bog‘liq bo‘ladi.
102
CHizma va tasvir bo‘yicha tuzilishi.
O‘quvchilar chizma va tasvir bo‘yicha
buyum
yasashga kirishganlarida, avvalo mazkur buyum bajaradigan ishning fizik
asoslarini va buyumga qo‘yiladigan texnik talablarni aniq tasavvur etishlari kerak.
Zarur bo‘lgan xollarda esa tegishli qo‘shimcha adabiyotga murojat etish lozim.
Dostları ilə paylaş: