Modulidan o’quv-metodik majmua


Operasiyalar bo‘yicha texnologiyani ishlab chiqish



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/126
tarix13.08.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#139296
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   126
1 1 mehnat ta\'limini o\'qitish metodikasi lotin1

Operasiyalar bo‘yicha texnologiyani ishlab chiqish
odatda, har qanday 
detalni tayyorlash bir nacha mehnat operasiyalaridan iborat bo‘ladi. Shuning uchun 
operasiyalar tartibi belgilangach, ularning mazmunini ham aniqlashga to‘g‘ri 
keladi. 
Texnologik jarayonni mustiqil ravishda ishlab chiqish. O‘quvchilar sodda 
masalalardan murakkab masalalarga o‘tish natijasida texnologik jarayonni mustaqil 
xolda ishlab chiqishga, ya’ni yo‘l-yo‘riqli xarita tushishga tayyorlanadilar. Bu xol 


103 
hamma o‘quvchilarda barobar yuz bermaydi albatta. Mehnat o‘qituvchisi 
o‘quvchilarni xususiy xususiyatlarini xisobga olib, ularning har birini texnologik 
bilimlarini bir bosqichdan keyingi bosqichga o‘tkazib beradi. Asosiy amaliy dars 
oldida o‘quvchilarni xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish, ularga amal qilishni 
nazorat qilib borish. 
5-ilova 
 Darsning tashkiliy tamoyillari 
 
O‘quv amaliyoti mashg‘ulotlari rejasi nazariy dars rejasidan dars bosqichlari va 
ularga ajratilgan vaqt bo‘yicha farq qiladi. Quyida ilg‘or pedagogik texnologiyalar 
talablariga mos keladigan o‘quv amaliyoti dars rejasini ham e’tiboringizga havola 
etmoqdamiz. Sizga taqdim etilayotgan o‘quv amaliyoti darsi rejasida ta’limning 
maqsadlari, kutilayotgan natijalar va ta’lim metodlari belgilangan. 
Buni belgilashdan maqsad o‘quv amaliyoti darsi rejasini yanada 
takomillashtirish va foydalanish uchun qulayligini oshirishdan iboratdir.
 
6-ilova 
Texnik modellash yuzasidan umumiy tushunchalar 
Z
amonaviy texnika obektlarini, apparatlar hamda mexanizmlarni tuzish-qurish va 
modellashtirish amaliy ta’lim dasturini hamda politexnik tayyorgarlik talablarini 
mehnatning boshqa qandaydir obektiga nisbatan ko‘proq qanoatlantiradi. O‘quv 
ustaxonalaridagi texnik tuzish –qurish va modellashtirishni malakali tuzilishlar, 
texnologlar, stanokchi-ishchilar, yig‘uvchilar va rostlovchilar faoliyatida o‘tadigan 
jarayonning (ixcham) holatiga qiyoslash mumkin.CHunki mehnat sharoitlarida 
yangi mashinalarni yaratish jarayonini ham, o‘quv ustaxonalarida texnik 
modellarni yasash jarayonini ham quyidagi jihatlar tashkil qiladi: texnik 
maqsadning ( mashinalar, mexanizmlar tuzish-qurishini, modellarni yasash 
fikrining) vujudga kelishi; o‘ylangan texnik mavsadga texnik talablar qo‘yish; 
tuzish chizmalarini tuzish va uni muhokama qilish; texnologik jarayonini ishlab 
chiqish hamda kerakli materiallar va asboblarni tanlash; mo‘ljallangan buyum 
detallarini tayyorlash va ularni uzellarga, uzellarni buyumga yig‘ish, buyumni 
ishlatib sinash va uni rostlash. Mana shular ta’lim mobaynida mashinalar, 
mexanizmlar, apparatlar va hokazolarning yaratishning asosiy tamoyillari bilan 
nazariy jihatdan ham, amalda ham mufassalroq tanishish imkonini beradi. Bu 
holatlarda sanoat korxonasi tuzish bo‘limining tarkibi, tuzish va chizmachi-
tuzilishining ish o‘rni muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar bu maxsus ish joyi 
bilan tanishishlari lozim. Shunda ular bila oladilarki , har bir korxonalarda bosh 
tuzilish bo‘limi bo‘ladi. Odatda bu bo‘lim tarkibi korxona ishlab chiqaradigan 
buyumlar turiga ko‘ra asosiy va ixtisoslashtirilgan tuzish byurolaridan tashkil 


104 
topadi. Har qaysi tuzish byurosi mashinalarning muayyan bir tipi bilan 
shug‘ullanadi. Har xil mashinalar ustida ishlaydigan bir nechta konstruktorlik 
guruhlaridan tuziladi. 1-2 ta guruh seriyali ishlab chiqariladigan mashinalarni, 1-2 
ta guruh esa seriyali mashinalardagi yig‘ish birliklarini o‘zgartirish asosida 
chiqariladigan maxsus mashinalarni yaratadi. 
Zavodning profili va ishlab chiqarish miqyosiga bog‘liq holda unda bir nechta 
bosh konstruktor bo‘limi va bir nechta bosh konstruktorlar bo‘lishi mumkin. 
Tuzish-qurishning tashkilotlari shug‘ullanadigan loyihalash obektga loyiha 
topshirig‘ini tuzishdan obektni yasash uchun ishchi chizmalarni tayyorlashgacha 
bo‘lgan ishlar majmuidan iborat bo‘lib, juda murakkab va uzoq davom etadigan 
jarayon hisoblanadi. 
Loyihalash- tuzish-qurish tashkilotlarida mehnat unumdorligini oshirish uchun 
eng 
sermehnat 
operasiyalarni 
turli 
texnik 
vositalar 
yordamida 
mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirishga alohida e’tibor beriladi.Bunda ish 
o‘rnini rasional tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Konstruktorlik byurolarida chizma stollari chizma taxtaning balandligi va 
qiyaligini o‘zgartirish imkonini beradigan qurilmalar bilan jihozlanadi. 
CHizmakash-konstruktor tik turib ishlayotganida taxta vertikaldan taxminan 15° 
og‘ib tursa, o‘tirib ishlayotganida esa 45° og‘ib tursa, kamroq charchashi 
aniqlangan. Ko‘pincha chizma stollariga o‘rnatiladigan mexanik reysshina 
chizmaning bajarilishini ancha tezlashtiradi. Uning yordamida o‘zaro ko‘ndalang 
va parallel chiziqlar o‘tkazish mumkin. Reysshinaning aylanadigan boshchasi 
darajalarga bo‘lingan shkala bilan ta’minlangan bo‘lib, u chizg‘ichning og‘ishini 
o‘zgartirish imkonini beradi.
Mexanik reysshina bir uchiga ko‘ndalang kolodka o‘rnatilgan uzun lineyka 
ko‘rinishidagi oddiy chiziqning, shuningdek, o‘lchov chizig‘i, chizmachilik 
uchburchagi va transportir o‘rnini bosadi. 
Qalamlar, sirkul, rezinka va boshqa asboblarni joylashtirish uchun chizma stoli 
nov va tokcha bilan ta’minlangan. 
Tuzish-qurish jarayonida chizishdan tashqari turli hisoblashlarni bajarishga, 
spravochnik adabiyotlar bilan ishlashga, chizmalarni ko‘rish va hokazolarga hћam 
to‘g‘ri keladi. Buning uchun esa konstruktorning ish o‘rniga yozuv stoli qo‘yiladi. 
Kichik tashkiliy texnika vositalarini: qalam uchini ochadigan elektr mashinka, 
shtrixlovchi pribor, ellipsograf , murakkab egri chiziqlar chizish uchun andaza va 
hakozolarni qo‘llash tufayli chizmachilik ishlarining unumdorligi ortadi. Tuzish-
qurishga yordam sifatida yaratilgan moslamalar, asboblar va priborlar uning 
konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqishning turli bosqichlaridagi ishini 
engillashtiradi.

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin