Modulidan o’quv-metodik majmua



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/126
tarix13.08.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#139296
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   126
1 1 mehnat ta\'limini o\'qitish metodikasi lotin1

 


105 
 
 
 
 
1- rasim . CHizmakashlik stollari: 
A) eng oddiy chizmakashlik stoli; B) qo‘llanmali chizmakashlik stoli 
7-ilova 
 
Tuzish-qurish jarayonida chizishdan tashqari turli hisoblashlarni bajarishga, 
spravochnik adabiyotlar bilan ishlashga, chizmalarni ko‘rish va hokazolarga ham 
to‘g‘ri keladi. Buning uchun esa konstruktorning ish o‘rniga yozuv stoli qo‘yiladi. 
Kichik tashkiliy texnika vositalarini: qalam uchini ochadigan elektr mashinka, 
shtrixlovchi pribor, ellipsograf , murakkab egri chiziqlar chizish uchun andaza va 
hakozolarni qo‘llash tufayli chizmachilik ishlarining unumdorligi ortadi. Tuzish-
qurishga yordam sifatida yaratilgan moslamalar, asboblar va priborlar uning 
tuzish-qurish hujjatlarini ishlab chiqishning turli bosqichlaridagi ishini 
engillashtiradi. 
 Tuzish -qurish hujjatlarining turlari 
Konstruktorlik hujjatlariga grafika va matn shaklidagi hujjatlar kiradi. Ular alohida 
holda yoki birgalikda buyumning tarkibi va tuzilishini belgilaydi, uni ishlab 
chiqish yoki tayyorlash , nazorat, qabul, qo‘llashni va ta’mirlash qilish uchun zarur 
ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Konstruktorlik hujjatlarining quyidagi asosiy turlari 
nazarda tutilgan:
 
1. Detal chizmasi – buyumning tasviri va uni yig‘ish, tayyorlash hamda 
nazorat qilish uchun kerakli boshqa ma’lumotlardan iborat hujjat. 
2. Yig‘ma chizma – buyumning tasviri, uni yig‘ish (tayyorlash) va nazorat 
qilish uchun kerakli boshqa ma’lumotlardan iborat hujjat. 
3. Umumiy ko‘rinishdagi chizma – buyumning tuzish-qurishni, undagi asosiy 


106 
tarkibiy qismlarining o‘zaro ta’sirini belgilaydigan va buyumning ishlash 
tamoyillarini oydinlashtiradigan hujat. 
4. O‘lchamli chizma – buyumning o‘lcham, joylashgan(ustanovkali) va 
biriktirish o‘lchamlari ifodalangan kontur (soddalashtirilgan) tasviridan iborat 
hujjat. 
5. Montaj chizmasi – buyumning kontur(soddalashtirilgan) tasviridan, 
shuningdek, uni tegishli joyga o‘rnatish (montaj ќilish) uchun kerakli 
ma’lumotlardan iborat hujat. 
6. CHizma - buyumning tarkibiy qismlari va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar 
shartli tasvir yoki belgilar orqali ko‘rsatilgan hujjat. 
7. Maxsuslashtirish-yig‘ish birligining tarkibini belgilaydigan, ya’ni chizmada 
ifodalangan yig‘ish birligi tarkibiga kiradigan detallar ro‘yxatidan, ularning soni va 
ba’zi texnologik ma’lumotlaridan iborat hujat. 
8. Tushuntirish xati – tayyorlanayotgan buyumning tuzilishi va ishlash 
tamoyillarining tavsifidan, shuningdek, uni ishlab chiqishda ќabul ќilingan texnik 
va texnik-iqtisodiy echimlarning dalillaridan iborat hujjat. 
9. Jadval – o‘z vazifasiga ko‘ra jadval shakliga keltirilgan tegishli 
ma’lumotlaridan iborat hujjat. 
10. Mahsulot - sifatning texnik darajasi xaritasi – buyumlar sifatining texnik 
darajasini hamda uning texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlari fan va texnika 
yutuqlariga , shuningdek, xalq xo‘jaligi ehtiyojlariga muvofiqligini belgilaydigan 
ma’lumotlardan iborat hujjat. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin