Texnik tuzuvchi-quruvchi ruksiyalash va modellashtirishni o‘rgatish metodikasining ayrim masalalari Kasb ta’limi fakultetlarini bitirganlar boshqaradigan mhnat politexnik
ta’limdan oldin o‘quvchilarda dastlabki texnologik bilim va ko‘nikmalarni
shakllantirishdan, ularni unumli mehnatga jalb qilishdan tashqari, o‘g‘il va
qizlarda texnik tafakkurni hamda konstruktorlik qobiliyatlarini rivojlantirish
kerak.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarning texnik ijodkorligini boshqarishga
tayyorlash uchun studentlar konstruksiyalash ishlarini o‘zlashtirishlari lozim.
Tuzish-qurish jarayoni detalning shaklini, o‘quv ustaxonasida uni tayyorlash
imkoniyatini aniqlash bo‘yicha mustaqil fikr yuritib ishlashni taqozo qiladi.
Bir nechta detallardan iborat buyumni konstruksiyalashda shu detallarning
birikish yo‘llari va o‘zaro ta’siri, ularni ishlash hamda yig‘ish tartibi belgilanadi
,ya’ni qilinadigan ishlarni oldindan planlashtirish va tushunib olish amalga
oshadi.
Tuzuvchi-quruvchi mashg‘ulotlari aqliy faoliyat malakalarini shakllantiradi,
kuzatuvchanlikni rivojlantiradi, o‘quv materialini ongli va puxta o‘zlashtirishda
yordam beradi, mehnat ko‘nikma va malakalarining shakllanishini tezlashtiradi.
YUqorida aytilganlardan bo‘lajak texnik mehnat o‘qituvchisi o‘zlashtirshi
lozim bo‘lgan tuzish-qurish tajribasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini
yaqqol anglash mumkin. Mehnat o‘qituvchisi buyumlarni tuzuvchi-quruvchi va
modellashtirishni, yosh tuzuvchi-quruvchilarga rahbarlik qilishni albatta bilishi
kerak.
Texnik modellashtirish ta’lim jarayonini quyidagi uchta asosiy bosqich
tashkil etadi:
1.
Model yasash uchun texnik hujjatlar tayyorlash.
2.
Modelni yasash.
3.
Uni sinab ko‘rish.
109
Ishlab chiqarish sharoitidagi texnik modellashtirishning asosiy vazifasi
yaratiladigan mashina ishlab chiqarishga yaroqliligini tekshirish uchun modelni
sinab ko‘rishdir. SHu sababli texnik modellashtirishning dastlabki ikkita
bosqichi uchinchisiga nisbatan yordamchi bosqichlar hisoblanadi.
Maktabda yoki pedagogika institutining o‘quv ustaxonasidagi texnik
modellashtirish bosqichlarining o‘zaro
munosabati boshqachadir.Texnik
ijodkorlikni o‘rgatishda texnik hujjatlarni tayyorlash va model yasash ham uni
sinab ko‘rish kabi muhim ahamiyatga egadir. Ba’zi hollarda esa dastlabki ikkita
bosqich ta’lim jarayonidagi ahamiyatiga ko‘ra asosiy bosqichlar hisoblanadi.
Pedagogika oliy o‘quv yurtidagi texnik modellashtirishni tinglovchilarning:
turli buyumlar tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan; ularning zamonaviy ishlab
chiqarish asoslari haqidagi tushunchasini kengaytiradigan; ularda konstruktorlik
qobiliyatlarini
rivojlantiradigan
texnik
bilimlarni
chuqurlashtiradigan;
materiallarga ishlov berish ko‘nikma va malakalarini mustahkamlaydigan
faoliyati deb tushunish kerak.
SHunday qilib, ishning obekti emas, balki uni tayyorlash jarayonida
tinglovchilar oldiga qo‘yiladigan vazifalar hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Tinglovchilarga konstruksiyalash va modellashtirishni o‘rgatish jarayonini
quyidagi asosiy bosqichlarga bo‘lish mumkin:
1.
Obektlarni mukammal texnik hujjatlar bo‘yicha tayyorlash.
2.
Obektlarni qisqargan texnik hujjatlar bo‘yicha tayyorlash.
3.
Obektni texnik shartlar bo‘yicha yoki o‘z ixtiyoricha tayyorlash.